Anvar Namozov. Jumboq (hikoya)

U ertalab uyg‘onib, o‘zining qayerdaligini ham anglay olmadi. Biroz kulimsirab yotdi. Negadir kayfiyati juda yaxshi edi. Garchand ushbu hujra kichkina, ko‘rimsiz bo‘lsa-da, unga keng, go‘zal ko‘rindi. O‘rnidan turib, katalakdek ikkinchi xonaga kirdi. Keyin tashqaridan yorug‘lik tushib turgan derazaga yaqin bordi. davomi…

Anvar Namozov. Uchrashuv (qissadan parcha)

Faxriddin bilan uchrashdim. U Zinnura aytib berganidek, jingalaksoch, biqqigina yigit ekan. Bir o‘zi kelishga qo‘rqqanmi, uchta og‘aynisini ergashtirib olibdi. Men uni avvaliga chetdan turib kuzatdim, so‘ng oddiy yo‘lovchilar kabi orqasidan yaqinlashdim-u, yelkasiga yengilgina bitta urdim. Faxriddin cho‘chib ketib, menga o‘girildi. davomi…

Anvar Namozov. “Pigurniya kataniya” (hajviya)

To‘ra bobo televizorda ko‘rsatilayotgan olimpiadaga tikilib o‘tirib, fe’li aynidi-qoldi. U urchiq yigirayotgan kampiriga o‘girildi:— Tur joyingdan. Menga anovi g‘ildiraklarni topib ber!— Nimani? — so‘radi Hamida buvi. — Qanaq g‘ildirak? Jimgina o‘tirsangiz bo‘lmaydimi, a?— Nabiralarning g‘ildiraklari bo‘lardi, esingdami? Tur!Kampir televizorga nazar davomi…

Anvar Namozov. Ovcharkalar (hajviya)

Qorovullik shtati qisqardi-yu… yo‘q, Zarif ota pensiyaga chiqdi-yu, uning shtati qisqardi. Nachora, bu xususiy korxona bo‘lsa, boshliq shu qarorga kelgandan keyin nima deyish mumkin? Ammo kompaniya binosidagi shuncha mol-mulk, ombordagi mahsulotlar uchun kim javob beradi? Aniqrog‘i, kunduz kunlari ulkan ombor davomi…

Anvar Namozov. Bir oqshom (hikoya)

Nogahonda eshik taqillab, er-xotin bir-biriga qarab olishdi. Axir, hech kimni kutmaganlaridan ke­yin ko‘ngilga xavotir oralaydi-da! Ijara haqi yaqinda to‘langan, uchastka noziri bilan ham allaqachon kelishib qo‘yilgan. Qishloqdan tashrif buyuradiganlar kelgan, desang, ular telefon orqali avval ogohlantirib qo‘yishardi.Aksiga olib, bu eshikning davomi…


Maqolalar mundarijasi