Otauli. Qorasuv (hikoya)

Tarixiy lavha Qadim turkiy so‘zlarning tub lug‘aviyma’nolarini puxta biladigan lug‘atshunos olimErnst Begmatovga bag‘ishlayman Rabg‘uz (Raboti O‘g‘iz)dan Hazrati Sultoni Orifin ziyoratiga otlangan karvon Terskay (ya’ni, Teskari – hozirgi So‘zok shahri)da bir kecha tunab, Qoratovni oshib, nihoyat, Yugnaktepa yaqinidagi «Shakarbuloq» deb ataluvchi davomi…

Erkin A’zam. Hulo‘l (hikoya)

(“Qirq yillik gurunglar” turkumidan) Boybichcha odamga shunday tik, bosib qarar ediki, sarosimada ko‘zingni olib qochishdan o‘zga iloj topolmasding. Xuddi siringni, nozik bir aybginangni biladigandek! Anchayin so‘z qotganida ham yo biror nimani so‘rab savol berganida ham shu. Sen esa daf’atan kichrayib, davomi…

Azim Suyun. Tabiat hikoyalari

Ilk kaklik ovi Tog‘ qishloqlarida har bir joyning o‘z nomi, atamasi bo‘ladi. Aytaylik, men tug‘ilib o‘sgan Nakurtning Kamarovul, Lolahovuz, Qizilolma, Ulfatan, Bodomchali, Qo‘shilish, Yorishgan, Qorong‘ulsoy, Qarisoy, Kumushlisoy, To‘ptol, Kattaqamishloq, Kichikqamishloq, Tuyatosh, Cho‘chqalisoy, Alqorsoy, Qo‘chqoro‘ldi, Bulbulsoy, Oqbuloq, Bellisoy, Kattaqorasoy, Kichikqorasoy, Katakli, davomi…

Faxriddin Sodiq. Mung (novella)

Bu qizning ko‘zlaridagi birgina ifoda yigitlarning ming bir kechinmalariga sabab edi. Balki yigitlar undan pinhona ko‘z uzolmay qolishlarining sababini sevgi deb bilishardi. Hamma o‘z-o‘zicha, ammo nigohdagi nozik xol muqim va yakto edi.Qizning ko‘zlarida mung bor edi, uning bor-yo‘q chiroyi, alpqomat davomi…

Usmon Azim. So‘ngso‘zlar

Bu kitob noilojlikdan yozildi.Oltmishga kirganimdan keyin, bir kun o‘tirib, faqat men biladigan dunyo borligi haqida o‘ylab qoldim. Axir, bu dunyoni hamma o‘zicha ko‘radi-ku! Mening boshimdan o‘tgan savdolarni ham hech kim men kabi his qilmaydi. Ular bir kunmas bir kun bu davomi…

Erkin A’zam. Manana (hikoya)

Aeroportga chiqishingga ikki soatcha vaqt bor. Kutyapsan. Yo‘l anjomlari taxt, hech narsa yodingdan ko‘tarilgani yo‘q: ko‘raman degan joylaringni ko‘rding, uchrashmoqni niyat qilgan odamlaring bilan uchrashding – hamma ishing bitdi hisob; ayni choqda esa, xuddi muhim bir nimani unutgandek, nimagadir ulgurolmay davomi…

Gulchehra Asronova. Yorug‘lik (hikoya)

Bektemir ota ko‘zini istamaygina ochib, derazaga qaradi. Elas-elas tong oqarib kelardi. Tashqariga quloq tutdi: jimjitlik. Anchagacha qadam tovushlarimi, eshiq g‘ichillashimi – biron sas-sadoga intiq yotdi. Keyin judolikdan xasta ko‘ngilga anchadan beri mo‘ralayotgan shubhalar bostirib kela boshladi: “Ana, aytganimdek, shaharlik kelin davomi…