Jo‘ra Fozil. Sog‘inch (hikoya)

Karomat buvi saksondan oshganiga qaramay, hamon chaqqon edi. Qishloq  to‘y-ma’rakalarini batartib, ortiqcha dabdabasiz o‘tkazar, mehmonlar ham, mezbonlar ham undan rozi bo‘lishardi. Momo asfalt yo‘lning ikki tomoni yoqalagan qishloqning barcha yosh-yalang, qari-qartang, xotin-xalajiga “oliy bosh qo‘mondon”, so‘ziga itoatda edi. Kayvoni o‘zining katta oilasi, nevara-evaralaridan ortib, ular uchun vaqt davomi…

Jo‘ra Fozil. Yaqin-yiroqlar (hikoya)

Olis-olislarda salobatli tog‘lar ko‘lankasi ko‘zga tashlanar, aqrab quyuq daraxtzorlarda xazon yaproqlardan gulxanlar yoqar, chuqur sukutdagi mo‘ysafid cho‘qqilar tomondan katta karvondek og‘ir bulutlar bostirib kelmoqda edi. Izg‘irin shamol esar, huvillagan bog‘lar ichkarisidan rutubat hidi anqir, qo‘rg‘oshinrang osmondan ko‘z uzolmay turgan Mahkamning davomi…

Jo‘ra Fozil. Xongul (qissa)

I Bu yerlar Buxoro zaminining adog‘i… Tiramoh. Daryo nuqradek yaltirab, malla barxanlar, qalin to‘qaylar, tillarang qamishzorlar ko‘ksini chok-chok etib, kuz suvlarini uzoq-uzoqlarga haydaydi. Endi u qoni jo‘sh urib, bosar-tusarini bilmay qolgan yigitga emas, vazmin, o‘rtayashar kishiga o‘xshab ketadi. Sohil ranglar davomi…

Jo‘ra Fozil. Bayramning rangi (hikoya)

Bayram tongi edi. Uning hayot talato‘plaridan ozurda ko‘nglida qandaydir iliqlik, mo‘jazgina bir nur bor ediyu, lekin bu bolalik, yoshlik paytlaridagi xursandliklarga sira o‘xshamas, allaqanday g‘am, anduhga yo‘g‘rilgandi.Oldingi bayramlar juda g‘aroyib, bu kunlarni u juda zoriqib kutar, evaziga bir olam shodlik davomi…

Jo‘ra Fozil. Bolalik bog‘lari (hikoya)

— Abdujabbor, anjir yeydigan yo‘lbarslarni ko‘rganmisan?— Qorni ochqasa yeyversa kerak.— Shu bog‘laringda yuraversak, hech kim “g‘ing” demasa… * * *Bog‘lar ham o‘z tomirdoshlarini yo‘qlaydilar. Bir tup cho‘p ungan maydon bog‘ni tusab o‘tarmish. Bog‘ o‘rnida bino bo‘lgan har daraxtning ildizi xotiralarga davomi…

Jo‘ra Fozil. Yaxshilar (hikoya)

U ulug‘ daryo sohilidagi mangu bahor mamlakatida qishni, qorni sog‘inib, odamlarga yaxshilik qilish orzusida yashardi. Yuragida yaxshilikka tashnalik hissi juda kuchli edi, shu bois Yangi yil arafasida orzularini haqiqatga aylantirmoqchi bo‘ldi.Qorni och, boshi aylanardi. Bandargohdagi bir qahvaxonaga kirdi, taomnomaga uzoq davomi…


Maqolalar mundarijasi