O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyo tarixshunosligining mo‘tabar manbalaridan biri, yirik muarrix va nozikta’b shoir Hofiz Tanish al-Buxoriy qalamiga mansub «Abdullanoma» («Sharafnomayi shohiy») asari asrimiz 50-yillarida marhum sharqshunos tarjimon Sodiq Mirzayev va sharqshunoslarning zalvorli mehnati evaziga xalqqa tanishtira boshlangan edi. Afsuski, Turkiston tarixining Shayboniylar hukmronligida kechgan XVI asrini deyarli to‘liq qamragan tarovatli asar nashri nihoyasiga yetmay qolgandi. O‘zbekiston olimlari va noshirlari hamkorlikda ishlab ushbu tarixiy asarni shartli ravishda ikki jildda, to‘rt qismda Siz aziz kitobxonlarga taqdim etishga jazm qildilar. Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanadi. «Abdullanoma»ning mazkur ikki jildlik nashri O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ishtirokida Xalqaro Amir Temur xayriya jamg‘armasida hamkorlikda qayta nashrga tayyorlandi.