Rog‘ib (1865-1935)

Rog‘ib (taxallusi; asli ism-sharifi Muhammad Rahim Shokir o‘g‘li) (1865 — Xorazm viloyati Urganch tumani Qorovul qishlog‘i — 1935) — shoir. Navoiy, Hofiz, Munis, Ogahiy, Komil kabi shoirlar ijodini o‘rgangan, g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. She’riyatdagi iste’dodini ko‘rgan Feruz uni saroyga taklif qilgan. davomi…

Mutrib Xonaxarobiy (1865-1925)

Mutrib Xonaxarobiy (taxallusi; asl ismi Muhammad Hasan Hoji Tabib o‘g‘li), (1865-Xiva-1925) – shoir. Xivadagi Muhammad Aminxon madrasasiyaa tahsil olgan. Maqomchi-bastakor sifatida ham mashhur bo‘lgan (Mutrib—sozanda, taxallusi shundan). Mutrib Xonaxarobiyning serqirra iqtidorini yuqori baholagan Feruz uni saroyga jalb etib, devonbegilik vazifasiga davomi…

Karimbek Kamiy (1864-1923)

Kamiy (taxallusi; asl ism-sharifi Karimbek Sharifbek o‘g‘li) (1864— Toshkent — 1923) — o‘zbek shoiri, ma’rifatparvar. Toshkentdagi «Beklarbegi» madrasasida o‘qigan (1880 yildan). 1916 yil gacha shu madrasada mudarris. 1890 yillardan shoir sifatida tanilgan, bayozlar tuzgan. Sidqiy Xondayliqiy, Xislat, Miskin, Tavallo kabi davomi…

Noqis (1860-1929)

Noqis (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulqodir Muhammadshokir o‘g‘li) (1860 — Kattaqo‘rg‘on — 1929) — o‘zbek shoiri. Kattaqo‘rg‘on, Buxoro madrasalarida o‘qigan. 1895 yilda Kattaqo‘rg‘onga qaytib, madrasada mudarrislik qilgan, dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Sa’diy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy va boshqaga ergashgan, ular g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. davomi…

Otajon Abdalov (1856-1939)

Otajon Abdalov (1856-1939) – ilk o‘zbek matbaachisi va noshiri. Matbaachilik faoliyatini 1874 yildan Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ishlashdan boshlagan. Otajon Abdalov 1876 yilda Abdunosir Farohiyning «Nisabus-sibyon» asarini toshbosmada bosib xonga taqdim etdi. Bu davomi…

Almaiy (1851/52-1894/95)

Almaiy (taxallusi; asl ismi Fazlulloh Mirjalol o‘g‘li) (1851/52 — Toshkent — 1894/95) — o‘zbek shoiri, tarjimon, arabshunos va xattot. Toshkentdagi «Muyi Muborak»va Buxorodagi madrasalarda tahsil ko‘rgan (1866—67). Turk, fors, arab tillarini va adabiyotini, falsafa, mantiq, huquq, musiqa, tib, xattotlik ilmini davomi…

G‘urbat (1850/53-1918)

G‘urbat (taxallusi; asl nomi Abdulla Maxdum Karimberdi o‘g‘li) (1850/53 — Farg‘ona viloyati Beshariq tumani — 1918) — shoir. Qo‘qonda Muhammad Alixon madrasasida o‘qigan. O‘zbek va tojik tillarida diniy-tasavvufiy va dunyoviy mavzularda ijod qilgan. Asarlarining katta qismini lirik g‘azallar tashkil etadi. davomi…

Ikrom domla (1847-1925)

Ikrom domla, Mulla Ikromcha (taxalluslari; asl ismi Muhammad Ikrom ibn Abdusalom, 1847 — Buxoro — 1925) — Buxorodagi taraqqiyparvar ulamolardan, muftiy va mudarris. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Ahmad Donishning ma’rifatparvarlik g‘oyalariga qo‘shilib, madrasalardagi ta’lim tizimini tanqid qilgan, uni isloh kilish davomi…

Alamkash (1846-1924)

Alamkash (taxallusi; asl ismi Ubaydullo Islom o‘g‘li) (1846 — hozirgi G‘allaorol tumani, Qizilqo‘rg‘on qishlog‘i — 1924) — shoir, xattot, tarjimon. O‘z qishlog‘ida maktab ochib, shu maktab o‘quvchilari uchun hisob ilmiga oid darslik tuzgan. Alamkashning 100 dan ortiq she’rdan tarkib topgan davomi…