Ismatulla Rahmatullayev (1883-1962)

Ismatulla Rahmatullayev, Rahmatullazoda (1883, Samarqand viloyati Rajabamin qishlog‘i — 1962) — jadid ma’rifatparvari, pedagog. Abduqodir Shukuriyning «usuli savtiya» maktabida (1901—05) o‘qib, so‘ng shu maktabda o‘qituvchilik qilgan (1906—12), ayni paytda rustuzem maktabida ham tahsil olgan (1903—06). «Dorul adab» maktabini tashkil etgan davomi…

Ismoil Obidiy (1880-1941)

Obidiy Ismoil Eldinovich (1880, G‘ulja — 1941/42, Krasnoyar o‘lkasi) — jurnalist, jamoat arbobi, o‘zbek davriy matbuotining asoschilaridan biri. G‘uljadagi Rossiya elchixonasi xodimi oilasida tug‘ilgan. Otasi vafotidan keyin 1890 yilda onasi bilan birga Qozonga ko‘chib kelgan va shu yerdagi real bilim davomi…

Rustambek Yusufbekov (1880-1950)

Rustambek Yusufbekov, Rustambek domla (1880 — Toshkent — 1950.17.5) — pedagog, o‘zbek ma’rifatparvari. Dastlab maktabxonada, so‘ng Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasida o‘qigan. 1910-yillarda yangi usul maktabi ochib, unda o‘qituvchilik qilgan. «Ta’limi avval» («Dastlabki ta’lim») alifbe kitobini (1913), «Ta’limi soniy» («Ikkinchi ta’lim») o‘qish davomi…

Laffasiy (1880-1945)

Laffasiy (taxallusi; asl ismi Hasanmurod Muhammad Amin o‘g‘li) (1880 — Xiva — 1945) — o‘zbek shoiri, tarixchi va tazkiranavis. Madaminxon madrasasida ta’lim olgan. Laffasiy o‘zining «Xiva shoir va adabiyotshunoslarining tarjimai hollari» tazkirasida xalq orasida mashhur bo‘lgan Munis Xorazmiy, Ogahiy, Rog‘ib, davomi…

Faqiriy (1880-1925)

Faqiriy (taxallusi; asl ism-sharifi Abdurazzoq Abdujabbor o‘g‘li) (1880 — Xiva yaqinidagi Bo‘zxona qishlog‘i — 1925) — shoir, xattot va naqqosh. Xivadagi Olloqulixon madrasasida o‘qigan. Sharq mumtoz adabiyotini o‘rganib, o‘zi ham she’rlar yoza boshlagan. Otasidan yog‘och va tangaga naqsh o‘yish san’atini davomi…

Mirzo Ho‘qandiy (1880-1943)

Mirzo Ho‘qandiy (taxallusi; asl ism-sharifi Xayrullaxon Sayd Nosir o‘g‘li Mirzo) (1880, Qo‘qon – 1943, Toshkent) — shoir va ma’rifatparvar. Qo‘qon madrasasida Sulaymonquli Rojiytsyam adabiyot, husnixat, muammodan saboq olgan. 1910 yilda yangi usulda maktab ochib, o‘qituvchilik qilgan. 1912 yildan mazkur maktab davomi…

Komilbek Norbekov (1880-1943)

Komilbek Norbekov (1880 – Toshkent – 1943) — o‘zbek ma’rifatparvari. Toshkentning ma’rifatli boylaridan Muhammadaminbekning o‘g‘li. Ukasi Karimbek (1882—1970) bilan birga charm ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Avstriya va Germaniya firmalari bilan teri-charm savdo aloqasini o‘rnatgan. Taraqqiyparvar do‘stlari Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, davomi…

Otaulla Xo‘jayev (1880-1937)

Xo‘jayev Otaulla, Xo‘jayev Otaxo‘ja Po‘latxo‘jayevich (1880, Buxoro — 1937.25.10, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, davlat va jamoat arbobi. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. So‘ngra Turkiyaga borib, akasi Usmon Xo‘ja, Fitrat va boshqa bilan Istanbulda tahsil olgan (1909—13). «Tarbiyai atfol» davomi…

Sayyoh (1879-1918)

Sayyoh, Abdurahmon Sayyoh ibn Hoji Muhammad Sodiqov (1879, Toshkent — 1918, Qo‘qon) — ma’rifatparvar, noshir. Arabiston, Turkiya, Hindiston, Afg‘oniston, Yaponiya mamlakatlariga sayohat qilgani uchun o‘ziga «Sayyoh» taxallusini olgan. O‘n yoshida ota-onasi, aka-singlisi bilan Makkaga ketadi, o‘sha yerda oila a’zolarining barchasidan davomi…