Mixail Zoshchenko. Hajvchi (hajviya)

Yaqinda menga telefondan qo‘ng‘iroq qilishdi. Kimdir muloyim, yumshoq ovozda so‘radi:– O‘rtoq Zoshchenkomisiz?– Ha.– Gap shundaki, biz kuchaytirgich ustida tajriba o‘tkazyapmiz. Birorta hikoyangizdan uch-to‘rt satr o‘qib berishingizni o‘tinib so‘raymiz.Kechiktirib bo‘lmaydigan muhim yumushim bor edi. Uni to‘xtatishni hecham xohlamasdim. Lekin men ko‘ngilchan davomi…

Anor. Vahima (hikoya)

O‘ruch do‘xtir hayotidan nolimasdi. Sog‘lig‘i joyida, qirq beshni qoralagan bo‘lsa ham, hozirgacha loaqal qattiqroq tumov bilan og‘riganini eslolmasdi. Oilasidan ham ko‘ngli to‘q. O‘zidan olti yosh katta xotini Pokiza ro‘zg‘orbop ayollardan. Uy-joyni saranjom-sarishta saqlaydi, pishir-kuydirga ham usta, o‘zi esa xokisor, kamsuqum, davomi…

Vafo al-Umayr. Ayol qo‘shig‘i (hikoya)

G‘am-g‘ussalarim sening oldingda tarqalib ketmaydi, balki meni unsiz o‘rab olib, malomatlaringni men sari undaydi. Alamlarni alangalatuvchi o‘sha so‘zlaringdan so‘ng bosh ko‘tarmadim. Har kuni yo‘l qo‘yadigan va qalbimga ochiq-oydin yozadigan xatolaringni yashiruvchi pardani ko‘tarmadim.G‘am-g‘ussalarim og‘izlarga tushadi-yu, biz uchun tor bo‘lgan devorlar davomi…