Alinazar Egamnazarov. Haq so‘z qadri (1990)

Bir kun tushlikka tandir somsa yegimiz keldi. Uch hamkasb trolleybusga o‘tirib, Toshkentdagi «Anhor» kafesiga bordik. Ko‘chadagi somsalar, odatda, har xil bo‘ladi: biri sergo‘shtroq, ikkinchisida piyozi ko‘prog‘u, go‘shti kamroq. Lekin biz bu gal yegan somsa antiqa ekan: unda umuman go‘sht yo‘q, ichi to‘la piyoz edi. Ko‘rmagan odam ishonmasligi mumkin, lekin bu haqiqat. Shu kuni biz somsa yemadik, somsa — bizni yedi. Kafe direktoriga murojaat qilmoqchi bo‘ldik, u esa shu kuni ishga kelmagan ekan. Taklif va shikoyatlar daftarini so‘radik. Uni ham topib berisholmadi. Noiloj, ortimizga qaytdik. Yo‘l-yo‘lakay shahar umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi diyonatsizliklar haqida birimiz olib, birimiz qo‘yib, gapirib keldik. Bu haqda tahririyatimizdagi kundalik yig‘ilishda ham so‘z ochdik, oshxonalar faoliyati xususida biron-bir reyd uyushtirishni taklif qildik. Buni qarangki, ikki kundan keyin xuddi o‘sha «Anhor» kafesi xo‘randalaridan shikoyat xati kelib qoldi.

Reydga tahririyatning jamoatchi muxbirlari bo‘lgan ilg‘or ishchilar, ziyolilar jalb etildi. Puxta tayyorgarlik va g‘oyat darajada ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilgan reyddan so‘ng «Oshxonadagi qalloblar» sarlavhali tanqidiy maqola dunyoga kelib, u 1982 yil 28 avgustda «Toshkent oqshomi» va «Vecherniy Tashkent» gazetalarida bosilib chiqdi.

Bu paytda turg‘unlik davrining «muzi» hali ko‘chmagandi. Maqola e’lon qilingan kunning ertasiga tahririyatga Toshkent shahar ijroiya komiteti umumiy ovqatlanish Bosh boshqarmasining o‘sha paytdagi boshlig‘i R. Yu. O‘rozboyev kirib keldi. «Meni tamom qilibsizlar-ku!» — dedi u o‘rindiqqa o‘tirishga ulgurmay. Biz esa undan umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi rasvogarchiliklarning sabablarini so‘radik. U kishi ham to‘lib yurgan ekan, bor gapni rostgo‘ylik bilan ayta boshladi.

— Ishonasizlarmi, — dedi u, — qo‘l ostimdagi korxonalarda qirq ming odam ishlaydi. Lekin hatto eng kichik kafe yoki oshxonaning boshlig‘ini ham o‘zimcha ishdan bo‘shatolmayman. Agar bo‘shatguday bo‘lsam, ertasi kuniyoq qo‘ng‘iroqlar boshlanadi. Ishga hatto Markaziy Qo‘mita xodimlari ham aralashishadi. Rostini aytsam, har bir savdo nuqtasini norasmiy «otaliqqa olgan»lar bor. Ular hamisha mening mustaqil ish yuritishimga xalaqit qilishadi. O‘sha «otaliqqa olgan»larning to‘y-ma’rakasi bo‘lsa, bizning xodimlar «qamishdan bel bog‘lab» xizmat qilishadi…

