Dadaxon Nuriyning ilk asari — «Oqshom qo‘shiqlari» lirik qissasini kitobxonlar iliq kutib olgan edi. Uning «Begona» deb atalgan ikkinchi qissasi Abdulla Qahhorday talabchan adib diqqatini o‘ziga tortgan, uning tavsiyasi bilan «Sharq yulduzi» jurnalida e’lon qilingan, so‘ngra alohida kitob bo‘lib bosilib chiqqan.
Diqqatingizga havola etilayotgan roman, qissa va hikoyalar ham o‘ylaymizki, o‘z o‘quvchilarini albatta topadi.