Shodmon Otabek. Umr o‘tkinchi, xotira boqiy (2009)

Mashhur kishilar, buyuk siymolar shaxsiyatiga qiziqish barcha zamonlarda kuchli bo‘lgan. «Mashhur kishilar hayoti» turkumidagi kitoblar, xotiralar to‘plamlari ana shu ma’naviy ehtiyoj mahsuli. Buyuk bobokalonlarimizning bu boradagi faoliyati ham ibratlidir. Hazrat Alisher Navoiyning «Nasoyimul muhabbat», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» kabi shoh davomi…

Yusuf Tursunov. “Istamak”mi yoki “esnamak”? (2009)

“O‘zAS”ning 2008 yil 5 dekabr sonidagi “Yaxshilik bila chiqsa”mi yoki “qolsa”mi?” sarlavhali maqola ko‘nglimizdagi ba’zi mulohazalarni gazetxonlar bilan o‘rtoqlashishga turtki berdi. Maqola muallifi Yoqubjon Xo‘jamberdiyevning e’tirozlari o‘rinli. U nazarda tutgan nomaqbul holatlar adabiyotimiz, xususan, hazrat Alisher Navoiy ma’naviy merosi ixlosmandlarining davomi…

Naim Karimov. Bobokalon shoirlar (2009)

Toshkent — Markaziy Osiyoning uzoq tarixga ega bo‘lgan yirik adabiy-madaniy o‘choqlaridan biri. Bu qutlug‘ zaminda ko‘plab ilm-fan, adabiyot va san’at namoyandalari yashab o‘tganlar. Afsuski, biz tarixiy manbalarni yaxshi o‘rganmaganligimiz bois, ular haqida yetarli tasavvurga ega emasmiz. Holbuki, arab, fors, xitoy davomi…

Anbara Otamurodova, Ollanazar Abdurahimov. «Ayshu ishrat ermastur bu olam…» (2009)

Bugungi kunda Xiva Ogahiy orzu qilgandek obod, go‘zal maskanga aylandi. Istiqlol yillarida shahardagi madrasa va minoralar yangidan sayqal topib, ulug‘ bobolarimiz ruhi poklarini feruza gumbazlar uzra ko‘klarga ko‘tarib, ardoqlab turibdi. Xivaning Deshon qal’asi darvozasidan chiqib, eski Qo‘shko‘prik yo‘liga qarab 7-8 davomi…

Naim Karimov. Serqirra ijodkor (2009)

Sirojiddin Sidqiy Xandayliqiy XX asr boshlarida yashagan boshqa qalamkash birodarlaridan nafaqat turli kasb-hunarlarni mukammal egallagani, balki o‘z ijodida suronli davr manzaralarini yorqin va haqqoniy aks ettirgan shoir bo‘lganligi bilan ham farq qiladi. 1884 yili Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining Xandaqliq qishlog‘ida davomi…

No‘mon Rahimjonov. Umumbashariy qadriyat (2009)

Muhtaram Yurtboshimizning: “Yozuvchilarimiz o‘tish davrining qiyinchiliklariga qaramasdan, o‘z ijodiga, qalb amri bilan tanlagan kasbiga sodiq qolib, milliy o‘zligimizni anglash, xalqimiz ongu tafakkurini o‘zgartirish, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash va yuksaltirish yo‘lida xizmat qilib kelayotganini ta’kidlash har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi”, degan so‘zlari badiiy davomi…

Ahmad A’zam. Aka (2009)

Mahmud aka bilan, aniq esimda yo‘q, ishqilib, yetmishinchi yillarning boshida Fanlar akademiyasining aspirantlar yotoqxonasida tanishganman. Toshkentga yangi kelganman, Samarqanddan o‘ziga ukasidek yaqin olib, doim qo‘llab yuradigan ustozim Hotam aka Umurov do‘sti Murod aka Ibrohimovga uchrashimni tayinlab yuborgan, u kishi qayoqqa davomi…

Sirojiddin Ahmad. Fitrat va Murodiy (2009)

Do‘stim Abduvahob Murodiy!Sizdan ikki, uch maktub oldim. Javoblarini ham yozib turaman. Bo xatim olasizmi, yo‘qmi? Sizning tomoningiz uchun ondorg‘i hay’atga qat’iy amrlar yuborilg‘ondur.Menga yuboraturg‘on kitoblaringiz hali hanuz kelmadi. Lekin men “Ovrupo hayoti” degan do‘kto‘r Gustav Lubanning asarini topib mutolaa etdim. davomi…