Dennis Brutus (1924-2009)

Dennis Brutus (Dennis Vincent Brutus) Janubiy Rodeziyaning (hozirgi Zimbabve) Solsberi shahrida tug‘ilgan. Vitvatersrand universitetini tamomlagan. Bir necha yil o‘qituvchi bo‘lib ishladi. Irqiy ayirmachilikka qarshi olib borilgan juda ko‘p kurashlarda, ayniqsa sport sohasidagi bunday hollarga hech qachon chidab qarab turmadi. Shunda davomi…

Alan Peyton (1903-1988)

Alan Peyton (Alan Stewart Paton) Pitermarittsburgda tug‘ilgan. Natal universitetini tamomlagan. Bir necha yil Natal maktablarida o‘qituvchilik qildi. Keyin qoratanlilar uchun qurilgan Dipkloopf axloq tuzatish koloniyasida direktor bo‘lib ishladi. She’rlarini ingliz tilida yozgan. XO‘JAYINNING KATTA IN’OMI Oshin oshab, yoshin yashagan Eski-tuskilarin davomi…

Agostino Neto (1922-1979)

Antonio Agostino Neto (António Agostinho Neto, 17 sentyabr 1922, Bengu provintsiyasi, Angola — 10 sentyabr 1979, Moskva) — Angola davlat arbobi, shoir. Angola xalq Respublikasining birinchi prezidenti (1975-1979). Portugal tilida ijod qilgan. BUNYoD QILING Bunyod qiling, bunyod kiling, bunyod qiling davomi…

Abulqosim ash-Shabbiy (1909-1934)

Abulqosim ash-Shabbiy (أبو القاسم الشابي) – zamonaviy Tunis she’riyati asoschisi. Arab tilida ijod qilgan. QISMAT ShUDIR — KELMOQ VA KETMOQ… Qismat shudir — kelmoq va ketmoq, Turlichadir libosi albat, Goho qaro, gohi yarqiroq, Goho isyon, goho sukunat, Goh qo‘shiqdir, gohida davomi…

Saloh Abdus-Sobir (1931-1981)

Saloh Abdus-Sobir (صلاح عبد الصبور) 1931 yili Misrda tug‘ilgan. Shoir, tanqidchi, dramaturg “KEChIRING, DO‘STLARIM…” Kechiringlar, do‘stlar, bu yilda daraxtlar ham – mevasiz, abgor, dasturxonim bo‘m-bo‘sh, huvillar, sizlarni kutishga emasman tayyor, omborlar ham bo‘shdir, na qilay, ayondir bu bolalarga ham. Xasismasman, davomi…

Muhammad Hofiz Ibrohim (1871-1932)

Muhammad Hofiz Ibrohim (محمد حافظ بن إبراهيم) – misrlik shoir, “Nil shoiri” nomi bilan mashhur bo‘lgan. ShE’RIYaT She’r –bunyod bo‘lgansan orzu-armondan — Yozgan ahli donish, hisga bo‘lib g‘arq. G‘ofil el uyquga cho‘mib yotganda, G‘azal bitdi oqshom bir farzandi Sharq. She’riyat, davomi…

Faruq Juvayda (1946)

Faruq Juvayda (فاروق جويدة) – misrlik shoir va jurnalist. * * * Bir tuni… Marhumlar eslanganiday, Nega kirib kelding mening yodimga? Kelinlik libosing kiygan o‘shal dam Dafn etgandim axir seni qalbimga. Uyalib, qizarib turaverding sen, Qalb tamom unutib hijron sasini. davomi…

Abdurahmon al-Abnudiy (1938-2015)

Abdurahmon al-Abnudiy (عبد الرحمن الأبنودى‎) (1938 – 21 aprel 2015) – mashhur Misr shoiri, bolalar yozuvchisi. O‘G‘LIMGA Bu dunyoda odamlarning Eng yaxshi ko‘rgan ishi – O‘zi ekkan daraxtlarning Soya solib turishi! O‘zing ekkan anjirlardan, Yo tiklagan binodan Qanday yaxshi – davomi…

Muhammad Afifiy Matar (1935-2010)

Muhammad Afifiy Matar (محمد عفيفي مطر; 1935 – 28 iyun 2010) – misr shoiri. Ayn Shams universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. 10 dan ortiq kitoblari chop etilgan. * * * Orzular toychog‘i o‘tlar o‘tloqda – Sevgilim ko‘ylagin hidi kelmoqda. Atrofda uyum davomi…

Amal Dunqul (1940-1983)

Amal Abulqosim Dunqul (أمل ابو القاسم دنقل‎; 1940–1983) – misr shoiri. Misr adabiyotidagi modernistlardan biri. HAMDU SANO Shamol ma’budasiga Hamdu sanolar bo‘lsin! Jasoratiga olqish, Rag‘bat-duolar bo‘lsin! Hamma “Ha” degan paytda U-chi, jasorat bilan, Qarshi chiqdi, “Yo‘q!” dedi, Inkor qildi qat’iyan. davomi…