Vozeh (1817-1893)

Vozeh (taxallusi; asl ismi Qori Rahmatullo Bin Ashur Muhammad) (1817/18-1893/94, Buxoro) – o‘zbek shoiri, adabiyotshunos, xattot, geograf. Buxoro madrasalaridan birida o‘qigan (1844 yilgacha). 1853—56 yillarda Karmana hokimi xizmatida bo‘ldi. Saroy muhiti bilan kelisholmay, Buxoroga qaytadi va umrining oxirigacha faqirona hayot davomi…

Mushtariy (1810/11-?)

Mushtariy (taxallusi; ismi Saodat) (1810/11, Qo‘qon — ?) — shoira. Xudoyorxon saroyida kotibalik, munshiylik qilgan. She’rlarida kishilarni yaxshilik, kamtarlik, poklik va adolatga chaqirgan. Ijodida dostonchilik va qissanavislik yetakchi o‘rinda turadi. Shoira xalq og‘zaki dostonlarining yozma she’riy namunasini yaratgan. «Malikai Dilorom» davomi…

Akmal Xo‘qandiy (XVIII asr – 1810)

Akmal Xo‘qandiy (Mulla Shermuhammad) (18-asr 1-yarmi, Farg‘ona viloyati Boytuman qishlog‘i— taxminan 1810, Qo‘qon) — o‘zbek shoiri. Maxmurning otasi. Hayoti va ijodi haqida «Tuhfat ut-tavorix» (1863, Muhammad Amin Attor), «Majmuai shoiron», «Tuhfat ul-ahbob fi-tazkirat ush-ashob» kabi asarlarda ma’lumot keltirilgan. Akmal Xo‘qandiy davomi…

Maleho Samarqandiy (1641-?)

Bade Samarqandiy (Muhammad Bade ibn Muhammad Sharif Samarqandiy) (1641, Samarqand — ?) — o‘zbek shoiri va adabiyotshunosi. «Maleho» taxallusi bilan she’riy asarlar yozgan. Uch yillik sayohat natijasida «Muzokir ul-ashob» («Suhbatdoshlar zikri», 1692) nomli tazkira yaratgan. Tazkirada 17-asrda Movarounnaxr va Eronda davomi…

Abulg‘oziy Bahodirxon (1603-1663)

Abulg‘oziy Bahodirxon (1603.23.8, Urganch – 1663.4, Xiva) – Xiva xoni (1643—1664), shayboniylar sulolasidan, tarixchi va tabib. Abulg‘oziy Bahodirxonning og‘alari Habash sulton va Elbars sulton otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal’asiga qamadilar. Otasining tarafdorlari bo‘lgan katta og‘asi Asfandiyor Eronga, Abulg‘oziy davomi…

Ayyub Shahrisabziy (XV-XVI asr)

Ayyub Shahrisabziy (to‘liq ismi Mir Xoja Ayyub Abulbaraka Shahrisabziy) (15-asr oxiri — Shahrisabz, 16-asr o‘rtalari) — o‘zbek shoiri, musiqa nazariyotchisi. Turkiy va forsiyda ijod qilgan. She’rlari mutoyibaga boy, rindlik ruhi bilan ajralib turadi. Navoiy («Majolis un-nafois»da), Sodiqbek Kitobdor («Majma ul-xavois»da) davomi…

Davlatshoh Samarqandiy (1436/37-1495)

Davlatshoh Samarqandiy (to‘liq ismi Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh assamarqandiy) (taxminan 1436/37—95) — o‘zbek shoiri, adabiyotshunos va davlat arbobi. Otasi Shohruxning nufuzli amirlaridan bo‘lgan. Davlatshoh Samarqandiy zamonasining yirik olimi Fazlulloh Samarqandiy qo‘lida tahsil ko‘rgan. 1480 yilgacha saroy xizmatida. Umrining oxirlarida saroy davomi…

Shoh G‘arib Mirzo (XV asr)

Shoh G‘arib Mirzo (taxallusi G‘aribiy) (15-asr 2-yarmi, Hirot) — shoir, temuriy shahzodalardan biri. Husayn Boyqaroning o‘g‘li. Zamondoshlari tomonidan o‘z davrining nodir iste’dodli shoiri sifatida e’tirof etilgan. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida Shoh G‘arib Mirzoga alohida bob ajratib, unga ko‘pgina yaxshi davomi…

Burhoniddin (XV asr)

Burhoniddin (15-asr) o‘zbek shoiri. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da boshqa haqida ma’lumot berib, «Hiriy shahrining buzurgzodalaridindur, donishmand va xushta’b va sabukruh kishidir», deb baholagan. U Shohrux Mirzo madrasasida dars bsrgan. Muammo janrida shuhrat topgan. Abulqosim Bobur Mirzoga bag‘ishlab «Javohir ul-asmo» muammo davomi…

Elbek Erkin (1986)

Elbek Erkin (Elbek Jumanov) 1986 yilning 21 yanvarida Qashqadaryo viloyatining Qoratepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Qarshi Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. “Qashqadaryo”, “Hurriyat” va “Mahalla” gazetalarida ishlagan. * * * Boybo‘ri bolasiz, tug‘mas Kuntug‘mish, O‘g‘il deb, go‘rlarga topinar millat. Yo go‘rlar davomi…