Ashurali Zohiriy (1885-1937)

Taniqli ma’rifatparvar, yirik tilshunos, lug‘atshunos, adabiyotshunos olim, jurnalist va tarjimon, Turkistondagi jadidchilik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Ashurali Zohiriy 1885 yili Qo‘qon yaqinidagi Oyim qishlog‘ida tug‘ilgan. U dastlab Qo‘qondagi Madalixon madrasasida tahsil ko‘radi (1914), arab va fors tillarini puxta egallaydi, davomi…

Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)

Buyuk ma’rifatparvar adib, alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yili Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Ziyolilar oilasidagi muhit undagi adabiyotga, siyosatga, ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini tezroq ro‘yobga chiqishiga yetakladi. Uning otasi islom huquqshunosligi bo‘yicha yirik mutaxassis bo‘lib, bu borada davomi…

Abdurauf Fitrat (1886-1938)

Fitrat (taxallusi; asl ism-sharifi Abdurauf Abdurahim o‘g‘li) (1886, Buxoro — 1938,4,10, Toshkent) — yozuvchi, tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, san’atshunos va siyosatshunos olim, davlat va jamoat arbobi. Birinchi o‘zbek professori (1926). Mir Arab madrasasida tahsil ko‘rgan. 1902—03 yillarda haj safari munosabati bilan davomi…

G‘ulom Zafariy (1889-1938)

G‘ulom Zafariy ko‘pqirrali ijod sohibi bo‘lib, u o‘zbek milliy teatri, teatr tanqidchiligi, musiqa madaniyati, qolaversa, milliy adabiyotimiz tarixida munosib o‘rin egallaydi. U 1889 yili Toshkentning Beshyog‘och dahasiga qarashli Kattabog‘ mahallasida tavallud topti. Avval eski maktabda, xususiy rus maktabida, Ko‘kaldosh madrasasida davomi…