Jubron Xalil. Hikmatli hikoyatlar

O‘zlikni anglash Bir kishi so‘radi:— Inson o‘zini qanday anglaydi?Donishmand javob berdi:— Kunduzlar va kechalarning sirlarini qalbingiz yolg‘izlikda, osudalikda anglaydi.Quloqlaringiz esa, qalbingiz bilib olgan narsani eshitishni xohlaydi.Chunki siz xayolan bilgan narsalaringizni so‘zlar vositasida ham bilishni istaysiz.