Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Haqqoniylik va yaxshilik tarafdorimiz” (1989)

— Muhtaram muftiy hazratlari, Siz O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining talabiga binoan ana shu obro‘li tashkilotga demokratik yo‘l bilan saylangan birinchi diniy rahbarsiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, Siz o‘z qavmlaringiz hayoti bilan yaqin tanishsiz, ularning kayfiyati va umidlarini payqab olasiz. Ularning davomi…

G‘afur G‘ulom. Talant va mahorat (1962)

Men yosh qalamkashlar haqida bir-ikki og‘iz so‘z aytishni ko‘pdan buyon o‘ylab yurgan edim. Kishi qarigan sari o‘rinbosarlar to‘g‘risida ko‘proq tashvish tortadigan bo‘lib qolar ekan. Axir, hamma kasbda bo‘lganidek, badiiy ijodda ham o‘rinbosarlar, merosxo‘rlar bo‘ladi, busiz adabiyot o‘smaydi. Men ijodkorlik zahmatini davomi…

Erkin Vohidov. Sergey Yesenin (1980)

Yoshlikda orttirilgan do‘st umrning ko‘rki, qalbning suyanchig‘i bo‘ladi. Kishi shodligini ham, dardini ham avvalo u bilan baham ko‘rgisi keladi, har gal uchrashganda bamisoli yoshlikning beg‘ubor olamiga qaytgandek bo‘ladi. Tasavvurimda Sergey Yesenin she’riyati mening shunday — yoshlik do‘stim. U bilan men davomi…

Abdulla Qahhor. Shijoat haqida (1963)

Agar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo‘lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi modda qilib qo‘yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol, naqadar shijoatli zehniga bog‘liqdir. San’at asarida yaxshini yaxshi deb odamlarga ibrat qilish, yomonni yomon deb odamlarni davomi…

Ochil Tog‘ayev. Iftixor (1988)

Toshkentda Navoiy dahosini ulug‘laydigan bir qancha yodgorliklar mavjud. Yirik markaziy ko‘chalardan biri Navoiy nomi bilan ataladi. Ko‘chaning naq ko‘kragida joylashgan shoirlar xiyobonida Navoiyning salobatli haykali qad ko‘targan. Butun bir xalq dardini yuragida jo qilgan, uning istiqboli haqida iztirob bilan o‘y davomi…