Oradan bir oz vaqt o‘tgach, shaharda non savdosi ahvolini o‘rganish bo‘yicha reyd o‘tkazdik. Reydga shahar xalq nazorati qo‘mitasidan, shahar savdo-taftish idorasidan, respublika Savdo vazirligining mahsulot sifatini nazorat qiluvchi boshqarmasidan, xullas, bu ishga ozmi-ko‘pmi daxli bo‘lgan barcha tashkilotlardan odamlar jalb qildik. Uch kun davom etgan reydga men boshchilik qildim. Mahsulot non zavodidan chiqib, xaridorning qo‘liga yetguncha bo‘lgan butun jarayonni nazoratdan o‘tkazdik. 120 ta magazinda oldi-sotdi qildik, 70 marta haqimizdan urib qolishdi. Savdo xodimlari 10 tiyindan 35 tiyingacha o‘z foydalariga «adashishdi». Qizig‘i shundaki, savdo qoidasini buzish hollari, asosan, birinchi kuni aniqlandi. Ertasi kuni esa bu hodisa keskin kamaydi. Uchinchi kuni deyarli hech qanday qoidaga xilof ishlar aniqlanmadi. Shunda bir narsa mening e’tiborimni tortdi. Magazinlarda xaridor haqidan urib qolish hollari aniqlanib, akt tuzayotganimizda darrov magazin mudirlari o‘rtaga tushib, yolvora boshlashardi, «kelishish»ni, ishni bir gal «yopdi-yopdi» qilib ketishnn iltimos qilishardi. Shunda yonimdagilar — savdo qonun-qoidalariga rioya qilish uchun kurash olib borish bevosita burchi bo‘lgan kishilar iltimosga moyil bo‘lgandek, menga mo‘ltirab qarashardi…

Sobiq sho‘ro tuzumi davrida gazetada ishlagan paytlarimda shunga o‘xshash anchagina voqealarning guvohi bo‘lganman. Shularning ta’sirida kaminada jamiyatda bir qatlam yuzaga keldi, u xalqni talash, taraqqiyot yo‘lnnn to‘sish bilan shug‘ullanyapti, Brejnevning «rivojlangan sotsializm»i suvi oqmaydigan hovuzday ko‘karib, sasiy boshlayapti, degan fikr paydo bo‘lgandi. Hozir bu qatlamni boshi bilan dumining oralig‘i qanchaligi noma’lum bo‘lgan o‘ta beso‘naqay byurokratlashgan apparat yoki «idoraviy monopoliya» deb atashyapti. Atoqli yozuvchi Chingiz Aytmatov bu haqda fikr yuritib shunday dedi: «Biz bo‘lmag‘ur yutuqlarimizni aqlsizlarcha ko‘pirtirib targ‘ib qilganimiz va ijtimoiy jizzakligimiz natijasida jahondagi eng ilg‘or kuch ham, eng taraqqiyparvar tuzum ham bizniki deb da’vo qilaverganimiz tufayli afsonaviy maxluq dunyoga keldi, unga biz «idoraviy monopoliya» deb nom berishimiz mumkin. Nazarimda bunday xulosani tarixiy, ijtimoiy, ilmiy jihatdan nihoyatda sinchkovlik bilan tahlil qilishimiz darkor, shundagina buning nechog‘li xavfli ekanini va u hozir nechog‘li zo‘r reaktsion qudratga ega ekanini his qilishimiz, ko‘rishimiz, imon keltirishimiz mumkin».

Hozirgi butun qayta qurish siyosati boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulining mevasi bo‘lgan mana shu «afsonaviy maxluq»ning qarshiligini sindirishga qaratilyapt. Ammo zskilik yangilikka osonlikcha yo‘l bermasliginn bugungi hayot ko‘rsatyapti.

Hozir mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarda tub o‘zgarishlar yasash, rahbarlikda ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan qat’iy voz kechish, qishloqda fan-texnika taraqqiyotini, ijtimoiy rivojlanishni ko‘zda tutadigan, qishloq xo‘jaligpda oila pudrati va ijarachilik usuliga o‘tish, dehqonni yerning haqiqiy sohibiga aylantirish siyosati amalga oshirilyapti. Lekin bu ish joylarda oson ko‘chayotgani yo‘q. Yaqinda oldimga namanganlik bnr hamkasb do‘stim keldi. Undan viloyatda oila pudrati va ijarachilik usuliga o‘tish qanday borayotganliginn so‘rab-surishtirdim.

