Alisher Nazar. Rost so‘z ehtiyoji (2003)

Yaqinda shoir do‘stlardan biri o‘zini nufuzli deb biladigan gazetalarimizdan biriga turkum she’rlarini taqdim qilibdi. Bir payt shoirning “kasallik varaqasini” o‘qib chiqqan muharrirning qovog‘i uyulib: “She’rlaringi ancha tushkun. Siz vatan haqida she’r yozib keling”, – debdi… Xo‘sh, shunga nima qilibdi dersiz? davomi…

Alisher Nazar. Ehtiyot bo‘ling, muxbir! (2002)

Maqolani boshlayapman-u, taassufdaman. Bu mavzu Servantesning qo‘liga tushmadi-da. Tushganida “Don Kixot”ning ikkinchi tomi tayyor, deyavering edi. chunki, syujet tap-tayyor. Faqat Servantes kerak. Lekin Servantesning rahmatli bo‘lganiga besh asr bo‘lyapti-da. Esingizdadir, Don Kixot shamol tegirmonlari bilan rosa “jang” qiladi. O‘shanda xayol davomi…

Abducattor Jumanazar. Xactalik va malham (2011)

Qadimgi sharq qo‘lyozmalarida “jild” va “saylangan”, “tanlangan” (ya’ni muntaxab yoki intixob) ko‘rinishida atamalar uchraydi. Biroq ular bugungilaridan farq qiladi. Jild iborasi ko‘p hollarda yirik asarlarning bir necha tarkibiy qismlardan tashkil topganini ifodalash uchun “jildi avval”, “jildi duvvum”… shaklida ishlatilgan. Ayni davomi…

Hasan Qudratullayev. “…Hech kim Mir Alisher Navoiychalik javob yozolmagan” (2011)

“Boburnoma” va “Tarixi Rashidiy”da Navoiy siymosi Alisher Navoiyning shaxsiyati, asarlarining barkamolligi va yuksak badiiy salohiyati haqida uning hayoti davrida, ko‘p o‘tmay XVI asr adabiy, tarixiy asarlarida yuksak darajada fikrlar bildirilgan. Zahiriddin Boburning “Boburnoma”, “Aruz risolasi” va boshqa asarlarida Navoiyga oid davomi…