Odil Yoqubov. Qo‘shiq (etyud)

Uch yashar o‘g‘ilcham men safarda yurganimda g‘alati bir qo‘shiq o‘rganibdi. Eshikdan kirishim bilan qo‘shig‘ini baralla «qo‘yib» yubordi
Tum-taka-tumni cholvoraman,
Zuhroxonni olvoraman,
Zuxraxon o‘g‘il tug‘sa,
Oltin beshikka solvolaman —
Tum-taka-tumni cholvoraman…
Men beixtiyor kulim yubordimu, qo‘liga kattakon bir olma tutqazdim.
Shu-shu, o‘g‘lim, ko‘ngli biron shirin narsa tusasa «tum-taka-tum»ni «cholvoradigan» bo‘lib qoldi.