Ahmadjon Meliboyev. “O‘tkan kunlar”ning o‘tmagan tili

O‘quvchilik yillarimiz qishloq oqsoqoli Abdullajon buva mahalla yoshlariga Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan parchalar o‘qib berardi. Buning evaziga biz u kishining ekin-tikinlariga qarashib turardik.  O‘shanda bizni ikki kundosh o‘rtasidagi janjal emas, Homid boshliq jinoyatchilarning qilmishi, Otabekning bir o‘zi uch kishini davomi…

Ahmadjon Meliboyev. “Dadangmasman, Ne’mat akangman…”

Yoqimli nutq insonning qiyosi yo‘q ma’naviy boyligi, javohirlar to‘la sandig‘i. Yaxshi so‘z, yaxshi xabar ko‘ngilga quvonch baxsh etadi, yurakka moydek yoqadi, shifobaxsh malhamdek ta’sir qiladi. Xalqimizda tilga doimo e’tiborli bo‘lish, har so‘z, har iborani yetti o‘ylab gapirish, qisqa so‘zlash, muomala davomi…

Ahmadjon Meliboyev. Tarix ummonidan qatralar

Professor Sharif Yusupov o‘tgan asrning yetmishinchi yillari boshlarida  ToshDUning (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida talabalarga so‘nggi xonliklar davridan saboq bergan. Domlaning yaqin o‘tmishimizga doir maroqli suhbatlari qiziqarli bo‘libgina qolmay, o‘sha payt uchun bir muncha kutilmagan xulosalari, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan faktlari bilan davomi…

Ahmadjon Meliboyev. Sirli kelishuv bo‘lganmidi?

Dunyo tushunarli va tushunarsiz narsalardan iborat desak, xato bo‘lmas. Bir qarasang, ajablanadigan narsaning o‘zi yo‘q: kimning kimligi, nimaning nimaligi kunday ayon. Ammo kutilmaganda shunday holatlar  yuzaga keladiki, odam zoti o‘zini, yon-atrofidagilarni, har kuni ertadan kechgacha birga bo‘ladiganlarni ham tushuna olmay davomi…

Ahmadjon Meliboyev. Najot eshigining kaliti

Evropada o‘tkazilgan yirik madaniy anjumanlardan birida yigirma birinchi asrning birinchi yarmida adabiyot, san’at va kinematografiyada qaysi mavzular yetakchi bo‘lishi xususida ilmiy bahs-munozara bordi. Notiqlarning  bu xususdagi fikri, garchi kutilmagandek bo‘lib tuyulsa-da, bir-biriga yaqinligi bilan e’tiborga molikdir. Ko‘pchilik iqlim o‘zgarishi, ichimlik davomi…

Ahmadjon Meliboyev. “Sharqdan g‘arbga shovlab oqqan shon…”

Dorilfundagi saboqlarim payti mendan ko‘pincha jurnalistika sohasiga kelishim, ijodkorlikni tanlashim sabablari haqida so‘rashadi. Bu savolga hamisha “Adabiyot o‘qituvchimiz sabab bo‘lgan”, deb javob beraman  va shu fandan  maktabda bizga dars bergan o‘kituvchilarimni eslayman. O‘tgan asrning elliginchi yillari, eski masjid binosida joylashgan davomi…

Ahmadjon Meliboyev. Yashab qolishning yagona yo‘li

Bosma nashrlarning inqirozi xususida yana bahs boshlandi. Bir qarashda o‘rinli fikrlar: ko‘plab nashrlar bugungi tezob sharoitga, ish uslublarini yangilashga, o‘quvchi ehtiyojini qondirishga dosh bera olmayapti. Haftada bir marta chiqadigan gazetalar yangiliklari soat sayin o‘zgarib turadigan elektron nashrlar bilan bellasha olmaydi. davomi…