— Rahbarlar og‘izda bu yangilikni ma’qullashyapti, — dedi u. — Aslida esa bu ishning amalga oshuviga pinhona qarshilik ko‘rsatishyapti.

— Nega?

— Sababi, ular yerni yoki qora molni ijaraga bersalar, dehqondan nari borsa bir marta, u ham bo‘lsa, yer yoki qoramol taqsimlanayotganda pora olishlari mumkin. Agar ish eski usulda davom etsa, xo‘jalikni yil bo‘yi «sog‘ib ichishlari» mumkin…

* * *

1980 yil mart oyida tahririyat yumushi bilan Yangiyo‘ldagi O‘rta Osiyo mashina sinash stantsiyasida bo‘lgandim. Stantsiya boshlig‘i bilan suhbatlashib o‘tirganimizda, xonaga o‘rta bo‘yli, ozg‘in bir kishi kirib keldi. Uning qiyofasi tanish edi.

— Tanishinglar, bu kishi tajribali sinovchi-mexanizatorimiz, Sotsialistik Mehnat Qahramoni Valentin Tyupko bo‘ladilar.

Shundan keyingina men ro‘paramdagi odamning qiyofasi menga gazeta va jurnallar, televizor ekrani orqali tanish ekanligini esladim. Lekin keyingi paytda u negadir hech qayerda ko‘rinmasdi. Men shundan gap ochdim.

Meni qiziqtirgan savolga stantsiya boshlig‘i javob berdi:

— Bu kishi to‘g‘ri so‘zlik qilaman, deb do‘kaylarga yomon ko‘rinib qolganlar.

— Ey, gap buyoqda deng, nima bo‘luvdi?

— Bir kuni meni respublika Qompartiyasi Markaziy Qo‘mitasiga chaqirishdi. Tursunoy Oxunova, Mannop Jalolovlar ham o‘sha yerda ekan. Bizni Markaziy Qo‘mitaning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kotibi qabul qildi. U navbatdagi paxta yig‘im-terim mavsumi boshlanayotganlngi munosabati bilan ilg‘or mexanik-haydovchilar nomidan yozilgan «Respublikaning barcha mexanizatorlariga murojaatnoma»ni oldimizga qo‘yib, tanishib chiqib, imzo qo‘yishni buyurdi. Murojaatnomaning qisqacha mazmuni shunday edi: bu yilgi yig‘im-terim mavsumining alohida ahamiyatga egaligi, uni qisqa muddatda o‘tkazish uchun texpnka vositalaridan samarali foydalanish qay darajada zarurligi ta’kidlanib, har bir mexanizatorni «zangori kema»larning unumli ishlashini ta’minlab, mavsumda ming tonnadan paxta terishga da’vat etilgandi. Murojaatnomani o‘qib chiqdik. Kotib fikrimizni so‘radi.

— Bu hujjatda respublika mexanizatorlari oldiga bajarib bo‘lmaydigan vazifa qo‘yilibdi, buning ostiga imzo qo‘yolmayman, — dedim men.

Kotib: «Siz bunga nima deysiz?» degandek Mannop Jalolovga qaradi.

— Harakat qilsa, bir mavsumda ming tonna paxta terish mumkin. Mana, men o‘tgan yili terdim-ku? — dedi u.

— Sen bo‘lmag‘ur gapni gapirmagin, — dedim Jalolovga. — Sening qanday qilib ming tonna paxta terganingni yaxshi bilaman. Maktab o‘quvchilari darsdan qolib paxta terishadi-da, keyin ular tergan paxtani sening hisobingga o‘tkazishadi.

Mannop sal qizardi, lekin sir boy bermay, dedi:

— Nega menga tuhmat qilyapsiz? Ming tonnani o‘z kuchim bilan terganman. Nima, men mashinada paxta terayotganimda tepamda qarab turganmidingiz?!

