Mansur ibn Nuh I

Abu Solih, Amiri Sadid (?-976) (961-976) Somoniylar davlatini boshqargan hukmdor. As-Sadid (“dono”, “tadbirkor”) laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Davlatni mustahkamlash maqsadida bir qator tadbirlarni oshirgan. Bu ishda unga vazirlari Bal’amiy va Utbiylar yordam bergan. Buvayhiylar, Ziyoriylar bilan kurash olib borgan. Buvayhiylar davomi…

Nuh ibn Mansur

Amiri Rashid (963 – Buxoro – 997) (976-997) Somoniylar davlatining amiri, amir Mansur ibn Nuhning o‘g‘li. Otasining vafotidan so‘ng taxtga o‘tirdi (976 yil 26-sentabr). Siyosiy va harbiy sohada islohotlar o‘tkazgan. Muhammad ibn Abdulloh ibn Aziz vazir, Abulhasan Simjuriy sipohsolor (bosh davomi…

Mansur ibn Nuh II

Abu Horis (?-999) (997-999) Somoniylar amiri. Uning davrida mamlakatda parokandalik, ichki nizolar (Mansur bilan lashkarboshilar o‘rtasida) tashqi xafv (qoraxoniylarning hujumlari) kuchaygan. Ayniqsa, qoraxoniylar tomoniga o‘tgan xoin lashkarboshilardan Foyiq saroyga nisbatan uyushtirgan fitnalarda faol qatnashadi. 999 yilning fevralida Foyiq turk g‘ulomlariga davomi…

Abu Ibrohim ibn Nuh

Amiri Muntasir (? – 1005) (1000-1005) Somoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan somoniylar amiri. Sulolaning oxirgi hukmdori Abdulmalik ibn Nuh (999-1000)ning birodari. Qoraxoniylarga qarshi muvaffaqiyatsiz kurash olib boradi. Somoniylarning so‘nggi vakili bo‘lgan Muntasir somoniylarning avvalgi shon-shuhratini tiklay olmaydi. Muntasir Sulton Mahmudning noibi davomi…

Nasr ibn Ali

Nasr Eloqxon (?-1012, O‘zgan) (999-1012) Movarounnahr ilik xoni. Qoraxoniylardan. Hokimiyat tepasida rasman hukmdor akasi Ahmad ibn Ali Arslonxon edi. 996 yilda qoraxoniylarning Movarounnahrga hujum qilganida boshchilik qilgan. Buxoroni egallash bilan Movarounnahrning bosib olinishini nihoyasiga yetkazgan (999 yil oktabr). Somoniylar amiri davomi…

Alitegin ibn Husayn

(?–1035) (1025-1034) Movarounnahr ilikxoni. Qoraxoniylardan. Movarounnahrni samoniylardan tortib olishda ishtirok etgan (999-1012). Nasr ibn Ali vafoti (1013)dan so‘ng taxt uchun kurash chog‘ida arslonxonlardan Muhammad ibn Ali tomonidan asir olingan. Taxminan 1025 yilda asirlikdan qochib Buxoroni egallagan va saljuqiylardan Arslon ibn davomi…

Ibrohim ibn Nasr

Bo‘ritegin, Tamg‘achxon Ibrohim (?-taxminan 1070) (1040-1070) Movarounnahrdagi G‘arbiy qoraxoniylar xoqonligi asoschisi. Qoraxoniylardan. Otasi Nasr ibn Ali. Iloq hokimi (1017-1021). U yerda Bo‘ritegin, amir va malik unvonlari bilan tangalar zarb ettirgan. Qoraxoniy beklaridan Alitegin turkmanlar yordamida Movarounnahrni bosib olgan paytda (1025) davomi…

Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon

(?-1130) (1102-1130) Qoraxoniylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori. To‘liq ismi Muhammad ibn Sulaymon Dovud Kuchtegin ibn Tamg‘achxon Ibrohim. Barqiyoruq vassali Sulaymonteginning o‘g‘li. 1102 yil Samarqand taxtiga Arslonxon unvoni bilan o‘tqazilgan. 12 ming mamlukdan iborat qo‘shin tuzib Dashti Qipchoqqa bir necha bor harbiy davomi…

Qutbiddin Muhammad

(? – 1127) (1097-1127) Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm hukmdori. Anushteginning o‘g‘li. Yoshligida Marvda yaxshi ta’lim olgan, ilmi adab va din ilmlarini o‘rgangan. Otasi vafotidan keyin saljuqiylarning Xurosondagi isyonkor noibi amir Dodbek Habashiy tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va xorazmshoh unvonini davomi…

Otsiz

Otsiz ibn Qutbiddin Muhammad ibn Anushtegin (1097-1156) (1128-1256) Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm hukmdori. Otasi vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan, saljuqiylar sultoni Sanjarning vassali bo‘lgan. Lekin u Xorazmni mustaqil davlatga aylantirishga intilgan. Otsiz Sanjarning ruxsatisiz avvalo Jand va Mang‘ishloqni egallab va Turkistonning davomi…