Qutbiddin Muhammad

(? – 1127) (1097-1127) Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm hukmdori. Anushteginning o‘g‘li. Yoshligida Marvda yaxshi ta’lim olgan, ilmi adab va din ilmlarini o‘rgangan. Otasi vafotidan keyin saljuqiylarning Xurosondagi isyonkor noibi amir Dodbek Habashiy tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va xorazmshoh unvonini davomi…

Otsiz

Otsiz ibn Qutbiddin Muhammad ibn Anushtegin (1097-1156) (1128-1256) Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm hukmdori. Otasi vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan, saljuqiylar sultoni Sanjarning vassali bo‘lgan. Lekin u Xorazmni mustaqil davlatga aylantirishga intilgan. Otsiz Sanjarning ruxsatisiz avvalo Jand va Mang‘ishloqni egallab va Turkistonning davomi…

Elarslon

(?-1172 yil 17 mart) (1156-1172) Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazmshohlar davlati hukmdori. Otsiz xorazmshohning o‘g‘li. Elarslon avval, saljuqiylar sultoni Sanjarga itoat etishini bildirib, noma va sovg‘a-salomlar yuborgan. Sulton Sanjar Elarslonni xorazmshoh deb e’tirof qilgan. Sulton Sanjar vafotidan so‘ng saljuqiylar taxti uchun davomi…

Sultonshoh Xorazmshoh

Sultonshoh Mahmud, Jaloliddin Mahmud Sultonshoh (? – 1193 yil, 19 sentyabr) (1172-1193) Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazmshohlar davlati shahzodasi. Elarslon va Turkon xotunning kenja o‘g‘li. Sultonshohning akasi Takash Jand viloyatida voliy bo‘lib turgani uchun otasi o‘limi oldidan Sultonshohni valiahd etib tayinlagan. davomi…

Takash

Alouddin Muhammad Xorazmshoh (taxm. 1152-1200 yil 3-iyul) (1172-1200) Xorazmshohlar davlatida hukmronlik qilgan anushteginiylar sulolasi vakili. To‘liq ismi Alouddin Takash ibn Elarslon ibn Otsiz ibn Anushtegin. Takash otasi Elarslon vafoti arafasida Jand viloyati voliysi bo‘lib turgan. Shuning uchun Elarslon kenja o‘g‘li davomi…

Muhammad Xorazmshoh

Muhammad II Alouddin, Alouddin Muhammad (taxm. 1182-1220 yil dekabr) (1200-1220) Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazmshohlar davlati hukmdori. To‘liq ismi Qutbiddin Muhammad ibn Takash ibn Elarslon ibn Anushtegin. Otasi – Takash xorazmshoh, onasi Turkon xotun qipchoq xoni Jonkishining qizi. Muhammad 1193 yil davomi…

Jaloliddin Manguberdi

Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad (1198-1231) (1220-1231) Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori, mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadning katta o‘g‘li. Onasi – Oychechak turkman kanizaklaridan bo‘lgan. Jaloliddin burnida holi (mank) bo‘lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Manguberdi” nomi davomi…

«Kurashmoq uchun o‘rganmoq kerak»

Rossiya imperiyasining yirik harbiy mutaxassisi, mashhur tarixchi, 1830-1840 yillarda Xivani zabt etish uchun yuborilgan harbiy ekspeditsiya qatnashchisi general-leytenant Mixail Ignatovich Ivanin (1801 -1874) ruslarning Sharqqa dastlabki yurishlaridagi muvaffaqiyatsizliklari sababini bu o‘lkalardagi xalqlarning buyuk sarkardalari harbiy mahoratini, usul va uslublarini o‘rganmasdan davomi…