Qulman Ochilov. Bog‘ sayri (hikoya)

Yurak xastaliklari bo‘limidan “terapiya” tomon o‘tib borayotgan Eshdavlatovni kimdir chaqirganday bo‘ldi. To‘xtadi. Malol keldi. Tibbiyot ahlining dalolat qilishicha, ikki kuragining o‘rtasidan “tuz koni ochilgan”. Ana kashfiyot! Ellik yildan beri qo‘li qalamdan og‘ir narsa ko‘tarmagan zahmatkash muharrirning xo‘kkaygan yelkasiga tuz emas, davomi…

Konstantin Paustovskiy. Hikoyaning tug‘ilishi (hikoya)

Bu voqea Moskva shahri yaqinida, chekinayotgan qishning so‘nggi kunlaridan birida sodir bo‘lgan edi. Tong rosa cho‘zilgan tun tufayli uyqudan uyg‘onolmay karaxt edi. Unda-bunda dalahovlilarning chirog‘i yonib turar, ora-sira qor uchqunlardi. Yozuvchi Muravyov vagonning old tarafiga o‘tib, tashqi eshikni ochib yubordi davomi…

Inomjon Shavkatov. Arslon yelkasidagi xazina (qissa)

Millat ozodligi uchun aziz jonini fido, umrini baxshida etgan munavvar zotlar xotirasiga bag‘ishlayman. Ey ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Dunyoni “urxo”lar bilan titratgan yo‘lbars yurakli bolalaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydur? Abdurauf Fitrat Uni ko‘rmasimdan avval tanidim, bilmasimdan oldin davomi…

Ispancha uyalish nima?

Butun dunyoda insoniyat his-tuyg‘ularini bayon etishida ba’zan “Ispancha uyalish” yoki “Ispancha uyat” («La Vergüenza Española»), ruschada «Ispanskiy stыd» terminlari tez-tez qo‘llanadi. Ispan tili izohli lug‘atida (Diccionario del uso del Español) “Ispancha uyalish” boshqalar tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar uchun o‘zgalarning qattiq davomi…

Iqbol Mirzo. Ko‘chat (hikoya)

Rahmatjon ko‘cha eshikni yelkasi bilan itargandi, lo‘kidoni yerga tushib, daranglab ketdi. Ichkaridan avval shoshib xotini, keyin olazarak o‘g‘ilchasi chiqdi. – Ha, tinchlikmi? Sulaymon taxtini ko‘tarib keldingizmi, shahdingiz osmon? – dedi xotin peshonasiga tang‘ilgan yashil durrani mahkamroq tortib. So‘ng devorga suyab davomi…

Sirojiddin Ahmad: “Aks holda biz yana aldanamiz” (2020)

Fidoyi olimlarimizdan biri Sirojiddin Ahmad umrini jadidlar hayoti va ijodiy merosini tadqiq etishga bag‘ishlagan. Uning o‘zi ham ulug‘ ma’rifatparvarlar singari “xodim ul-millat” bo‘lishni niyat qildi va shunga monand umr yo‘lini bosib o‘tdi. Kamtar inson ziyoliga xos ravishda kibrlanmadi, kekkaymadi. So‘z davomi…