Amir Temur

Temur, Temurbek [1336 yil 9-aprel Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani) – 1405 yil 18-fevral O‘tror shahri, Samarqandda dafn etilgan] (1370-1405) To‘liq ismi Amir Temur ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burqul bo‘lgan bu buyuk davomi…

Xalil Sulton

(1384–1411) (1405-1409) Temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori. Amir Temurning nabirasi. Mironshohning o‘g‘li. Saroy Mulkxonim (Bibixonim) tarbiya qilgan. 15 yoshli Xalil Sulton Sohibqironning Hindistonga qilgan yurishida (1399-1400) qatnashib jasorat ko‘rsatgan. Quyi tabaqadan chiqqan Shodimulkka uylanishi bilan Amir Termurning g‘azabiga uchragan, so‘ng kechirilgan. davomi…

Shohrux

Amirzoda Shohrux, Mirzo Shohrux, Shohrux mirzo, Xoqoni sa’id, Abu Nasr Shohrux Bahodir sulton (1377 yil 20-avgust, Samarqand – 1447 yil 19-mart, Ray) Amir Temurning 4-o‘g‘li, Temuriylar hukmdori. Yoshlik yillari Samarqandda o‘tgan, shu yerda dunyoviy va diniy ta’lim olgan. Amir Temur davomi…

Ulug‘bek

Muhammad Tarag‘ay (1394 yil 22 mart, Sultoniya shahri, Eron Ozarbayjoni – 1449 yil 27 oktyabr, Samarqand) (1409-1449) Ulug‘bek o‘zbek xalqi tarixida buyuk astronom va matematik, davlat arbobi sifatida iz qoldirgan. Shohruxning o‘g‘li, Amir Temurning nabirasidir Sohibqironning “besh yillik yurish”ida (1392-96) davomi…

Abdullatif

(1423–1450) (1449-1450) Movarounnahrda 1449-1450 yillarda hukmronlik temuriy hukmdor. Ulug‘bekning o‘g‘li. Shohrux saroyida tarbiya olgan, harbiy yurishlarda qo‘shinning o‘ng qanotiga qo‘mondonlik qilgan. Gavharshod begim va tarxon amirlar Shohrux o‘limidan so‘ng (1447) Abdulatifni oliy bosh qo‘mondonlikka tayinlab, uning amakivachchasi Alouddavlani taxtga o‘tqazishgan. davomi…

Abdulla Mirzo

(1433-1451) (1450-1451) Movarounnahr hukmdori (1450-1451). Temuriylardan. Ulug‘bekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja o‘g‘li. Otasi vafotidan so‘ng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh bo‘lgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsiddin Sheroziy boshqargan. 1447 yil amakivachchasi Sulton davomi…

Sulton Abu Said

Sulton Abu Said Mirzo ibn Sulton Muhammad (1424-1469) (1451-69) Temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr (1451-69) va Xuroson (1458-69) hukmdori. Mironshohning nabirasi. Shohruh va Ulug‘bek vafotidan so‘ng Temuriylar davlatida boshlangan taxt uchun kurash chog‘ida Ulug‘bekning o‘g‘li Abdulatif tomonidan Buxoro zindoniga tashlangan. Abdulatifning o‘limidan davomi…

Sulton Ahmad Mirzo

(1451 yil, Samarqand – 1494 yil, Oqsuv mavzesi, O‘ratepa) (1469-1494) Temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori (1469-1494). Abu Said Mirzoning katta o‘g‘li. Onasi – O‘rda Bug‘a Tarxonning qizi. Otasi unga Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimligini bergan. Keyinchalik Toshkent, Shohruhiya va Sayramni o‘z davomi…

Sulton Mahmud Mirzo

(1453 – Samarqand – 1495 yil) (1494-1498) Samarqand hokimi (1494-1498). Temuriylardan. Abu Said mirzoning 3-o‘g‘li. Otasi davrida Astrobod viloyati hokimi. Abu Said Mirzo vafoti (1469)dan so‘ng Termiz, Chag‘oniyon, Hisor, Xatlon, Quduz, Badaxshon va Hindikush tog‘larigacha bo‘lgan yerlar uning tasarrufiga o‘tgan. davomi…

Sulton Ali Mirzo

(1483-1500) (1498-1500) 1498-1500 yillarda Movarounnahrda hukmronlik qilgan so‘ngi temuriy hukmdor. Sulton Mahmud Mirzoning 3-o‘g‘li. Onasi – Zuhra begim. Otasining vafotidan so‘ng Qarshi viloyati hokimi bo‘lib, keyinchalik akasi Boysung‘urdan Buxoroni (1497 yil dekabr), Bobur esa, Samarqandni tortib olgan. Bobur ota meros davomi…