Abdulla Ahmad. Ismini boshqacha qo‘ymoqchi (hajviya) (hajviya)

Joniga to‘zim bersin-g‘ey Ovchibekning. Ne bir azoblarga dosh berib, birovlar shivir-shiviriga quloq tutadi. Kimdir pana-pastqamda turib, boshliqni yomonlaydi. “O‘lguday ochofat, jamoadagi bor narsani yulib-yulqib bitirdi. Yaqin orada qiyshayib-qingrayib turgan idora chordevoriniyam yamlab yutsa ajab emas” deydi.Bilasiz, qorovulxona gapxonaning uyasi. Ovchibek davomi…

Abdulla Ahmad. Mirhobid (hajviya)

Mahallada eng o‘qimishli odam Mirhobid. Yolg‘oni yo‘q, bemalol ishonavering. Gazeta-jurnalsiz yurganini umrida birov ko‘rmagan. Hatto buzoq sug‘orsayam bir qo‘lida paqir, bir qo‘lida gazeta.Tunov kuni Mirhobid bir o‘limdan qoldi. Mol-da, mol. Oldinga suv qo‘ygandan so‘ng xo‘rillatib ichaver, egangning qo‘lidagi gazeta bilan davomi…

Abdulla Ahmad. Yurakdagi ism (hikoya)

Elyorga safarga jo‘nashini aytishdi. Qayerga deng? Oyto‘g‘onga! U Oyto‘g‘onni esladiyu ko‘z o‘ngidan qadrdon qishloqning shirin-sharbatli bog‘lari, qaddi dol, uzzukun yelkasidan ketmon tushmaydigan Xonimqul ota, qalbiga bitmas armon tashlab ketgan Gulsun o‘tdi.Oyto‘g‘on dasht bag‘ridan uzilgan parcha yer. Sahro ko‘ksidagi bu mo‘jaz davomi…

Muhammad Ziyo. Tush (hikoya)

Bu tog‘mi? Balandlikmi? Buning umuman qizig‘i yo‘q, muhim ham emas. Shu yoqqa chiqish kerak. Tamom-vassalom. Tirmashganlar ko‘p, bolalaru chollar, juvonu kampirlar, yigit-qizlarniyu asti gapirmang. Hammasi o‘sha yoqqa, nima bor u yoqda, bilmayman. Lekin men ham orta qolmay deb yuqoriga, yuqoriga davomi…

Muhammad Ziyo. Anglash (hikoya)

Mana, Vatan oldidagi yigitlik burchimini o‘tab kelganimga ham bir oylar bo‘ldi. Xizmatdoshlarim bilan o‘qishga kirish uchun beriladigan imtiyozni qo‘lga kiritganimizda va’dalashganday yana uch kundan so‘ng shaharda repetitornikida uchrashamiz. Mening esa sira borgim yo‘q. Sababi… To‘g‘risi, sababini bilmayman. Balki buning boisi davomi…

Muhammad Ziyo. Gul va Ziyo (hikoya)

Masofalar Marg‘ibdan Mashriqqacha, masofalar yer bilan osmoncha, masofalar muhabbatdan nafratgacha, masofalar qayg‘udan shodlikkacha, masofalar visoldan hijrongacha, masofalar zimistondan ziyogacha, masofalar xasdan gulgacha, masofalar tutqunlikdan erkgacha, masofalar  hayotdan mamotgacha, masofalar… Masofalar hadsiz-hududsiz… Masofalar million yillik yorug‘lik tezligidan chorak soniyalargacha… Biz shunchalar davomi…