Uxlab yotgan or

Libos har doim ham insonning qandayligini belgilab beravermaydi. Oltin tuproq ostida ham, qora balchiqda ham o‘z aslini yo‘qotmasligi rost. Shunday deymizu, ba’zan hayot qonun-qoidalari oltinni-da qadrsiz buyumga aylantirib qo‘yishi mumkin.Libosning asosiy vazifasi avratni berkitish ekanligi sir emas. Bunga yaramagan matohni davomi…

G‘alati stsenariyli to‘y

To‘y – millat ko‘rki, ta’bir joiz bo‘lsa, uning yuzi. Unda millatning  o‘tmishi bugungi ahvoli, moddiylikdan to ma’naviy qiyofasigacha aks etadi. Bu ko‘zgudan eng avvalo to‘y «aybdorlari» – kelin va kuyov joy oladilar. Kelinning qarindoshlari kuyovni kuzatsa, kuyov tomon kelinga qiziqadi. davomi…

Izhor ortidagi xavotir

Ommaviy axborot vositalarida qizlarning kiyinish madaniyati haqidagi ko‘p va xo‘p yozildi. Bu chiqishlarning ta’sir doirasi nechog‘lik bo‘lmoqda, bilmadigu bizni qizlarimizning ma’naviy dunyoqarashga oid yana bir jihat o‘ziga tortdi. Aslida bu to‘g‘rida yozish ham biroz noqulay. Shunday bo‘lsa-da, matbuot nashrlarini kundan-kun davomi…

Mehmon Baxtiy. Xubon (qissa)

Aziz hamqishloqlarim hurmati va otamning yorqin xotirasiga bag‘ishlayman 1 Oftob hali qiyomga yetmagan edi. Tog‘ yonbag‘ridagi haydalib, tekislab qo‘yilgan yer tomondan hofizning yakka nolishi qishloq osmoniga arang-arang o‘rlardi. Bu tepalikdan Sholon, Qal’acha va Chashmador qishloqlari, ekin yerlari va yam-yashil bog‘lari davomi…

Akbar Rustamov. Ramazon tunida (hikoya)

Zokir namozshom chog‘i qo‘ylarini qamab uyga kirarkan, ichkarida o‘tirgan ota-onasining suhbati kulog‘iga chalindi. Tushundi: gap o‘zi haqida bormoqda.— Yo‘q, — derdi otasi. — Ertaga qishloqdagilar falonchi o‘g‘lini boqolmay, ko‘chaga gadoylikka chiqaribdi, deyishlarini istamayman.— Voy, gadoylik nimasi. Ochliqdan chiqayotgani yo‘q-ku! Bu davomi…

Abu Bakir. Tugallanmagan sayohat (hikoya)

Institutda o‘qib yurgan kezlarim bir jo‘ram bo‘lardi. Juda qadrdon emasdigu, har qalay, boshqa bolalarga sira o‘xshamasdi. Ba’zi yozgan narsalarimni unga ko‘rsatsam, xuddi buyuk munaqqiddek fikrlarini aytardi. Shuning uchun ham ba’zi bir injiqliklariga qaramay, uni o‘zimdan uzoqlashtirmasdim. Yotoqxonada birga turardik. Uning davomi…

Nargiza Asad. Domla uchun tuzoq (hajviya)

Auditoriya talabalar bilan to‘la, kimdir konspekt to‘ldirish, kimdir qo‘l telefoni bilan gaplashish, yana kimlardir uch-to‘rtta bo‘lib hangomalashish bilan band.Kirish uchun qo‘ng‘iroq chalinganiga o‘n daqiqadan oshyaptiki, hali Asloniy deganlaridan darak yo‘q. Joyimga o‘tirib, darsni takrorlash, imtihonlar vaqtida yanada baholarni oshirish ilinjida davomi…

Salim Abdurahmon. Qarz (hikoya)

Xolmat qassob yolg‘iz odam. Tom ma’noda yolg‘iz. Yolg‘iz odamlar ikki toifaga bo‘linadi: birinchi toifasi yolg‘izlanib qolgan odamlar. Ular o‘ta qaysar bo‘ladilar. Odamlar ularning so‘zini qonun o‘rnida qabul qilishi kerakdek go‘yo. Bu to‘g‘rimi yo noto‘g‘rimi, ularga farqi yo‘q. Agar hammasi o‘zlari davomi…