Muhammad Ziyo. Muallim (hikoya)

Qishning kuni bir tutam. Birpasda namozshomu keyin zimiston. Tuman tushsa, tomosha bo‘ladi. Yomg‘irdan so‘ng qishloq yo‘llarining abjag‘i chiqadi. Chiroq tez-tez o‘chib turadigan qishki kechalarda bir amallab maktabdan uyga omon-eson yetib olishim kerak. Ana shunaqa paytlarda ko‘cha chetidagi yolg‘izoyoq so‘qmoqdan tusmollab davomi…

Muhammad Ziyo. Azizalar (hikoya)

O‘shanda poyezd bir maromda allalab, tong va manzil sari yaqinlashtirardi. O‘qishga kirganimdan o‘zimda yo‘q xursand edim. Bu shaharga ikkinchi marotaba kelishim edi, avval amakim bilan imtihon topshirish paytida kelganmiz.Vokzaldan chiqqandan so‘ng o‘ng tomondagi yo‘lakdan bekatga, u yerdan o‘n yettinchi avtobusning davomi…

Muhammad Ziyo. Tush (hikoya)

Bu tog‘mi? Balandlikmi? Buning umuman qizig‘i yo‘q, muhim ham emas. Shu yoqqa chiqish kerak. Tamom-vassalom. Tirmashganlar ko‘p, bolalaru chollar, juvonu kampirlar, yigit-qizlarniyu asti gapirmang. Hammasi o‘sha yoqqa, nima bor u yoqda, bilmayman. Lekin men ham orta qolmay deb yuqoriga, yuqoriga davomi…

Muhammad Ziyo. Anglash (hikoya)

Mana, Vatan oldidagi yigitlik burchimini o‘tab kelganimga ham bir oylar bo‘ldi. Xizmatdoshlarim bilan o‘qishga kirish uchun beriladigan imtiyozni qo‘lga kiritganimizda va’dalashganday yana uch kundan so‘ng shaharda repetitornikida uchrashamiz. Mening esa sira borgim yo‘q. Sababi… To‘g‘risi, sababini bilmayman. Balki buning boisi davomi…

Muhammad Ziyo. Gul va Ziyo (hikoya)

Masofalar Marg‘ibdan Mashriqqacha, masofalar yer bilan osmoncha, masofalar muhabbatdan nafratgacha, masofalar qayg‘udan shodlikkacha, masofalar visoldan hijrongacha, masofalar zimistondan ziyogacha, masofalar xasdan gulgacha, masofalar tutqunlikdan erkgacha, masofalar  hayotdan mamotgacha, masofalar… Masofalar hadsiz-hududsiz… Masofalar million yillik yorug‘lik tezligidan chorak soniyalargacha… Biz shunchalar davomi…

Muhammad Ziyo. Yo‘l (hikoya)

Haqiqiy yo‘l yuqorida emas, aksincha shundoqqina yer ustiga tortilgan dordan o‘tadi. Bu yo‘l odimlashga emas, balki hamisha qoqilish uchun mo‘ljallanganga o‘xshaydi.Frants KAFKA Kechasi bilan yog‘ib chiqqan yomg‘ir bomdodga borib tindi. Havo biram yengilki, hatto biroz isitmalab turgan bo‘lsam-da his qildim. davomi…


Maqolalar mundarijasi