Qo‘sh falokat

Savdogarlardan biri, tijorat ishlarida ming dinor zarar ko‘rdi. Yonida o‘g‘li ham bor edi. O‘g‘liga:–Tinchlan… dedi. –Buni birovga ayta ko‘rma!O‘g‘li:–Xo‘p, ota! dedi. –Aytmayman. Ammo yashirganingizni foydasini ayting menga.Otasi javob berdi:–Toki falokat ikkitaga ko‘paymasin!O‘g‘il so‘radi:–Bu nima degani?Otasi:–Birinchi falokat, sarmoyaning ozayishi; ikkinchi falokat davomi…

Ozg‘in shahzoda

Ozg‘in, ko‘rimsizgina bir shahzoda bor edi. Buning ustiga inilari uzun bo‘yli va xushsuratli go‘zal yuzli edilar. Kunlardan bir kun, hammasi ichida podshoh otasi uni eng past va xor ko‘rishini payqab qoldi. Shahzoda otasini ko‘rgach, ne xayolga borishini fahmlab shunday dedi:–Ota, davomi…

Podshoh bilan asir

Podshoh asirlardan birini o‘limga buyurdi. Chorasiz qolgan asir tushkunlikka tushdi. Aqlini yo‘qotishiga sal qoldi. “Jonidan umidini uzgan ko‘ngilga nima kelsa gapiraveradi”, deydilar… Asir ham qarab turmay, o‘z qavmi tilida podshohni haqoratlab, noma’qul so‘zlar ayta boshladi. Podshoh jahl ustida gapirayotan bu davomi…

Bangi qalandar

Karaxtlikdan dong qotgan bir qalandar bo‘lar edi. U ertayu kech bang iste’mol qilardi. Ko‘rinishdan bu olamdan etak silkigan darvishlarga o‘xshar, ammo butun sir-asrori yonidagi bang idishi – jur’adonida yashiringan edi. Bang tortgan damlarida o‘zini qo‘yarga joy topa olmay, har doim davomi…

Oshiq bo‘lgan shogird

Arastuning bir shogirdi bo‘lib, ustozining har bir darsida hozir bo‘lar edi. Donishmand faylasuf unga alohida ehtirom ko‘rsatib, barcha shogirdlaridan ortiq hurmatlar edi. Yoshlik chog‘idan yonida ulg‘aytirib, unga o‘zida bor maxfiy ilmlarni o‘rgatgan edi. U olimning to‘rt yuz yirik donishmandi orasida davomi…

Devonaning xazinasi

Bir mamlakatda bir devona kishi bor edi. Uning maskani kecha-kunduz vayrona edi. Har dam o‘sha vayronaning bir yonini qazib, o‘z umrini xazinaga erishish umidi bilan o‘tkazar edi. Ittifoqo, shuncha mashaqqat chekkandan so‘ng baxti chopib, u xazinani topib oldi. U qaziyotgan davomi…

Oliysifat devona

Bir oliysifat devona kishi bor edi. Xalq unga “Majnun al-haq” (“Haq yo‘lidagi devona”) deb laqab qo‘ygandi. Chunki haq yodi unga mahbub, tun-kun bu yod ila mag‘lub edi. Biror so‘z aytmoqchi bo‘lsa, doimo haqqa xitob etar, javobini ham haq tilidan berar davomi…

G‘amginlik siri

Misrda bir oliy himmatli kishi bo‘lib, u ma’no olamining sohib davlati edi. Unda aysh-ishrat qihsh uchun ja’miki narsa tayyor edi. Bu borada nimani o‘ylagan bo‘lsang, unda bundan yuz marta ortiq bor edi. U jannatmakon qasr ichida manzil tutgan bo‘lib. hurlar davomi…

Ko‘rlar va fil

Naql qilishlaricha, bir guruh ko‘rlar to‘dasi bir sabab bilan: musofirlik yoki asirlik tufayli Hindistonga borib qolishibdi. So‘ngra falakning gardishi bilan ular yana o‘z yurtiga qaytib kelishibdi. Bu yerda ulardan bir kishi: “Filni ko‘rdilaringizmi?” — deb so‘rabdi. Ular “Ha”,-deb javob beribdilar. davomi…

Oltin quli

Basra shahrida bir ochko‘z kishi bor edi. U nodonlik bilan oltin-kumush yig‘ishga mukkasidan ketgan edi. Hotam Toy sahovat va karam ko‘rsatishda qancha nom qozongan bo‘lsa, u dinor va dirham yig‘ishda undan mashhurroq edi. Ushbu xasis va pastkash kishi ko‘p mashaqqat davomi…