O‘rinboy Usmon. Tasodif (hikoya)

Shirin tush ko‘rib yotgan O‘roz qo‘ylarning ustma-ust ma’rashidan g‘ijinib uyg‘ondi. Yonidagi o‘ringa qo‘l cho‘zdi. Qo‘li quruq to‘shakka tekkach, erinib ko‘zini ochdi. «Quvon! Anovi ochofatlarning jag‘ini o‘chir!» Devorlari tutundan qorayib ketgan uychaning bir ko‘zli derazasiga tutib qo‘yilgan, kirligidan asli rangi bilinmay davomi…

O‘rinboy Usmon. Choyxonadagi bola (hikoya)

Choyxonada nima borakan-a, bu odamlarga? Uyingda oyog‘ingni uzatib, televizorga tikilib yotmaysanmi? Ubayning dadasidek «Ho‘y, xotin, choy opke, achchiqroq damlasang, asakang ketadimi!.. Ho‘y, hammasini qulog‘ingga chertib turishim shartmi, birvarakay novvot opkesang o‘lasanmi!», deya qo‘shyostiqqa yonboshlab yotmaysanmi naq Xudoyorxonning o‘zidek. Ularni qara, davomi…

O‘rinboy Usmon. Barmoqlar (hikoya)

«Lahzaning larzalari» turkumidan Bunday bo‘lishini u ko‘pdan buyon kutardi va… Birda gapirayotganida o‘g‘lining pastki labini tishlab turganini seziboq ko‘ngliga g‘ashlik soya solgandi. Oldinlari og‘zidan chiqqan so‘zga lom-mim demay quloq tutguvchi o‘g‘ilning endi ko‘ngli uchun «xo‘p» deyishini-yu, lekin hadeganda aytganini qilavermasligini davomi…

O‘rinboy Usmon. Qora chuqur (hikoya)

Ergash uch kun oldin nevaralarining qo‘lini halollab, elga to‘y bergandi. To‘ydan bir kun oldin qishloqdagi oqsoqollarning hammasini ziyofatga chorlagandi. Ziyofatga kelmay qolgan bemor chollarning uyiga tovoqda osh, tugunchada meva-cheva qilib jo‘natgandi. Mana bugun hali o‘sha ziyofatning ta’mi unutilmay turib, to‘y davomi…

O‘rinboy Usmon. Kulsin jinni (hikoya)

Shahardagi ammamnikidan qaytib, hali eshigimizdan kirmasimdanoq o‘rtoqlarim yetib kelishdi. «Yur, biz bilan yur, ko‘rsang, kulaverib, ichaging uziladi. Yur!» Shokir shosh-qaloq so‘rashishga uzatgan qo‘limni qo‘yvormasdan, sudradi. Men ichagim uzilishini keyin-roqqa surishni iltimos qilib, qo‘limni tortib oldim. Biri men bilan teng, biri davomi…

O‘rinboy Usmon. Alam (hikoya)

Sinfdoshim O‘ktam xotirasiga Onda-sonda tomchilayotgan yomg‘ir do‘lga aylandi. Panaga o‘tayotgan yonidagi kishilardan biri Kenjaning qo‘ltig‘idan oldi. «Yur darvozaxonaga, ivib ketasan-ku butkul!» U joyidan siljimadi. Qo‘ltiqdan tutgan qo‘l bo‘shashdi. «Kenja, uka, nima qilasan endi, aslida u seni tepib-tepib ko‘mishi kerak edi-yu… davomi…

O‘rinboy Usmon. Katta dada (hikoya)

«Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas!» Ana shu to‘rttagina so‘z, lekin miyasining to‘rt tomonini egallab olgan, ming boshqa narsani o‘ylashga urinmasin, o‘zini chalg‘itish uchun hech bir keraksiz yumushlarga qo‘l urmasin, xotiniga qo‘shilib jini suymaydigan tele-seriallarni ko‘rib, haligina eshitgan, musaffo osmonni tilib o‘tgan davomi…


Maqolalar mundarijasi