AQSh elchisi Pamela Spratlen qishloq xo‘jaligiga oid anjumanda qatnashdi

16 fevral kuni  Toshkentda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish” (AVC) loyihasi doirasida “Meva va sabzavotchilikda sovitgich omborxonalari: bugungi holat va O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazdi. Bu  haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabar beradi. davomi…

Qudrat Do‘stmuhammad. Kitob olamida nima gaplar?

Bu gaplar kitob o‘qishga odatlangan, bir emas, bir necha yoki hamma ilm yo‘nalishlariga qiziqadigan odamlarga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, kitob olamiga endi kirib kelayotganlar uchun ham nimasi bilandir foydali bo‘lishi shak-shubhasiz. Mabodo, maqola sizni qiziqtirmay qo‘ysa, sabr tilayman, “tesha tegmagan” gaplarni ham davomi…

“Seni yaxshi ko‘ramiz, O‘zbekiston!” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Seni yaxshi ko‘ramiz, O‘zbekiston!” nomli publitsistik maqolalar to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yozuvchilar, tanqidchi va publitsistlar, mualliflar va adabiyot muxlislari ishtirok edi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali yoshlarni ushbu to‘plamning chop etilishi bilan qutlarkan, O‘zbekiston Respublikasi davomi…

To‘lqin (1938-1996)

To‘lqin 1938 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Jilg‘alar”, “Sevgim”, “Buloq qo‘shig‘i”, “Yuragimni izlangiz”, “Yulduzlar to‘kilmaydi”, “Umrdan hadya”, “Sochilgan sirlar”, “G‘unchalar” kabi kitoblari nashr etilgan. Shoir 1996 yilda vafot etgan. SAVOLLAR GIRDOBI Har oqshom uxlashing davomi…

Yusuf Shomansur (1936-1978)

Yusuf Shomansur 1936 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida hamda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan. Uning “Mehringga to‘ymayman”, “Qalam va umr”, “Yuragim”, “Tabassum”, “Qiziq-qiziq”, “Dostonlar” nomli qator she’riy to‘plamlari, “Qora marvarid” romani nashr etilgan. Yusuf davomi…

Sayyor (1934-2001)

Sayyor 1934 yilda tug‘ilgan. Moskvadagi Adabiyot institutini tamomlagan. Ijodkorning “Qalb harorati”, “O‘ttiz yoshim”, “Fidoyingman”, “Boshsiz haykal”, “Musaffo fasl”, “Dengizdan tomchilar”, “Chorraha” singari she’riy, “Hulkar”, “Uyqudagi tosh”, “Odam borki” kabi nasriy kitoblari nashr etilgan. Shoir 2001 yilda vafot etgan. DUNYo EKAN davomi…

Dilmurod Do‘st (1989)

Dilmurod Do‘st (Do‘stbekov Dilmurod Abdullayevich) 1989 yilning 5 dekabr sanasida Zomin tumanidagi Beshbuloq qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 11-maktabda olgan. Shundan so‘ng Guliston san’at kollejining xalq cholg‘u sozlari bo‘limida tahsilni davom ettirgan. Kollejni tamomlagach, Sirdaryo davomi…

Abulqosim O‘tepbergenov (1951)

Abulqosim O‘tepbergenov 1951 yilda tug‘ilgan. Nukus davlat pedagogika institutining tabiiy fanlar fakultetini bitirgan. Ijodkorning “Tomchilar”, “Buloqlar”, “Dunyo bir aziz joydir”, “Agar ko‘nglimni xush etsa”, “Kunchiqish maqomlari”, “Kimga kengdir, kimga tordir bu dunyo”, “Xalqdan donoman deb o‘ylama” kabi kitoblari chop etilgan. davomi…