Hamidjon Homidiy (1935-2024)

Hamidjon Homidiy 1935 yil 4 oktyabrda Namangan viloyati, Kosonsoy shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, Kosonsoy bosmaxonasida xarf teruvchi, gazetaning ma’sul kotibi bo‘lib ishlagan. 1956-61 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning “Tarix-filologiya” fakultetida tahsil olgan. 1967 yili “Firdavsiy davomi…

Sirojiddin Ahmedov. Xalqi uchun yongan (1990)

Sanjar Siddiq hayotiga bir nazar O‘zbek matbuoti, teatr tanqidchiligi namoyandalari haqida gap ketganda, beixtiyor, Sanjar Siddiqning siymosi kishi ko‘z oldiga keladi. Zero, uning tarjimonlik, tanqidchilik, muxbirlik faoliyati hozir ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Sanjar Siddiq — Bosit Siddiqovning adabiy taxallusi. U davomi…

Nizom Komilov (1937-2021)

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli tarjimon Nizom Komilov 1937 yilning 12 dekabrida Namangan viloyati Chust tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. U 1960 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Dastlab “Yosh gvardiya” ( hozirgi davomi…

Amir Fayzulla (1945-2020)

Amir Fayzulla 1945 yil 15 yanvarda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi – hindshunos. U 1967–1971 yillari G‘allaorol tumanidagi maktablarda o‘qituvchi, 1971–1975 yillari G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1975–1990 yillari “Progress” nashriyotida bo‘lim mudiri, davomi…

Saydi Umirov (1938-2020)

Adabiyotshunos olim, munaqqid, O‘zbekiston yozuvchilar, jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” mukofoti sovrindori Saydi Umirov 1938 yil 10 fevralda Samarqand viloyati Payariq tumani Jo‘raboy qishlog‘ida tug‘ilgan. U Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Saydi Umirov davomi…

Ubaydulla Uvatov (1940-2020)

Ubaydulla Uvatov 1940 yil 23 fevralda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tug‘ilgan. 1958-1969 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini arab filologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olib, dastlab nomzodlik, so‘ngra doktorlik dissertatsiyasini davomi…