Nusrat Rahmat. Eng ashaddiy kallakesar (hikoya)

Chakatilo!
Bu  sovuq  familiya  hoynahoy  qulog‘ingizga  chalingan  chiqar.  1991 -1992  yillar  davomida  ana  shu  xunxo‘r  haqida  yozmagan  gazeta–jurnallar  kam qoldi.  Tug‘ri,  axborotlaar  bir–biridan  farq  qilar:  ro‘znomalardan  biri  Chikatilo  yigirmadan ortiq  qiz–juvonni  zo‘rlab,  keyin  chavaqlab  tashlaganini  yozsa,  o‘zgasi  ana  shu  raqamni  oshirish yoki  quyuqroq  rang  berish  payida  bo‘lardi.  Jinoyat  tafsilotlari  ham  shunaqa: haqiqat  bilan  afsona  o‘rtasidagi  chiziqni  hamisha  ham  ilg‘ab  bo‘lmasdi.
Boisi:  hali  tergov  tugamagan, hukm  o‘qilmagan  edi.   
Tergov  bir  yil  davom  etdi.  Sud  Chikatiloni otib  o‘ldirish  haqida  hukm  chiqardi.  Oradan  bir  yil  o‘tgach – 1993  yilda  hukm  ijro  etildi.  
Naq  53 ( ellik  uch )  qiz  yo  ayolni  zo‘rlagan  va so‘ygan  bu  ablahni  otib  tashlashgani  to‘g‘ri  bo‘libdi,  degandim  o‘zim  ham  avval.  Keyin  esa  tergov  jarayonlarini  o‘qib,  otilgan  odamlar  taqdirini  o‘rganib,  fikrimdan  qaytdim.  O‘lim  jazosi  bir  umrlik  qamoq  jazosi  bilan  almashtirilishi  zarur ekan,  degan  qatiy  xulosaga  keldim.
Chikatiloning  jinoyati  bilan  men  o‘rtaga  quyayotgan  muammo  bir–birini  inkor  etadiganday, qutbning  ikki  tomoniday  bo‘lib  tuyulishi  mumkin.  Aslini  olganda,  har  ikkisida  ham  inson  taqdiriga  munosabat  yotibdi.
Mayli,  kechinmalar  xususida  yo‘l–yo‘lakay bahslasharmiz.                 
Matbuot  Chikatiloni  betinim  qotil, xunxo‘r  jallod, yirtqich – xullas, insonning behudud  nafratini  ifodalaydigan  haqoratlar  bilan  «siylab»   turdi. Zino  qilib,  keyin  pichoq  sanchishi  mash’um izni  yo‘qotish  uchun  qilingan  chora  deb  yozishdi. Boshqalar  bu  holni  qandaydir  kasallikka  yo‘yishdi  va  hakozo.
Mavzudan  andak  chekinib,  etiboringizni  tabiatga,  aniqrog‘i  bo‘ri  yoki  sherga  qaratmoqchiman.  Agar  bu  yirtqichlar  biror  inson  xunini  tatib  ko‘rsa,  umr  bo‘yi  odam  ovchisiga  aylanadi.  Yolg‘izlar, ojizlarga  tashlanadi,  bolakaylarni  olib  qochadi.
Bunday  hayvonlar  juda  makkorlashadi. (Ehtimol,  inson  qonidan  o‘tar). Manaman  degan  ovchilarni  dog‘da  qoldirib, hali  bu  qishloqda, hali  u dashtda  odamni  yorib  ketadi. Har  gal  izini  ustakorlik  bilan  yashiradi.
Ha, biz  ko‘p savollarimizga  aynan  tabiatdan  javob  izlashimiz  zarurga  o‘xshaydi.  Faqat  savol berib,  javobini  tinglaybilsak  kifoya.  Inson  go‘shtidan  mazaxo‘rak  bo‘lgan  sher  bilan  bo‘ri  haqida  so‘z  yuritdik. Hatto  ilon,  zaharli  ilon  ham  xun ta’mini tatisa,  xavfli  dushmanga  aylanadi. Yoki  kana,  chivinni  oling. Ular  sizni  topib  boraveradi.     