— Tepangda qarab turmasam ham hammasi menga ayon. Men paxta terish mashinalarining sinovchisiman, ularning imkoniyatlarini besh qo‘lday bilaman.

Suhbatga Markaziy Qo‘mita kotibi aralashdi:

— Menga qarang, o‘rtoq Tyupko. Hukumat Sizning izzat-hurmatingizni joyiga qo‘yib, ko‘kragingizga Oltin Yulduz medalini taqib qo‘yibdi. Nega endi uning yo‘liga qarshi chpqyapsiz?!

— Tushunolmayapman, men hukumatning qaysi yo‘liga qarshi chiqibman?

— Biz mavsumda ming tonnadan paxta terish bo‘yicha respublika mexanizatorlarining sotsialistik musobaqasini tashkil etmoqchi bo‘lib turibmiz. Siz hozir shunga qarshi chiqyapsiz-ku?!

— Men soxta, tagi puch musobaqaning emas, haqiqiy sotsialistik musobaqaning tarafdoriman.

— Siz biz o‘ylagan odam emas ekansiz!..

Shundan kenin mening u yerda o‘tirishimga hojat qolmadp.

— Kechirasizlar, sizlarga xalaqit bermay, bo‘lmasa,— dedim-da, xonadan chiqib ketdim. Uyga ta’bim xira bo‘lib qaytdim.

Ertasi Yangiyo‘l tumann markazida qishloq xo‘jaligi xodimlarining yig‘ilishi bor edi. O‘sha yig‘ilishga bordim. Raykom binosi oldida odamlar to‘planib turishgai eqan. «Kommunizm» kolxozining raisi Mahmud Ismatov meni uzoqdan ko‘rinb, imlab chaqirdi. U qo‘lida «Sovet O‘zbekistoni» gazetasining yangi sonini tutib turardi.

— Valentin, — dedi Mahmud aka men bilan salom-alik qilgach.— Men seni esli-hushli, bama’ni yigit hisoblayman. Sendan bir narsani so‘ramoqchimiz: muxbirlar nomingdan maqola yozsa, unga qo‘l qo‘yishdan avval o‘qib, mag‘zini chaqib ko‘rasanmi?

— O‘qib ko‘raman.

— Unday bo‘lsa, nega mana bu murojaatnoma ostiga imzo chekding?! Bu ikki dunyoda ham bo‘lmaydigan savdo-ku?

Mahmud aka qo‘limga «Sovet O‘zbekistoni» gazetasini tutqazdi. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, uning birinchi betida kecha men Markaziy Qo‘mitada o‘qigan, lekin imzo chekmaganim Murojaatnoma yirik harflar bilan bosilgandi, ostida mening familiyam ham turardi. Men yonimdagilarga kecha bo‘lgan voqeani gapirib berdim. Lekin ular so‘zlarimga ishonqirashmadi.

Shundan beri mening oldimga jurnalist zoti kelmaydi. Mening ham ular bilan uchrashishga uncha ishtiyoqim yo‘q. Faqir kishi panada, deb eski vazifamni bajarib yuribman.

* * *

1959 yilning bahorida respublika jurnalistlarining Birinchi ta’sis s’ezdi bo‘lgan. Hozirgi «Bahor» kontsert zalida o‘tgan bu s’ezdda men Toshkent viloyati Qorasuv tuman gazetasi — «Lenin yo‘li»ning shtatsiz muxbiri sifatida qatnashganman. Mazkur anjumanda respublika rahbarlarining deyarli hammasi qatnashgan. KPSS Markaziy Komiteti targ‘ibot bo‘limi mudiri o‘rinbosari Romanov (ismi yodimdan ko‘tarildi) katta nutq so‘zlab, respublika gazeta va jurnallarida bosilayotgan materiallarning badiiy-siyosiy saviyasi, mavzulari xususida ancha batafsil gapirgai. «Bu qanday gap, — degandi u, — respublikaning qaysi gazeta va jurnalini varaqlasangiz Tursunoy Oxunovaning rasmiga, u haqda yozilgan maqola yoki ocherkka ko‘zingiz tushadi. Nima, respublika jurnalistlariga Tursunoy Oxunovadan bo‘lak (notiqning Tursunoy deyishga tili kelishmay, Tarsanoy degani ham yodimda) mexanizator, undan bo‘lak Qahramon topilmay qoldimi? Axir, har bir kishi haqida yozishning ma’lum me’yori bo‘lnshi kerak. Bunday qilaverish u singari boshqa mehnatkashlarning g‘ashini, keltirishi, izzat-nafsiga tegishi mumkin-ku?»

