Rajabboy Raupov. Yurak sadosi (hikoyalar)

Rajabboy Raupov. Yurak sadosi. Hikoyalar. — Toshkent, «Yosh gvardiya», 1982.

Adabiyotimizga anchagina iste’dodli yoshlar kirib keldi. Biri shoir, biri prozaik… Eng muhimi — ular adabiyotni, uning vazifalarini yaxshi tushungan, ma’lumotli kishilar, yuragida aytadigan gapi bor kishilar.
Ana shunday yosh qalamkashlardan biri buxorolik Rajabboy Raupovdir. Men uning hikoyalarida oddiy hodisalarda jiddiy, ijtimoiy masalalar qo‘yishga intilish sezdim. Tabiat va inson munosabatlaridagi nozik mutanosiblikni me’yorida, shirali ifodalay oladi.
Rajabboy bir hikoyasida kishilarni tongni, nurni qarshilashga, birinchi bo‘lib ko‘rishga undaydi. Bu yaxshi niyat. Yosh qalamkash qalbida, hikoyalarida nur tug‘ilgan ekan, bu nur o‘quvchi xonadoni, dilini yoritishini istayman.

O‘lmas Umarbekov,
Hamza nomidagi respublika davlat mukofotining laureati.

MUNDARIJA

Qo‘shiq
Ertalabki nasiba
Yurak sadosi
Xayolimda uch kishi
Tashvishning ko‘zi bor