O‘zbek davlatchiligida muhim o‘rin tutgan Oltin O‘rdaning buyuk hukmdori O‘zbekxon xaqidagi o‘tkir syujetli, badiiy hujjatli sarguzasht asar.
Muallif o‘z oldiga qo‘ygan reja bo‘yicha Oltin O‘rda xaqida turkum tarixiy romanlar yozmoqchi edi. Ushbu o‘qiyotganingiz “Oltin O‘rda sirlari” nomli turkumning “O‘zbekxon” deb nomlangan asarining birinchi kitobidir. Asardagi voqealar Oltin O‘rdaning Qrim, Xorazm, Kavkaz uluslarida va uning Saroy Botu poytaxt shahrida, Misr va Shom o‘lkalarida shiddatli tarzda kechadi.
Asar o‘zbeklar tarixi bilan qiziqqan kitobxonlarning keng jamoatchiligi uchun mo‘ljallangan.