S’ezd ham tugadi. Lekin Tursunoy Oxunovaning tanish qiyofasi yana gazeta va jurnallarda, televizor ekranlarida tez-tez paydo bo‘laverdi. Hech yodimdan chiqmaydi, matbuotda yozuvchi Aleksandr Soljenitsinga qarshi targ‘ibotchilik boshlanganda ham Tursunoy Oxunovaning maqolasi berilgan. U Soljenitsinning familiyasi o‘zagi «lgat» (aldamoq) so‘zidan olingan, bunday familiyali yozuvchi haqqoniy asar yozishi mumkin emas, degan mazmundagi gapni aytgan. Shunda men «Ivan Deshtsovichning bir kuni» nomli dastlabki asari bilanoq juda mashhur bo‘lib ketgan bu iste’dodli yozuvchining asarini Tursunoy Oxunova jilla qursa qo‘lida ushlab ko‘rganmikan, deb o‘ylab qoldim.

Respublika matbuotida Tursunoy Oxunovaning mexanizatorlik faoliyati to‘g‘risida shov-shuv gaplarga zo‘r berilayotganda, buning sabablari haqida bir qalamkash sifatida men ham o‘ylaganman. Hatto bu haqda bir hurmatli muharrirga savol ham berganman. U: «Tursunoy Oxunova — Tursunoy Oxunova bo‘lgani uchun emas, balki siyosat uchun ko‘tar-ko‘tar qilinyapti. Bundan kutilgan maqsad esa o‘zbek xotin-qizlari o‘rtasida mexanizatorlik kasbiga qiziqishni kuchaytirishdir»,— degan edi.

Tursunoy Oxunova mexanizator ayollar bilan

Ushbu maqolani yozish uchun qo‘limga qalam olganimda bundan ancha yillar burun aytilgan mana shu fikr «lop» etib xayolimga qeldi. Beixtiyor Katta o‘zbek sovet entsiklopediyasini qo‘limga olib, qirq olti yoshida o‘pka raki kasaliga chalinib, vafot etgan bu mashhur ayol haqidagi ma’lumotga ko‘z yugurtirdim. «Oxunova Tursunoy 1937 yilda Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Eski Toshkent qishlog‘ida tug‘ilgan — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mexanizator, Mehnat Qahramoni (1959 y.), 1962 yildan firqa a’zosi… Toshkent viloyat Chinoz tumanidagi Kirov nomli kolxozda kolxozchi (1949—52 y.y.) «Paxta» MTSida mexanizator. Yana Kirov ismli kolxozda to‘la mexanizatsiyalashgan traktor-dalachilik brigadasi boshlig‘i va mexanik-haydovchi (1960 yildan). Xotin-qizlar orasida mexanik-haydovchilik kasbini egallash uchun boshlangan ommaviy harakatning tashabbuskori… Tik shtsindelli Paxta terish mashinasini ishlab chiqarishga joriy etishdagi xizmatlari uchun yuksak mukofot laureati (1967 y.)».

Entsiklopediyadagi bu ma’lumotda faqat bir fakt qayd etilmagan. Tursunoy Oxunova o‘limidan ikki-uch yil avval ikkinchi qahramonlik Oltin yulduziga sazovor bo‘lgan.

