Bir kosa zahar

Qadim zamonda bir chol bilan kampir yashar ekan. Ularning o‘g‘li ham, qizi ham yo‘q ekan. Faqat mushuklari bor ekan. Chol bilan kampir mushukni kichkinaligidan — ko‘z ochmasdan asrab olibdilar. Mushuk ulg‘ayibdi, yunglari o‘sib xurpayibdi. Lekin u daydi bo‘lib yovvoyilashibdi, qo‘ni-qo‘shnisini davomi…

Tulki, laylak va bo‘ri

Bir kuni laylak tulkini ziyofatga chaqiribdi. Tulki laylaknikiga kelibdi. Laylak suyuq osh qilibdi, ko‘zaga quyib o‘rtaga qo‘yibdi. — Qani, tulkivoy, ovqatdan oling, — deb tulkini ovqatga taklif qilibdi. Tulkivoy bo‘ynini cho‘zib, rosa urinibdi. Baribir bo‘lmabdi, og‘zi oshga yetmabdi. Shunda tulki: davomi…

Sher bilan durroj

To‘qayda bir yirtqich sher bor edi. Vahshatda osmon sheridek qo‘rqmas edi. U bolalari bilan o‘ynab, zavqqa to‘lganda, chumolilar uning bolasini talab qiynardi. U o‘zining ajralmas bu boyligi — farzandini og‘ziga tishlab asrar edi. O‘sha to‘qayda bir durroj (kaklik) ham bo‘lib, davomi…

Shum tulki

Tovuqlar tulkining ustidan arz qilgani ayiqning oldiga borishibdi. — Ayiq polvon, — debdi ular, — tulkivoy dastidan bizga kun yo‘q. Har kuni kechasi tovuqlarni qiyratgani-qiyratgan. Hech kimdan hayiqmaydi. — Tulki-ya… obbo muttaham-ey. Men uning jazosini beraman, — debdi ayiq. U davomi…

Maqtanchoq quyon

Kunlardan bir kun jikkakkina ola quyon sheriklariga: — Bo‘ridan qo‘rqmayman, tulkini bir puflab osmonga uchirib yuboraman, — deb chiranibdi. Hamma uning mardligiga qoyil qolib, yoqa ushlab turganda, birdan bo‘ri kelib qolibdi. — Hap! — deb quyonlarga tashlanibdi. Ola quyon o‘zini davomi…

Bo‘ri va kampir

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir kampir bo‘lgan ekan. Uning sakkizta echkisi bor ekan. Kampir har kuni uxlagani uxlagan ekan. Echkilari qurt-qurt o‘t-o‘lan chaynagani chaynagan ekan. Kunlardan bir kuni kampirning echkisiga bir ochko‘z bo‘ri ilashib qolibdi. Bir davomi…

Qurbaqaxon

Bir zamonda bir qurbaqa suvda suzib zerikibdi-da, oftobga chiqib quruqlikdagi manzaralarni tomosha qilib o‘tiribdi. Bu vaqt osmondan bir burgut uchib o‘tibdi. Unga qurbaqaning havasi kelib uchgisi qistab, shuncha harakat qilsa ham yerdan bir enlik ko‘tarilolmabdi. Keyin qurbaqaxon ucholmagani uchun juda davomi…

Aqlli olmaxon

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir olmaxon bo‘lgan ekan. Qahraton qish kunlaridan birida bir kattakon bo‘ri kelibdi. U uyning eshigini taqillatibdi: Meni uyingga kirgiz, olmaxon, — debdi. — Kirgizmayman, — deb javob beribdi olmaxon. Olmaxon hech ko‘nmagandan keyin, bo‘ri davomi…


Maqolalar mundarijasi