Islom shoir (1874-1953)

Islom shoir Nazar o‘g‘li (1874 narpay tumani — 1953.17.7) — o‘zbek baxshisi. O‘zbekiston xalq shoiri (1940). Narpay dostonchilik maktabi vakili. Ernazar shoirning shogirdi. Bobosi Rajab shoirdan do‘mbira chertishni, terma va doston kuylashni o‘rgangan. 22 yoshida dostonchi sifatida tanilgan, 30 ga davomi…

Rojiy Xo‘qandiy (1871-1924)

Rojiy, Sulaymonqul usta Suyarqul o‘g‘li (1871 — Qo‘qon — 1924.11.11) shoir, xattot. Qo‘qon madrasalarida tahsil ko‘rgan. Rojiy ishqiy g‘azallar, satirik she’rlar, ta’rixlar yozgan. Ularda samimiy muhabbat ulug‘langan, 1-jahon urushi voqealari aks etgan, insonning jamiyatda tutgan o‘rni va qadr-qimmatiga baho berilgan. davomi…

Said Ahmad Vasliy (1870-1925)

Vasliy (taxallusi; asl ismi Sayd Axmad usta Azim o‘g‘li) (1870 — Samarqand — 1925.29.10) — o‘zbek va tojik shoiri, ma’rifatparvari. Toshkent (1883-91) va Buxorodagi (1893-1902) Ko‘kaldosh madrasalarida o‘qigan. Buxoroda (1903—09), Samarqanddagi Orifjonboy va Qusam ibn Abbos madrasalarida mudarrislik qilgan (1909—17). davomi…

Nozimaxonim (1870-1924)

Nozimaxonim (1870 – Toshkent — 1924) — shoira. O‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi jurnalist-publitsist. Tatar, arab va fors tillarini o‘rgangan. Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borgan. Yevropa adabiyoti va madaniyati bilan tanish, erkparvarlik g‘oyalaridan bahramand bo‘lgan. O‘zbek davomi…

Ahmad Tabibiy (1869-1911)

Ahmad Tabibiy (taxallusi; asl ism-sharifi Ahmad Ali Muhammad o‘g‘li, 1869—Xiva—1911) — shoir, tarjimon, tabib. Xiva madrasalaridan birida o‘qigan. Otasidan va zamonasining mashhur tabibi Yaxshimurodbekdan tabiblikni o‘rgangan, Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyida tabiblik qilgan. She’riyatda shuhrat qozongan. O‘zbek va fors-tojik tillarida, davomi…

Haziniy (1867-1923)

Haziniy Xo‘qandiy (taxallusi; asl nomi Ziyovuddinxon Kattaxoja o‘g‘li Haziniy to‘ra) (1867 — Qo‘qon yaqinidagi Katta Kenagas qishlog‘i — 1923) — shoir va shayx. Qo‘qondagi Jome’ madrasasida tahsil olgan. Qur’on, tafsir, hadis, fiqh, kalom, adabiyot ilmlarini chuqur o‘zlashtirgan. Tasavvuf ta’limoti bilan davomi…

Porso Xo‘jayev (1867-1937)

Porso Xo‘jayev, Porso Xo‘ja Hasan (1867, Buxoro — 1937.25.10, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri, davlat va jamoat arbobi. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. 1905 yildan Buxorodagi jadidchilik va Yosh buxoroliklar safida Yangi usul maktablari ochish va jadid gazlari chiqarish, davomi…

Saidrasul Saidazizov (1866-1933)

Saidrasul Saidazizov (1866, Toshkent — 1933.3.2) — ma’rifatparvar, shoir, tarjimon. Toshkentda Mahmud dasturxonchi madrasasida tahsil ko‘rgan, rus-tuzem maktabini tugatgan (1900). O‘zi o‘qigan madrasada mudarrislik qilgan, rus-tuzem maktabi, o‘qituvchilar seminariyasida «sharqiya muallimi» bo‘lib ishlagan (1900 yildan). Moskva va Peterburgga sayohat qilgan davomi…

Qurbon sozchi (1866-1946)

Qurbon sozchi (taxallusi; asl nomi Qurbon Ismoilov) (1866 — Xiva — 1946) — baxshi, O‘zbekiston xalq shoiri (1938). Xudoybergan O‘tagan o‘g‘li va Qo‘shako‘r sozandaning shogirdi. Yoshligidan musiqa va adabiyotga qiziqqan, xalq ijodi namunalarini, she’r yozish qonun-qoidalarini o‘rgangan. «Qurbon ota hayotidan», davomi…