Darhaqiqat, keyingi 30—40 yil mobaynida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida Tursunoydek dovruqli odam bo‘lmagan. 60-yillarda respublikada xotin-qizlarni mexanizatorlik kasbiga jalb etish bo‘yicha olib borilgan siyosat oddiy o‘zbek oilasida o‘sib, voyaga yetgan shu ayol nomi bilan bog‘lanib, «tursunoychilik harakati» deb atalgan. O‘z davrida bu ayol haqida yozuvchilar kitoblar, shoirlar qo‘shiqlar yozishdi. O‘zbek xonadonida qiz tug‘ilsa, ismini Tursunoy qo‘yish rasm bo‘ldi.

Ma’lumki, siyosat o‘zgartiruvchi kuch bo‘la olish uchun jamiyatning moddiy rivoji ehtiyojlarini to‘g‘ri aks ettirmog‘i lozim. Xalqning tub manfaatlaridan kelib chiqmagan, jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv ehtiyojlariga zid ravishda tuzilgan siyosat har qanday tashkilotchilik va mafkuraviy ish bilan uzviy ravishda bog‘lab olib borilmasin, hech bir istiqbolga ega bo‘lmaydi. Yaqin o‘tmishimizdagi tursunoychilik harakati ham xalqning tub manfaatlariga zid, kaltabinlarcha siyosat edi. Shuning uchun ham uning istiqboli bo‘lmadi.

To‘g‘ri, Ikkinchi jahon urushi yillarida ham mamlakatda xotin-qizlarni mexanizatorlik kasbini egallashga da’vat bo‘lgan. Lekin bu ilojsizlikdan qilingandi, o‘sha paytda yigitlarning asosiy qismi frontlarda jang qilishayotgandi, qishloq xo‘jaligidagi barcha yumushlar xotin-qizlar, o‘smir bolalar, qari-qartanglarga qolgandi. 60-yillarda esa vaziyat boshqacha edi. To‘g‘ri, bu paytda ham yigitlar kolxoz va sozxozlardan ketib qolishayotgandi, dalalardagi og‘ir mehnat xotnn-qizlar va o‘quvchilar zimmasiga tushayotgandi. Lekin bu paytda yigitlar frontga emas, zavod va fabrikalarga, qurilishlarga ketib qola boshlashdi, oldi-sotdi bilan shug‘ullanishni odat qilishdi. Yonida qishloq xo‘jalik instituti, texnikumni bitirganlik haqidagi diplomi bilan gaz suv, somsa sotayotgan, oshxonalarda ta’minotchi bo‘lib ishlayotgan azamat yigitlar ko‘paydi. Nega shunday bo‘ldi? Sababi, paxtaga to‘lanadigan haq bilan tirikchilik qilish og‘ir bo‘lib qoldi. Biz esa bu xatoni tuzatish, texnikani azamat yigitlar qo‘liga topshirish o‘rniga xotin-qizlarimizni ilgarigidan ham og‘irroq mehnatga jalb etish siyosatini yurgizdik.

Xuddi tankday qo‘pol paxta terish mashinasini kun bo‘yi boshqarish qo‘lda yetmish-sakson kilogramm paxta terishdan oson, deb kim ayta oladi? Bunday mehnat har qanday baquvvat organizmni ham ishdan chiqarishi mumkin. Ayol organizmi esa ming-ming yillik evolyutsiya davomida yeigil ishlarga moslashgan, oiladagi og‘ir ishlarni bajarish o‘zbeklarda erkaklarning vazifasi hisoblangan. Shuning uchun ham bizda xotin-qizlarni o‘z oti bilan «zaifa»lar deb atashadi. Biz esa paxta deb mana shu yaxshi milliy an’anamizni ham unutdik, bu demak, xalqning teng yarmini tashkil etgan kishilar sog‘lig‘ini garovga qo‘ydik.

