Davronbek Tojialiyev. Olti soatda olti oylik yo‘l (2022)

Vaqt va makon asos bo‘lgan hayotimizning tadrijiy rivoji bugun internetga tamomila bog‘liq. Hatto unga ixtiyoriy bandi hammiz. Bizni o‘rab turgan jamiyat hayotidan, tashqi dunyo yangiliklaridan tortib eng murakkab yumushlargacha internetsiz hal bo‘lmaydigan davrga keldik. Internetdan ozgina boxabar kishi esa suhbatdoshimiz davomi…

Davronbek Tojialiyev. Milliy ma’lumot makoni manzaralari (2022)

Maqsadu maslak Men o‘zbek internet makonida ilk imorat qurganlardanman desam, o‘quvchilar maqtanchoqlikka yo‘ymasinlar. 2000-yillarning avvalida ko‘pchilik internet taraqqiyotini bu kunlardek tasavvur qilmas edi. Tarmoq narxi juda qimmatligi bois O‘zbekistonda internetdan foydalanish kam sonli kishilargagina nasib qilgan zavqli mashg‘ulot edi. Butunjahon davomi…

Dunyo ummonlari bo‘ylab suzgan o‘zbek kemalari

“Titanik”, “Britanik”, “Avrora”. Ko‘pchiligimiz bu mashhur kemalar haqida yaxshi bilamiz. Odatda mashhur kemalarning arxitektori, davlati yoki qaysi kompaniyaga tegishli ekanidan ko‘ra, uning nomi mashhur bo‘ladi. Davlatlar qudratli kemalarni nomlashda shahar, mashhur kishilar ismlaridan ham foydalanishadiki, bu bilan o‘sha shahar, shaxs davomi…

Turkiyani yig‘latgan Hoji Yo‘ldosh Marg‘iloniy kim edi?

2018 yil 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari oldida chiqish qilgan Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatlarimiz orasidagi tarixan shakllangan birdamlik munosabatlari haqida eslarkan, shunday degandi: “Turkiya tarixida muhim rol o‘ynagan Ozodlik urushida davomi…

Ziyouz.uz sayti muharriri “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Ziyouz.uz sayti muharriri Davronbek Tojialiyev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy islohotlar, yangilanish va innovatsiya jarayonlaridagi faol ishtiroki, ko‘p yillik davomi…

Vaqf fondi va Ziyouz.uz o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

20 iyun kuni Vaqf xayriya jamoat fondi va Ziyouz.uz o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Anglashuv memorandumini fond boshqaruv rahbari Jaloliddin Hamroqulov va “Ziyouz” portali ta’sischisi Davronbek Tojialiyev tomonidan imzolandi. Portalda 10000 dan ziyod kitobning elektron nusxalari mavjud bo‘lib, ular barcha davomi…

Kastamonuda 9-Turk dunyosi adabiy nashrlari kongressi bo‘lib o‘tdi

17-19 aprel kunlari Turkiyaning Kastamonu shahrida “9-Turk dunyosi adabiy nashrlari kongressi” bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Iroq, Makedoniya, Kosovo davlatlaridan, Boshqirdiston, Tatariston, Gagauziya, Qrim o‘lkalaridan 26 adabiy nashr muharrirlari ishtirok etdi. 2018 yilda turkiy dunyoning madaniyat davomi…

Yoshlar nima o‘qiyapti? Eng sara javoblar

«Yoshlar nima o‘qiyapti?» mavzusidagi so‘rovnomada 536 nafar o‘zbek kitobxon yoshlari ishtirok etdi, 614 nomdagi 1151 ta kitob qayd etildi. Quyida so‘rovnomaga yo‘llangan eng sara javoblar va izohlar bilan tanishing: Davron Hotam (Nasibxonov), «Intimoq» teleradiokompaniyasida jurnalist (Qirg‘iziston): — Elektron nashrlardan turli davomi…

Yoshlar nima o‘qiyapti?

Ziyouz.com portali tomonidan internet tarmog‘ida bir hafta davomida o‘tkazilgan “Yoshlar nima o‘qiyapti?” mavzusidagi so‘rovnomada kitobxon yoshlarning qanday kitoblar mutolaa qilayotgani o‘rganildi. Internetning o‘zbek segmentidagi mashhur saytlar (kun.uz, sof.uz, azon.uz, ziyouz.uz), Facebook va Telegram tarmog‘ida e’lon qilingan onlayn so‘rovnomada 536 nafar davomi…

Turkiston shahrida “Turk dunyosi adabiy nashrlari muharrirlarining 7-kongressi” bo‘lib o‘tdi

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahridagi Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk xalqaro universitetida 12-13 sentyabr kunlari “Turk dunyosi adabiy nashrlari muharrirlarining 7-kongressi” o‘tkazildi. Kongress Yevrosiyo Yozuvchilar uyushmasi, TÜRKSOY, TİKA tashkilotlari va Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi. Unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, davomi…