Mo‘jiza kitob: Bolalar uchun universal entsiklopediya. 3-jild

Mo‘jiza kitob: Bolalar uchun universal entsiklopediya. Uch jildlik. 3-jild (Tuzuvchi N. Nikolayeva) — Toshkent, «O‘zbekiston» nashriyoti, 1998.

«Mo‘jiza kitob» o‘ta noyob nashr hisoblanib, u bolalar uchun chiqarilgan avvalgi entsiklopediyalardan keskin farq qiladi. Kitobdagi barcha materiallar sodda na ommabop tilda ifodalangan bo‘lib, mavzu jihatidan turli bo‘limlarga ajratilgan. Shunisi e’tiborliki, kitobdagi ma’lumotlar muayyan tizim asosida bolaning dunyoni idrok qilish qobiliyatiga, yosh xususiyatlariga muvofiq tarzda tartiblangan. Undan maktabgacha yoshdagi bolalardan tortib o‘rta maktab o‘quvchilarigacha bemalol foydalanishlari mumkin.
Mazkur uch jildlik qomus bolalarning maktab dasturlarini o‘zlashtirishlari hamda o‘z bilimlarini har tomonlama oshirishlari uchun eng samarali omil bo‘lishi shubhasiz.