Nurboy Abdulhakim. To‘rt ariqning sharbati nadur?

Biz Qul Xo‘ja Ahmad hikmatlari mohiyatidan xabardormiz, deya olamizmi? O‘qilishidan sodda, tushunarliday ko‘ringan bu hikmatlar aslida “ma’niyi Qur’on” (shayxning o‘z e’tirofi) ekanligini bilamizmi? Mana ulug‘ pirimiz hikmatlaridan biri: Tavba qilib, Haqqa yong‘on oshiqlarga Jannat ichra to‘rt ariqda sharbati bor. Tavba davomi…

Vadud Mahmud (1898-1976)

Vadud Mahmud 1898 yilda Samarqand okrugining Yuqori Darg‘am tumaniga qarashli Tayloq qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi Mahmud Pirmuhammad imom bo‘lgan (1905 yili vafot etgan). Onasi Anbara (1934 yili vafot etgan) esa uyda bolalari tarbiyasi bilan shug‘ullangan. V. Mahmud dastlab Samarqandda Abduqodir davomi…

Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934)

Atoqli shoir, xattot va tarjimon Sirojiddin Maxdum Mirzohidoxund o‘g‘li Sidqiy 1884 yili hozirgi Bo‘stonliq tumani Xondayliq qishlog‘ida tug‘ilgan. Arab, fors tillarini o‘rgangan. Xattotlikka qiziqqan, zamonasining mashhur qilqalami Muhammad Shohmurod kotib (1850— 1922)ga shogird tushgan. Sidqiy tosh yo‘nib, unga ishlov berish, davomi…

Hoji Muin (1883-1942)

O‘tgan asrning boshida Vatan ozodligi, xalqning ma’rifati, millatning taraqqiysi uchun kurashgan ilg‘or ma’rifatparvar ziyolilarning safida Hoji Muin Shukrullo o‘g‘li ham bor edi. Hoji Muin 1883 yil 19 martda Samarqandda tug‘ilgan. Otasi Shukrullo savdogar bo‘lib, 32 yoshida vafot etadi. O‘n ikki davomi…

Fayzulla Xo‘jaev (1896-1938)

Atoqli davlat va siyosat arbobi, Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi, “Yosh buxoroliklar” partiyasining rahbarlaridan biri Fayzulla Xo‘jayev 1896 yil 1 iyulda Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida tug‘ilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida o‘qigan. 1907—1912 yillarda F.Xo‘jayev Moskvada shaxsiy o‘qituvchilardan davomi…

Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev (1878-1937)

Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, davlat va siyosat arbobi, o‘zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘ja o‘g‘li (Ubaydulla Xo‘jayev) 1878 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rus-tuzem maktabini tamomlagach, davlat muassasalarida tarjimonlik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik Saratov universitetining huquqshunoslik fakultetini muvaffaqiyat bilan tamomlagan. davomi…