Farid Usmon. Yuk (hikoya)

Uning qiyofasi hayotda bor odamlarning qiyofasidan uncha farq qilmaydi. Lekin o‘ziga xos jihatlari ham bor. Juda keksa bo‘lmasa-da, yoshi bir joyga borib qolgan odamlarga o‘xshab ketadi. Hayot mashaqqatlari uni g‘ijimlab tashlagan. Oriq jismiga monand yelkalari uni yanada ozg‘in ko‘rsatadi. Katak, davomi…

Farid Usmon. Ko‘nikish (qatra)

Yangalar ketishdi. Kelin bugun ertalab hovliga o‘zi tanho chiqdi. Hayhotday begona hovliga sinchkovlik bilan ko‘z yugurtirdi. O‘rtasidan bir ariq suv shovullab oqib yotgan hovli shu qadar keng ediki, hayron qoldi. Etakda bostirma. Bostirma tagida tandir, tandir yonida qo‘sh o‘choq.Kelin shularni davomi…

Farid Usmon. Qabziyat (qatra)

Katta yo‘l bo‘yidagi soya joyga oppoq “Neksiya” to‘xtab, undan ellik yoshlar chamasidagi ikki og‘ayni tushdi. Ular gulzor yoqalab markaziy xiyobonga o‘tishdi. Zamonaviy binolar, rangin toshyo‘laklar, viqorli ganch-ustunlarni ko‘rib bahri-dillari ochildi. Hali odamlar to‘ldirib ulgurmagan yo‘laklarda, quyoshning nimjon nurlarida, ikki tomonda davomi…

Farid Usmon. Bir piyola suv (qatra)

Chol qotib ketgan bolishga tirsagini tirab o‘tirdi. Oyoqlarini ko‘rpachadan chiqarib uzatarkan, chuqur “uh” tortdi. Qo‘li bilan paypaslab, ko‘rpacha tagiga qistirilgan dastro‘molni olib, yoshlangan nursiz ko‘zlarini artdi. Paxmoq soqolini silar ekan, ko‘ngli o‘rtanayotganini his qildi. Ko‘z oldiga muzdekkina, qip-qizil bir tilik davomi…

Farid Usmon. Sigareta (hikoya)

Yigitning qaddi qomati kelishgan. Yelkalari tekis. Bo‘yinlari to‘la. Yuzlari oqishdan kelgan. Bosh yalang. Oppoq chehrasiga yarashib turgan qirtishlanmagan soqollari yuziga munosib, ko‘rgan odamning g‘ashini keltirmaydi. Egnida oppoq futbolka. Juda ham oppoq. Uning oppoqligini kiyib olgan qora shalvari yana ham bo‘rttirib davomi…

Farid Usmon. Iblisning qaytishi (hikoya)

O‘sha voqeaga ham mana yuz yildan o‘tibdi. Aytishga oson. Koinot uchun bir daqiqaday kechgan bo‘lsada, insoniyat ko‘p-azob uqubatlarni boshidan o‘tkazgan davr…Iblis bundan yuz yil avval Maksim Gorkiyning “Hayotning xo‘jayinlari” nomli hikoyasida kelgan edi. Unda “yur men bilan” deb odamga murojaat davomi…


Maqolalar mundarijasi