— Rossiya gazeta va jurnallarida ayollarni g‘alla o‘radigan kombayn haydovchiligi kasbini o‘rganishga da’vat etuvchi maqolalarni hech o‘qiganmisiz? — dedi biz bilan suhbatda respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi Akusherlik va ginekologiya instituti laboratoriya mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Galina Sergeevna Hojiboyeva. — Axir, g‘alla o‘radigan «Niva» kombayni bizning paxta teradigan mashinalarimizga nisbatan har tomonlama qulay, g‘allazorlarga pestitsidlar paxtazorga nisbatan bir necha baravar kam sepiladi-ku? Silkinish (vibratsiya)ning ayol organizmiga zarari tibbiyotga allaqachonoq ma’lum bo‘lgan haqiqatdir. Aynan shuning uchun ham Italiyada ayol kishining hatto tramvay haydovchilik kasbida ishlashi ham qonun bilan taqiqlangan. Biz esa ko‘p yillar davomida teskari siyosat yurgizib, o‘zbek xotin-qizlarini paxta terish kombayni haydovchisi kasbini egallashga da’vat etib keldik.

Paxta terish kombaynlaridagi kabinalar ilgari ham, hozir ham ayol mehnatiga qo‘yiladigan tibbiy talablar hisobga olinmay tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, bu mashinalardagi silkinishning yuqoriligi ayollarga xos kasallar paydo bo‘lish ehtimolini kuchaytiradi. Paxta terish kombaynlarini boshqarish hozir respublika qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilayotgan pestitsidlar ta’sirida ishlash bilan bog‘liqki, bu o‘z navbatida ayollarning bola tug‘ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Homilador ayollar mehnatiga qo‘yiladigan talab bo‘yicha, ayol uzluksiz yuk ko‘targanda, yukning o‘rtacha og‘irligi 1-2 kilogrammdan ortmasligi lozim. Paxta terish kombaynlari richaglarini tortish uchun sarflanadigan kuch esa homilador ayollar mehnatiga qo‘yiladigan tibbiy talablardan bir necha baravar yuqoridir.

Meni homylador paxtakor ayollarning taqdiri ham g‘oyat tashvishlantiradi, negaki, bizda homilador paxtakor ayollarni yengil ishga o‘tkazish haqidagi qonun hozirgacha ham yo‘q, paxtazorlarda esa ular mehnatidan foydalanish davom etmoqda. Ular pestitsidlar ta’sirida ishlab, kun bo‘yi belga etak bog‘lab paxta terishga, betinim egilib-bukilishga majbur bo‘lyaptilar. Bu omillar hech so‘zsiz ayolning ham, u tug‘adigan bolaning ham sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Respublikadagi xotin-qizlarning asosiy qismi paxtachilikda band ekanligini hisobga olib, homilador paxtakor ayollarni, xuddi xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida bo‘lgani singari, o‘rtacha ish haqlarini saqlagan holda nisbatan yengil ishlarga o‘tkazish masalasini qonunchilik yo‘li bilan darhol hal etish lozim deb hisoblayman.

Menimcha, paxta terish kombaynlarida ishlash ayol kishining emas, ko‘proq erkak kishining ishidir, chunki bu og‘ir mehnat bo‘lib, ayolning sog‘lig‘iga zarar yetkazishdan tashqari, uni dag‘allashtiradi, undagi iffatni yo‘qqa chiqaradi. Shuning uchun mexanizatorlik kasbida ishlayotgan ayollarning barchasini boshqa, o‘ziga mos ishlarga o‘tkazish kerak.

Mana, hozir Tursunoyday tabiatan sog‘lom, durkun o‘zbek ayolining qirq olti yoshida o‘pka raki kasaliga chalinib, bevaqt o‘lib ketishi u ishlagan defoliantli dalalar, texnika shovqini, chang, benzin, qoramoy hidi ta’siri emas, deb aytishga kim jur’at qila oladi?..

1990 yil.