O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari o‘tkazilmoqda

Toshkentda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan ikki mamlakat madaniyat vazirliklari va Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi. Ozarbayjonlik mehmonlar Madaniyat markazi oldidagi Haydar Aliyev haykali hamda davomi…

Turkiya: Har yili bir milliondan ziyod xorijlik sayyoh tashrif buyuradigan go‘sha haqida ma’lumot berildi

Oltinrang quyosh, moviy osmon va yashil tabiatning barcha go‘zalliklarini o‘zida mujassam qilgan Mug‘la Egey va O‘rtayer dengizlarining feruza suvlari va 8 ming yil ortga, tarix qa’riga sayohat qilishga undaydigan o‘nlab qadimiy shahar xarobalari bilan sayyohlarning eng sevimli maskanlaridan biri hisoblanadi davomi…

Shuhrat Rizayev. Xalqdin yorliq istarman… (1990)

Tariximizning guvohlik berishicha, XX asrning boshlarida — inqilobga qadar va undan keyingi dastlabki yillarda Turkistonda yuzdan ortiq shoiru adib ijod etgan. Bu ro‘yxatning avvalida Qodiriy, Cho‘lpon, Behbudiy, Fitrat, Avloniy, Hamza, Nozimaxonim, Sidqiy Xondayliqiy, So‘fizoda… qatori samarqandlik shoir Siddiqiy-Ajziy ham turadi. davomi…

Turkmaniston elchixonasi Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan tadbir tashkil qildi

Turkmanistonning mamlakatimizdagi elchixonasi Toshkent markazidagi “Moviy gumbazlar” xiyobonida veloyurish tashkil qildi. Velosiped harakatini ommalashtirishga qaratilgan bunday tadbir elchixona tomonidan 2018 yildan buyon uyushtiriladi. 7 aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan sport tadbirida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan davomi…

Bahodir Karimov. “Boburnoma”dan “O‘tkan kunlar”ga

Abdulla Qodiriy romanlarining betakror jozibasi, tilidagi go‘­zallik, obrazlilik, aniqlik, tasviriylik kabi fazilatlar hozirgacha hammani hayratga solib keladi. Adibning badiiy mahoratini, asarlari umrboqiyligini barcha birdek e’tirof etadi. Zero, bunday epik ko‘lamning yuzaga kelish omillari, betakror poetikaning tub ildizi hamda ta’sirlanish asoslarini davomi…

Hamid Ziyoyev. O‘zbek xalqining shakllanishi (1990)

Bamisoli bir daraxtning shoxlari hisoblangan o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar va qoraqalpoqlar asrlar mobaynida O‘rta Osiyodagi moddiy-madaniy boyliklarni yaratishda, mahalliy zolimlarga va chet ellik bosqinchilarga qarshi kurashda qo‘lni-qo‘lga berib bahamjihat harakat qildilar. Ular bir daryodan suv ichib, bir zaminda yashab davomi…