Abdulqodir Muhitdinov (1892-1934)

Abdulqodir Muhitdinov (1892, Buxoro — 1934.1.6, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi, siyosat arbobi. Boshlang‘ich ta’limni Buxoroda olgach, Istanbul madrasasida o‘qidi. Otasi yirik savdogar Mirza Muhitdin Mansurov ilk jadid gazetasi «Buxoroyi sharif»ni moddiy jihatdan ta’minlab turgan, yangi usul maktablariga homiylik davomi…

Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev (1891-1938)

Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev (1891, Toshkent – 1938.4.10) – davlat va jamoat arbobi. Turkistondagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri. Rus-tuzem maktabida o‘qigan (1898 — 1901). «Taraqqiyparvar» tashkilotining a’zosi syfatida jadidchilik harakatida faol katnashgan (1908 — 17). Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Nizomiddin Xo‘jayev va boshqa davomi…

Muhammadjon Xoliqiy (1890-1938)

Muhammadjon Xoliqiy (1890, Qo‘qon — 1938.18.11, Buxoro viloyati) — ma’rifatparvar pedagog. Qo‘qon va Buxoro madrasalarvda o‘qigan. 1910 yili o‘z uyida yangi usul maktabini ochgan va bolalarni o‘qitgan; shoir Charxiy shu maktabda o‘qigan. 1917 yili Qo‘qondagi «Ta’limi maorif» («Maorif tarqatish») jadidlar davomi…

G‘ozi Yunus (1889-1942)

XX asr milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Yunus — Muhammad o‘g‘li G‘ozi Yunusdir. U mohir jurnalist, yetuk hikoyanavis va bir qator xalqona she’rlar muallifi, ko‘zga ko‘ringan dramaturg, hajv ustasi hamda jamoat arbobi sifatida madaniyatimiz tarixida munosib davomi…

Po‘latjon Qayyumov (1885-1964)

Po‘latjon Qayyumov (1885, Qo‘qon — 1964) — ma’rifatparvar pedagog, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1944). Aziz Qayumov va Laziz Qayumovning otasi. Madrasada, so‘ng rus-tuzem maktabida (1906) o‘qigan. Yangi usul maktabi ochib, H.H.Niyoziy, A.Ibodiy, M.Xoliqiy, S.Majidiy va boshqalar jadid muallimlari bilan davomi…

Mukammil Burhonov (1884-1938)

Mukammil Burhonov (1884, Buxoro — 1938, Toshkent) — Buxorodagi jadidlik harakati namoyandasi. 1910 yildan Yosh buxoroliklar tashkilotining a’zosi. Buxoroda maktab va madrasalarni isloh qilib, yoshlarga zamonaviy ta’lim berishga harakat qilgan «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») maxfiy jamiyatini tuzishda ishtirok qildi (1910 davomi…

Ismatulla Rahmatullayev (1883-1962)

Ismatulla Rahmatullayev, Rahmatullazoda (1883, Samarqand viloyati Rajabamin qishlog‘i — 1962) — jadid ma’rifatparvari, pedagog. Abduqodir Shukuriyning «usuli savtiya» maktabida (1901—05) o‘qib, so‘ng shu maktabda o‘qituvchilik qilgan (1906—12), ayni paytda rustuzem maktabida ham tahsil olgan (1903—06). «Dorul adab» maktabini tashkil etgan davomi…

Ismoil Obidiy (1880-1941)

Obidiy Ismoil Eldinovich (1880, G‘ulja — 1941/42, Krasnoyar o‘lkasi) — jurnalist, jamoat arbobi, o‘zbek davriy matbuotining asoschilaridan biri. G‘uljadagi Rossiya elchixonasi xodimi oilasida tug‘ilgan. Otasi vafotidan keyin 1890 yilda onasi bilan birga Qozonga ko‘chib kelgan va shu yerdagi real bilim davomi…