Xo‘sh, bu  ne  hikmat? Ehtimol, inson ya’ni mono sapiens  qon  tomirlarida  vujudni  sarmast  qiluvchi, safo  beruvchi  modda  bordir  va  unga  nashavand  bo‘lgan  jonzod  o‘zini  idora  etolmay  qolar?!    
Gazetalardan  biri Chikatilo haqida  shunday  deb  yozdi. «Chikatilo  ovga chiqqandi  o‘sha  kuni. Qonga  tashna  yirtqich  o‘rmon  yoqalab  borarkan, qarshisidan  to‘qqiz–o‘n  yashar  qizaloq chiqdi. U qo‘ziqorin terardi. Chikatilo  nigohlari  bilan uni paypaslab chiqdi,  so‘ng  xotirjamgina dedi: «Bu yerlarda qo‘ziqorin  kam  bo‘ladi, yur  men  serob  joyni  ko‘rsataman». Qizaloq,  beixtiyer  unga  ergashdi. Bu  g‘arko‘z  amakinig  nigohlari  oldida  laxta–laxta qilingan  navqiron  vujud,  qizaloqning xayolida  esa  quziqorin  degani  to‘kib  quyilganday  serob  joylar  namoyon  edi.
Ular  ovloq  so‘qmoqlar  bo‘ylab  ancha  ichkari kirishdi.  Chikatilo  atrofga  tag‘in  bir  bor  xavotirona  ko‘z  yugurtirdi–yu  qizchaga  tashlandi, uning nozik  bo‘ynidan tutib  yiqitdi, chayir qullari bilan  qisdi. U  dod  deyolmadi. Qotil  chap qo‘li  bilan  o‘ljasini  yerga  bosib, o‘ng  quli bilan  kiyimlarini  yechib  tashladi. Zo‘rlab  bo‘lgandan  keyin  hamon  xushiga  kelmagan  qizaloqning  ko‘ksiga  tig‘  sanchdi. Uning  jimgina  sizayotgan  qonidan  bir  qultum  ichdi-yu,  yo‘lida  davom  etdi.
Gap  shundaki, Chikatilo  birinchi  yoki  oxirgi  xunxo‘r  nashavand  emas. Bunday  vos–voslar bo‘lgan va  bo‘lib  turadi. O‘tganlarini  bilib  ko‘yish, kelajakdagisidan  ogoh  bo‘lish  shart!  Ha.  Shart! Axir,  farzandalar,  singillar,  opalar  bor…
Bu  qassobni  Igor  Kostoyev  rahbar  bo‘lgan  o‘ta  xavfli  jinoyatlarni  ochuvchi guruh  qo‘lga  oldi. Birqator  gazeta–jurnallar  mazkur  guruhni  ko‘klarga  ko‘tarib  maqtadi. Kostoyevning o‘zini komissar  Kataniga  qiyoslashdi.
Aslini  olganda,  guruhning  yigirmaga  yaqin  a’zosi atigi bitta  jinoyatchini sakkiz  yil  izlashdi.  Chikatiloning   militsionerlarday  ratsiyasi,  to‘ponchasi,  mashinasi  yo‘k;  ularday katta  maosh  olmaydi. Sakkiz  yil  davomida yigirma kishiga  chap  berib,  yashirinib  yurdi  va  ellik  uch kishini  hayotdan benasib etdi.Ular  kimningdir qizi, xotini,  singlisi  edi.
Qayg‘ular,  hayratlar,  motamlar…
Rio  de  Janeyroda  jinoyatni  yigirma  to‘rt  soatda  ochmagan  politsiya  guruhini  landavo‘r va  lakalov  hisoblab,  ishdan  chetlashtirisharkan.
Kostoyevchilar  esa  tugunni  bir  qo‘l  bilan  yechmoqchi  bo‘lgan  qasamxo‘rlarga  o‘xshab  ketadi.
To‘g‘ri,  Chikatilo  makkor,  biror  iz,  ashyoviy dalil  qoldiray,  hidini  chiqarmay  qassoblik  qilgan.  Buning  ustiga  turli  shaharlarda  ish  ko‘rgan. Jurnalistlar  komissar  Kataniga  tenglashtirgan  o‘sha  Kostoyev  va  uning  sheriklaridan ko‘ra tadbirkorroq bo‘lgani  uchun  ham  sakkiz  yil davomida qon  to‘kkan  u!
