Yusuf Shomansur (1936-1978)

Yusuf Shomansur 1936 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida hamda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan. Uning “Mehringga to‘ymayman”, “Qalam va umr”, “Yuragim”, “Tabassum”, “Qiziq-qiziq”, “Dostonlar” nomli qator she’riy to‘plamlari, “Qora marvarid” romani nashr etilgan. Yusuf davomi…

Sayyor (1934-2001)

Sayyor 1934 yilda tug‘ilgan. Moskvadagi Adabiyot institutini tamomlagan. Ijodkorning “Qalb harorati”, “O‘ttiz yoshim”, “Fidoyingman”, “Boshsiz haykal”, “Musaffo fasl”, “Dengizdan tomchilar”, “Chorraha” singari she’riy, “Hulkar”, “Uyqudagi tosh”, “Odam borki” kabi nasriy kitoblari nashr etilgan. Shoir 2001 yilda vafot etgan. DUNYo EKAN davomi…

Dilmurod Do‘st (1989)

Dilmurod Do‘st (Do‘stbekov Dilmurod Abdullayevich) 1989 yilning 5 dekabr sanasida Zomin tumanidagi Beshbuloq qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 11-maktabda olgan. Shundan so‘ng Guliston san’at kollejining xalq cholg‘u sozlari bo‘limida tahsilni davom ettirgan. Kollejni tamomlagach, Sirdaryo davomi…

Bashorat Otajonova (1986)

Bashorat Otajonova 1986 yil 13 fevralda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetida o‘qigan. Hozir «Boshlang‘ich ta’lim» jurnalida bo‘lim muharriri vazifasida ishlaydi. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Zominda o‘tkazilgan iste’dodli yosh ijodkorlarning 7-an’anaviy anjumanida davomi…

Abdulhamid Parda (1958)

Abdulhamid Parda 1958 yil 17 yanvarda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. «O‘zteleradiokompaniya»da muxbir, tarjimon, katta muharrir, «O‘zbekiston matbuoti» jurnali bo‘lim muharriri, «Ishonch» gazetasida muxbir, mas’ul kotib, «Jahon adabiyoti» jurnalida bo‘lim muharriri, mas’ul kotib bo‘lib ishlagan. “Oltin davomi…

Ma’mur Qahhor (1957)

Ma’mur Qahhor 1957 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) falsafa fakultetini tugatgan. Muallifning “Kulib tursinlar doim”, “Sehrli so‘z” nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Falsafa fanlari doktori. TONG Tong otmoqda, oppoq tong, maysa shudringga qondi. Ko‘zlarini ishqalab, ana, quyosh uyg‘ondi. davomi…

Muhabbat Safoyeva (1969)

Muhabbat Safoyeva 1969 yilda tug‘ilgan. Urganch davlat universitetida o‘qigan. Uning “Sirli nigohlar”, “Ismsiz rishtalar”, “Muhabbat” nomli she’riy ham­da “Hayot guli” nomli publitsistik maqolalar to‘plamlari nashr etilgan. KUZ To‘kilib bormoqda yaproqlar, Avaylab bag‘riga olar ona yer. Boshida osmonni ko‘targan daraxt, Ehtimol, davomi…

Xurram Rayimov (1950)

Xurram Rayimov 1950 yilda tug‘ilgan. Termiz davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini bitirgan. Ijodkorning “Mohitobonim”, “Qo‘sh­qanot”, “Mehrigiyo”, “Oq tulpor”, “Qalbimdagi qush” singari she’riy, “Yurak uxlamaydi” publitsis­tik kitoblari nashr etilgan. OYMOMO Hoy, oymomo, oymomo, Senla go‘zal keng samo. Gulday yoshingga davomi…