Matluba Dehqon qizi (1948)

Matluba Axmedova (Dehqon qizi) 1948 yil 1 mayda Oltiariq tumanining Fayziobod qishlog‘ida tavallud topgan. 1970 yil Farg‘ona davlat pedagogika instituti (hozirgi FDU)ning filologiya fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. Uning «Qorachiq» (1992), «Ko‘ngil uyi» she’riy to‘plamlari, «Sog‘inch» (2001), “O‘sha kun” davomi…

Matnazar Abdulhakim (1948-2010)

Matnazar Abdulhakim 1948 yil 20 fevralda Xorazm viloyatining Urganch tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2000). Rossiyaning Taganrog shahridagi Rus tili va adabiyoti institutini tamomlagan. «Tiniq tonglar» (1982), «Fasllar qo‘shig‘i» (1984), «Qor qo‘shig‘i» (1990), «Yonimdagi daryolar» (1993), «Qorachikdagi dunyo» davomi…

Azim Suyun (1948-2020)

Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyatidagi Nukurt qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1997). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1977). Dastlabki she’riy to‘plami — «Mening osmonim» (1978). Shundan so‘ng shoirning bir qancha she’riy majmualari («Zarb», 1979; «Zamin taqdiri», davomi…

Tilak Jo‘ra (1947-1994)

Tilak Jo‘ra 1947 yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyot qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1972). «Rayhon» (1977), «Olam ostonasi» (1980), «Yulduzlar tabassumi» (1981), «Chorrahadagi uy» (1983), «Sanduvoch» (1988), «Ruhiyat» (1990) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. «Hozirgi turk she’riyati», «Nozim davomi…

Sa’dulla Ahmad (1947-2024)

Sa’dulla Ahmad (Sa’dulloh) 1947 yil 24 fevralda Samarkand viloyatining Narpay tumaniga qarashli Oqtosh shaharchasida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1970). «Alvasti» (1968) lirik dostonini, «Oxun yakkakord» (1973) tragediyasini yozgan. «Ishchi yurakcham», «Ibtido» (1982), «Iztirob» (1990) she’riy to‘plamlari, teatr san’atiga oid davomi…

Otayor (1947-2004)

Otayor (Naxanov Otayor Ibragimovich) 1947 yil, 19 yanvarda Samarqand viloyatining Narpay tumaniga karashli Qoraxitoy qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1993). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1972). Birinchi she’riy to‘plami — «Ishqim bayoni» (1975). «Lolarang ertak» (1978), «O‘sha ko‘zlar» (1984), davomi…