Mayli, men tafsilotlar haqida  gapiray, xulosalarni  o‘zingiz  chiqaring.
1982  yilning  may  oyida  Rostov  shahri   yaqinidagi elektr poyezdi bekatiga tutash  o‘rmondan politexnika  instituti  studenti  Katya  I.ning jasadi  topiladi. Ekspertiza  marhumani to‘rt kun  ilgari  o‘ldirilganini  aniqlaydi.  Bug‘ilgan,  tajovuz  qilingan,  ko‘ksiga  uch  bor  pichoq  sanchilgan,  Bu to‘la  tafsilot  emas.  Mutaxassislar  aktida  yaralar
ning  hajmi,  xarakteri,  o‘limining  sodir  bo‘lish sabablari  ilmiy  tilda  bayon  etilgan,  albatta.
Atrofdan birorta  ashyoviy dalil topisholmaydi,  qotil barmoq izi ham  qoldirmagan. Iskovich  it  rosa  g‘ingshib, temir yo‘l tomon ravona bo‘ladi.
Zudlik bilan operativ gruppa tuziladi, shubhali  odamlar  ro‘yxatga  olinadi.
Shu  orada  tergovchi  Ryabov  Katyaning kundalik  daftarini  hijjalab  o‘qib,  quyidagi  yozuvning  ostiga  chiziq  tortadi:  “Yaramas  V.  bilan  urishib  qoldim   Niyati  buzuq.  Endi  gaplashmayman».  
Volodya  degan  yigitcha  yuqori  kurs  studenti  bo‘lib, Katya  bilan uchrashib turarkan.Ularni kinoda,  o‘rmon  sayrida  ko‘rganlar  bor  ekan. Darhaqiqat  yigirma to‘rt  soat  davomida  Volodya qo‘lga  olinadi. Birinchi  suhbat chog‘ida Ryabov Katyaning nobud  bo‘lganidan  so‘z  ochmay  ularning munosabatlari, uchrashuvlari  bilan  qiziqadi.  Volodya  qizni  majnunona
sevishini  tan  oladi,  masalaning  mohiyatiga  yetmay angrayadi.  Ikkinchi  suhbatda  terguvchi  kundalik  daftardagi  yozuvni  niqtab  ko‘rsatadi  izoh  so‘raydi. “Ha,  men  o‘rmonda…  lekin  u  ko‘nmadi» deydi yigitcha.
Hullas,  Katyaning  vahshiyona  o‘ldirilganidan  voqif  bo‘lgan  Volodya  behudud  dard,  nadomat bilan  yig‘laydi. «Uni  sen  o‘ldirgansan!»  deydi  tergovchi  qat’iy  qilib.  Oshiq  yigit  bundan  battar nadomat  chekadi,  qasam  ichadi.  Keyin  esa  “bo‘yniga oldirishadi.»   “Uni  men  o‘ldirdim,  meni  tezroq  otib  tashlanglar»,  deb  zorlanadi.  Ammo  tergovchilar qahrga  mingan,  hayajonga  tushgan  odamlar  bilan  qanday  muomala  qilishni  bilishadi. Tag‘in  dalda berishadi.  
Inson  taqdiri  ustida  so‘z  ketganda,  bo‘yinga  olishning  o‘zi  kifoya emasligini,  buni  isbotlab berish  kerakligini  sha’ma  qilishadi.  Volodya  isbotlab  beradi: o‘rmonga  olib  borgani,  zo‘rlagani, pichoqlagani… Tag‘in  ilmoqli  savollar, argumentli  javoblar.
Institut  komsomol  qizlari  zudlik  bilan imzo to‘plab  Volodyaga  oliy  jazo  chorasi  qo‘llashni  talab  qilishadi.
Bir  oydan  so‘ng  viloyat  sudi oshiq  yigitchani  qatl  etish  haqida  hukm  chiqaradi. Qirq  uch  kundan  keyin  hukm  ijro  etiladi.    
Hammasi  risoladagiday. Aniq  hujjatlar,  dalillar  asosida, zarracha  e’tirozga  o‘rin  qoldirmay  amalga  oshiriladi.
