Nodira (1792-1842)

Nodira (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792, Andijon —1842, Qo‘qon) — shoira, ma’rifatparvar va davlat arbobi. «Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ham she’rlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — ming qabilasidan, Farg‘ona hukmdori Olimxonning tog‘asi. Olimxon ukasi Umarxonga Marg‘ilon hokimligini beradi va davomi…

Ajziy (1864-1927)

Ajziy (taxallusi; asl ismi Saidahmad Hasanxo‘ja o‘g‘li Siddiqiy) (1864 — Samarqand — 1927) — ma’rifatparvar shoir, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1926). Samarqand, Buxoro madrasalarida o‘qigan. Arab, fors, ozarbayjon tillarini mukammal bilgan. Keyinroq rus tilini ham o‘rgangan. 1901—03 yillarda Kavkaz, davomi…

Devoniy (1887-1938)

Devoniy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammadkomil Ismoil Devon o‘g‘li) (1887, Xiva yaqinidagi Sangar qishlog‘i — 1938, Toshkent) — shoir. Xivadagi Arabxon madrasasida ta’lim olgan, fors tili, xattotlik san’atini o‘rgangan. Feruz saroyida birmuncha vaqt kotiblik qilgan. She’rlarida zamona nosozliklarini tanqid qilgan, ma’rifatparvarlik davomi…

Ishoqxon Ibrat (1861-1937)

Ibrat (taxallusi; asl ism-sharifi Ishoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li) (1861, — Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani — 1937, Andijon) — o‘zbek ma’rifatparvari, shoir. Qo‘qondagi Muhammad Siddiq Tunqotar madrasasida o‘qigan (1878—86). 1887—92 yillarda Istanbul, Sofiya, Afina, Rim, Kobul va Jidda shaharlarida bo‘lgan. Hindistonning Bombay davomi…

Miskin (1880-1937)

Miskin (taxallusi; asl ism-sharifi G‘ulomxalil Toshmuhammad o‘g‘li), (1880—Toshkent—1937) — shoir. Otasi temirchilik, mixchagarlik bilan shu-g‘ullangan. Balandmachitdagi maktabda, so‘ng «Ko‘kaldosh» madrasasida o‘qigan. Dastlabki she’rlari muhabbat mavzuida. Ko‘p o‘tmay, she’riyatiga zamon sadolari kirib kelgan. Xalqimizning milliy-ijtimoiy uyg‘onishida katta xizmat qilgan «Shuhrat» gazetasini davomi…

Dushan Fayziy (1927-2009)

O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi. 1927 yilda tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini bitirgan. “Mening tug‘ilgan kunim”, “Zafaron ohanglari”, “Sening qalbing”, “Muhabbat xayollari”, “Ulug‘lik”, “Temurnoma”, “Munojot” singari she’riy kitoblari nashr etilgan. Shoir 2009 yilda vafot etgan. SINIQ BIR ARMON Peshonaga yozug‘lik ekandir hijron, davomi…

To‘lqin (1938-1996)

To‘lqin 1938 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Jilg‘alar”, “Sevgim”, “Buloq qo‘shig‘i”, “Yuragimni izlangiz”, “Yulduzlar to‘kilmaydi”, “Umrdan hadya”, “Sochilgan sirlar”, “G‘unchalar” kabi kitoblari nashr etilgan. Shoir 1996 yilda vafot etgan. SAVOLLAR GIRDOBI Har oqshom uxlashing davomi…