Pechene o‘g‘risi

Bir ayol aeroportda samolyot uchishini kutardi. Ammo, hali erta edi. Bekor o‘tirishni yoqtirmagan ayol  do‘kondan bitta kitob va pechene sotib oldi. Bo‘sh kursilardan biriga o‘tirib, kitobini o‘qiy boshladi. Kitobni berilib o‘qir ekan, nogoh yonida o‘tirgan odam pechenesidan olishga jur’at qilayotganini davomi…

Ko‘rlar qishlog‘i

Tog‘u toshlarni, qir-adirlarni kezishni yoqtiradigan bir ko‘zi ko‘r odam bor edi. Bir kuni, xilma-xil rangdagi g‘alati bir qishloqni ko‘rib qoldi. Qishloqqa yaqinlashdi. Bu yerning yo‘llari, uylari va hatto u yerda yashovchi aholi ham ajabtovur edi. Buning boisini qishloqqa kirgach, tushundi. davomi…

To‘lanmagan jarima

Sekinlashishdan oldin spidometrga qaradi. Tezlik 50 bo‘lgan joyda 73 bilan haydayotgandi. Va shu to‘rt oy ichida to‘rtinchi bor to‘xtatilishi edi. –    Shunchalar ham omadisiz bo‘ladimi, odam? – deya mashinasini chetga oldi.“Hozir yonimizdan katta tezlikda bir mashina o‘tib ketadi”, deb o‘ylardi.YPX davomi…

Ikki piyola suv

Qadim zamonda boyligi bilan maqtanuvchi hukmdor bo‘lgan edi. U qayerga bormasin, xazinasidan bir qism olib, uni boshqalarga  ko‘z-ko‘z qilar edi.  Bir kuni u eng ishongan olim do‘stiga shunday savol berdi:  – Sen olimlar ichra mashhur va donosan. Men sening fikringni davomi…

Misrdagi xazina

Bag‘dodda katta merosga ega bir odam bor edi. Qisqa vaqtda shuncha boylikni yelga sovurdi; yo‘qsil va muhtoj holga keldi. Merosning – molning vafosi yo‘q – insonga foyda bermay o‘tib ketadi. Zero, uni hech zahmat-mashaqqatsiz qo‘lga kiritgan edi. Merosxo‘r tang ahvolda davomi…

Otning qusuri

Bir amirning juda chiroyli oti bor edi. Hatto podshohning otlari ichida ham uning tengi yo‘q edi. Amir bir kun bu otiga minib Xorazmshoh tashkil qilgan marosimga qo‘shildi. Podshohning ko‘zi beixtiyor bu otga tushdi. Otning turishi, xatti-harakatlari, rangi sultonning aqli hushini davomi…

Taqdirdan qochmoq

Er yuzidagi butun jonzotlarga hukmronlik qilgan Hazrati Sulaymonning Yamandagi saroyiga, tushga yaqin bir  odam hovliqib keldi.  Soqchilarga shaxsiy masala yuzasidan Hazrat Sulaymonni ko‘rishi lozimligini aytib  darhol ichkariga kirdi. Sulaymon qo‘rquvdan titrab, rangi oqarib ketgan odamdan so‘radi:–    Tinchlikmi nima gap? Nega davomi…

Majnunning Laylisi

Podshohlardan biri Majnunning ishq ko‘yida dali devona bo‘lib, cho‘llarda sarson kezishidan Layliga ko‘p qiziqar edi. Laylini topib, huzuriga keltirishlarini buyurdi. Laylini shoh huzuriga keltirdilar. Podshoh  Layliga razm solarkan  qorachadan kelgan,  sirtdan oddiy kanizakdan farqi yo‘q bir oddiy qizni ko‘rdi. Shunda davomi…

Bemor kanizak

Qadim  zamonda bir podshoh bor edi. U odamlari  bilan ovga chiqarkan, yo‘lda ketayotib bir qizni uchratdi va shu zahoti oshiq bo‘ldi. Odatga ko‘ra, qizning mahrini berib, uni saroyga keltirdi. Ammo tez orada u  go‘zal  xastalandi. Kundan-kunga so‘lib borardi. Mana man davomi…