Oradan  olti  oy  o‘tgach,  shaharning  boshqa  bir  chekkasida,  o‘rmonga  tutash  joyda  o‘n  yashar  qizaloqning  jasadi  topiladi. Qarashsa,  xuddi  Katyadek  zo‘rlangan, ko‘ksiga pichoq  sanchilgan, mammasi tishlab  olingan.
Muhtaram  o‘quvchi! Men bir vaqtlar  oliy  jazo hukmini  bir  umrlik qamoq bilan  almashtirish  zarurligini  yozgan  edim.
Katyani  ham, o‘n  yashar  qizaloqni  ham  Chikatilo  o‘ldirgani  bir
necha  yillardan  keyin  ayon  bo‘ldi.
Bechora  Volodya!  Qaybir  xatoning  qurboni  u?!  Bunga  tergovchilar  sababmi  yog‘ud  o‘lim  hukmini  joriy  etgan  qonunchilar?! Balki  unisi  ham  bunisi   hammasdir: majnunona, muhabbat qurboni bo‘lgandir, sho‘rlik  Volodya!              
O‘sha o‘n yashar  qizchaning otasi  uyushgan  jinoyatchilar  sarkori ekan, Kostoyevga  uchrashib, qotilni  topgan  kishiga «Volga»  va’da  etadi, shubhali kishilar  ro‘yxatini  tutqazadi.
Shundan  keyin  bu ish  “O‘rmon» deb  nomlanadi. Guruhga  qo‘shimcha  izquvarlar  ajratiladi,  shubhaga  olinganlarning  har  bir  qadami  nazoratdan  qochirilmaydi.
Ammo  arqonni  juda  uzun  tashlashgan ekanmi  olti oy orasida tag‘in  ikki  qiz  xuddi  shu usulda  o‘ldiriladi. Qotillikning  biri  Kiyev, ikkinchisi  Leningrad  shahri  yaqinida  sodir  etiladi. Tergov  ishlariga  mazkur  shaharlarning  ham  dongdor  izquvarlarni  jalb  etishadi.  
Uzoq  bahs–munozaralardan  keyin jinoyatchining taqribiy  portretini  yaratishadi  ular.  Ana shu  ta’rifga  binoan  u  taxminan  25 – 30  yoshlarda, avval  sport  bilan  shug‘ullangan  baquvvat,  kelishgan  kishi. Ilgari  sudlangan, hech qayerda  ishlamaydi, chalasavod.  Rostovda  tug‘ilgan  va  shu  yerda  propiska  qilingan  bulishi  kerak.  Ruhiy  kasalik  alomatlari
bor. Ehtimol  jinnixonada yotib  chiqqandir.Atrofdagilar  bilan  kam  muloqotda  bo‘ladi. Ko‘proq elektr poyezd  bekatlarida,  o‘rmon  yoqalarida  yuradi.  Gapga chechan,  qizlar  ayollarni  tez   qarmoqqa  tushiradi. Uning qo‘lida  diplomat  bor  ichida  o‘tkir  pichoq, to‘poncha  bo‘lishi  kerak.
Ta’kidlab  o‘taman,  bu  taxmin  ko‘p  asoslarga tayanib  tuzilgan. Jinoyat  xarakatlari,  mulohazalar hisobga  olingan.
Bu  1983  yil  edi. Lekin    1990  yilda  ko‘lga  olingan  Chikatilo  salkam  ellik  yoshda,  hech  qachon  sport  bilan  shug‘ullanmagan,  novcha  manfur,  avval  sudlanmagan,  fabrikada  ta’minotchi bo‘lib  ishlaydigan  oliy  ma’lu-
motli (filolog)  KPSS a’zosi, oilasi, ikki farzandi  bor,  mutlaqo  sog‘lom,  atrofdagilar  bilan  hushmomula  kishi  ekan.  Qo‘lida  kichik  sumkacha,  ichida  pichoq, chilvir.  
Qarang–a, qancha  katta  fark. Ehtimol, izquvarlarni  ham  chalg‘itgan  narsa  ana  shu  farqdir.    
