Mirza Qaynarov (1938)

Mirza Qaynarov 1938 yili tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti fizika-matematika fakultetini tamomlagan. Mehnat faxriysi. “Ona ruhi”, “Ko‘ngil daftari”, “Do‘st diydori”, “Otalar yurti”, “Vatannoma, ishqnoma” kabi to‘plamlar muallifi. OLAM AHLI Bori olam ahli istar tinchligu ham ofiyat Istayur oroyishu osoyishu ham ahliyat. davomi…

Amir Xudoyberdi (1961)

Amir Xudoyberdi 1961 yili Qarshi tumanidagi Shilvi (Shayx Shibliy) qishlog‘ida tavallud topgan. 1985 yilda Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. «Dunyo va men», «Javobsiz savol», «Evrilish», «Ettinchi malak», «Oydin lahzalar», «Devonalarmiz» kitoblari davomi…

Vodiliy (1893-1965)

Vodiliy (taxallusi; asl ismi So‘fiyev Abdurahmon) (1893, Farg‘ona, Vodil qishlog‘i — 1965, Toshkent) — o‘zbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvg‘in va ta’qiblarda yashagan. Vodiliyning «Devon»i (1963), farzandlariga yozgan o‘gitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Alisher davomi…

Laffasiy (1880-1945)

Laffasiy (taxallusi; asl ismi Hasanmurod Muhammad Amin o‘g‘li) (1880 — Xiva — 1945) — o‘zbek shoiri, tarixchi va tazkiranavis. Madaminxon madrasasida ta’lim olgan. Laffasiy o‘zining «Xiva shoir va adabiyotshunoslarining tarjimai hollari» tazkirasida xalq orasida mashhur bo‘lgan Munis Xorazmiy, Ogahiy, Rog‘ib, davomi…

Mirzo Ho‘qandiy (1880-1943)

Mirzo Ho‘qandiy (taxallusi; asl ism-sharifi Xayrullaxon Sayd Nosir o‘g‘li Mirzo) (1880, Qo‘qon – 1943, Toshkent) — shoir va ma’rifatparvar. Qo‘qon madrasasida Sulaymonquli Rojiydan adabiyot, husnixat, muammodan saboq olgan. 1910 yilda yangi usulda maktab ochib, o‘qituvchilik qilgan. 1912 yildan mazkur maktab davomi…

Said Ahmad Vasliy (1870-1925)

Vasliy (taxallusi; asl ismi Sayd Axmad usta Azim o‘g‘li) (1870 — Samarqand — 1925.29.10) — o‘zbek va tojik shoiri, ma’rifatparvari. Toshkent (1883-91) va Buxorodagi (1893-1902) Ko‘kaldosh madrasalarida o‘qigan. Buxoroda (1903—09), Samarqanddagi Orifjonboy va Qusam ibn Abbos madrasalarida mudarrislik qilgan (1909—17). davomi…

Muhyi (1835-1911)

Muhyi (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Rizo Oxund o‘g‘li) (1835, Qandahor, Afg‘oniston — 1911, Andijon) — shoir. Turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Hirot va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Muhyi 19-asrning 60-yillari o‘rtalarida Andijon shahrida yashagan. Andijon hokimi — Xudoyorxonning katta davomi…

Boqixon to‘ra (XIX asr – 1888)

Boqixon to‘ra (19-asr boshlari Qo‘qon — 1888) — o‘zbek shoiri, tabib. Mumtoz she’riyatning turli janrlarida ijod qilgan. Qo‘qonlik mashhur shaxslar vafotiga bag‘ishlab qator tarixlar yozgan. Mushrifning «Ansob ussalotin va ta’vorixi xavoqin» («Sultonlar nasablari va xoqonlar ta’rixlari»), shoir va tabib Hokimiy davomi…

Vidoiy (XIX asr)

Vidoiy (?, Kattaqo‘rg‘on – ?) — o‘zbek shoiri. 19-asr Kattaqo‘rg‘on adabiy muhitiga mansub romantik uslub vakillaridan biri. Hayoti haqida ma’lumot topilmagan. Ijodida dunyoviy adabiyot an’analariga rioya qilgan, lirik she’rlar yaratgan. She’riyatida samimiy sevgi, ahdida qat’iy bo‘lishlik, sadoqat, yaxshilikni ulug‘lagan. Ma’naviy-axloqiy davomi…