Mayli, xulosani aytib  qo‘yishga  shoshilmaylik.  1985 yili  Anatoliy  Kravchenko degan  kishi  shubha  bilan qo‘lga  olindi. Bu  odamning qopqonga  tushish  tafsiloti  g‘alati. Kostoyev  guruhida  ishlovchi  Zoya  degan  leytenant  qiz  tuzoq  sifatida  bekatlarda  yuradi,  xotin – qizlar  bilan  muloqotda  bo‘lgan  shubhali  kimsalarni  kuzatadi,  o‘zini  ularga  moyil  qilib  ko‘rsatadi.
Rostov  yaqinidagi bekatlardan  birida  Kravchenko Zoyaning qarmog‘iga ilinadi. Tanishuvdan keyin uni  o‘rmonga  taklif  etadi. Zoya  qarasa,  bu  odamda  ular  izlayotgan  qotilning  hamma  alomatlari  bor: tatuirovka  qilingan  qulida  diplomat, gapga  chechan, xushqomat.  Ular  ancha  ichkari  kirishadi.  Kravchenko bu  xushraftor,  oqtomoq  va  arzon  o‘ynashning uyoq–buyog‘ini  ushlash payida bo‘ladi. Zoya  esa  nuqul  chap berib  bo‘lar–bo‘lmas  narsalarni so‘rayveradi. Shunisi  g‘alatiki, bu  javoblar  ham  qiz  kutganday  bo‘lib chiqaveradi.  Ezmalik  joniga  tegadi,  shekili.
Anatoliy qizga  tashlanib, uni  ostiga  oladi. (Erkakchilik: g‘unajin  ko‘zini  suzmasa,  buqa  ipini  uzmaydi). Ehtiyot choralarini  ko‘rib  quygan Zoya  uni tepib  yuborib, o‘rnidan turadi va  raqibiga to‘pponcha to‘g‘rilaydi! Keyin  ratsiya  bilan  sheriklarini  chaqiradi.
Tekshirib  ko‘rishsa, Kravchenko  Rostovda tug‘ilgan,  avval  ayol  kishini  zo‘rlagani  uchun  qamalib  chiqqan,  hech  yerda  ishlamaydi.    
Kravchenko  bir  oygacha  hech  nimani  bo‘yniga olmaydi. Keyin  gardaniga  qo‘yishadi. U  bir  emas,  olti  xotin–qizni  o‘ldirganini  yozib  beradi. Gazetalar ashaddiy qotil  qo‘lga tushganligi haqida  shov-shuv  ko‘ta-
rishadi.
Sudda  u tag‘in tonadi,  ammo jabrdiydalarning  darg‘alab  qavmlari, ulardan  sovg‘ayu  mukofotlar   olib  qo‘ygan  tergovchilar  hamma  vositalarni  ishga  solib.  uni  otib  tashlashni  talab  qilishaveradi, Sud  uni otib o‘ldirish haqida hukm  chiqaradi.Tag‘in  xatoga  yo‘l  quyishdan  cho‘chigan jinoyat  kodeksining  daqqoq  kalamushlari  hukm  ijrosini  uch  oyga  cho‘zishadi.
Men insonni  otib  o‘ldirish  kaltabinlik ekanligini  ta’kidlashdan  oldin  tag‘in  bir  ayanchli  voqea  xususida  so‘z  yuritmoqchiman.    
1990  yilda  Chikatilo  qo‘lga  olingandan keyin, izquvarlar  guruhi ustma–ust qo‘pol  xatolar  qilganiga  ishonch  hosil  etgach, vijdon  azobidanmi  yoki  boshqa  sababdanmi  Lvov  shahriga – Kravchenkoning  onasinikiga  borishadi.  «Marina  Nikiforovna bizni  kechiring, deyishadi, xato  kilibmiz,  o‘g‘lingiz begunoh  ekan.  Behudaga  otilibdi…»    «Anatoliyni  otishdimi»  quloqlariga  ishonmay  so‘raydi  kampir.
Ayon  bo‘lishicha,  uning  qatl  etilganini  kampirdan yashirib  yurishgan ekan. Boyaqish  g‘ayritabiiy  tarzda  faryod  chekadi-yu,  yuragini  changallab  yiqiladi.  Nachora,  inson  qalbi  g‘aladon  emaski,  hamma  narsani  sig‘diraversa…    
Tag‘in:  Kravchenko  qo‘lga  olingach, qizlari singillari  o‘ldirilgan  alamzadalar  al  qasosu, minal  haq  deya  bosh  ko‘taradilar. Familiyasi  Kravchenko  bo‘lgan  oilalar,  odamlar  ikki  kunda  shaharni
tark  etishga  majbur  bo‘ladilar.
Men  nohaq  nobud  bo‘lgan  Volodyani, Anatoliy ni  eslasam,  rahmatli  buvimning mahzun  allalari  yodimga  tushadi.
Balolardan,  qazolardan  alhazar!
Noxush,  noxush  sazolardan  alhazar!
Ostonamni  omon  saqla  o‘zginang,   
Nohaq  tuhmat,                         
Jazolardan  alhazar!
Alhazar – o
Alhazar – o  
Alhazar…
1986  yil,  ya’ni  Kravchenko  qatl   etilgandan  ikki  oy  o‘tgach   Toshkentning  aeroport  rayonida  (hujjatlarda  shunday  deb  qayd  etilgan) o‘rta  yoshdagi ayolning  jasadi  topildi. Aynan  bug‘ilgan, zo‘rlan –gan,  yuragiga  pichoq  sanchilgan,  mamasi  tishlangan.  Keyin  Olmaotada…                   
Voy,  ablah!
Naqadar  noo‘ng‘aylik!
Demak, tantanalar  ancha erga  nishonlangan ekan. «O‘rmon» operatsiyasini  davom  ettirishdan  o‘zga chora  yo‘k.
Kim  u olchoq?! Qanday qilib qo‘lga olish kerak,  arvoh  urgurni?    
Shundan  keyin  ham  u  to‘rt  yil  davomida
Kostoyev  guruhini ( boshqalarni  ham )  tahlikaga  solib,  qaqshatib  yurdi.  Turli  shaharlarda  qizlar, ayollarning  qonga  bo‘langan  jasadlari  topilaverdi.  Shubhaga  olingan  o‘nlab  kishilar  qamoqqa  tashlanadilar.
1990 yilga kelib,  nogahonda Chikatilo ham shubha  bilan, tasodifan  qo‘lga  tushadi. Qotil  elekr poyezdidan  daydi  ayolni tushib  qolishini  talab  etadi,  lekin  u ko‘nmaydi. Buni  kuzatib  turgan  izquvarlar  ikkalasini  ham  olib  ketishadi.  Chikatiloning  vizitkasidan  o‘tkir  pichoq  va  chilvir  chiqadi. Ayolni  o‘rmon  sayriga  taklif  etganini  buyniga  oladi.  Uni  rosa  so‘roq  qilib,  pichoqqa  ilinadigan  gap  chiqarisholmaydi.  Javob  berib  yuborgandan  keyin  sanchiklab   o‘rganishsa,  aynan  jasadlar  topilgan  Kiyev,  Leningrad,  Toshkent, Almati  shaharlariga  idora  tomonidan  komandirovka  qilingan  ekan.
Qayta  tutib,  siquvga  olishadi.  Zo‘r  kelgach,  gardaniga  oladi  va  isbotlab  beradi.
Qonun  posbonlari  tag‘in  adashishmadimikin?
Yo‘q, bu  gal  ular  aynan  qo‘li  qon  qotilning hiqildog‘idan  tutishgan  edi.  Uzoq  davom  etgan  savol- javob,  tahdid,  aldam–qaldamlardan  keyin  qirq
xotin–qizni  o‘ldirgan,  degan  aybnomaga  o‘zi tuzatish  kiritadi. Ya’ni, 53 ( ellik  uch! )  kishini  aspalasopinga  jo‘natganini  yozib  beradi.  Isbot  uchun  izquvarlar  bilan  borib,  o‘rmonlarda  ko‘milgan  yoki suyaklarigina  qolgan  jasadlarni  ko‘rsatadi.
Hammasi  shu!
Yo‘q, hammasi shu emas. Men bu hikoyani O‘zbekistonda o‘lim jazosi bekor qilinishidan ilgari yozgan edim.”Paxta ishi” bilan nohaq o‘lim jazosiga hukm etilgan vatandoshlarning qismatlari haqida qalam tebratgandim.
Hikoyaning qolgan qismini o‘chirib tashladim.