Asad Dilmurod. Pahlavon Muhammad (roman)

Kitob nomi: Pahlavon Muhammad (roman)
Muallif: Asad Dilmurod
Nashriyot: Sharq
Yil: 2006
Mavzu: O‘zbek nasri
Sahifa: 432
Hajm: 14,7 Mb
Fayl: PDF
Manba: Ziyouz.com kutubxonasi

Saqlab olish

Asad Dilmurod. Pahlavon Muhammad: Roman. – T.: «Sharq», 2006, – 432 b.

Hurmatli mushtariylar!
Qo‘lingizdagi romanda Pahlavoni olam unvoni bilan shuhrat qozongan, Amir Alisher Navoiy bilan Sulton Husayn Boykaroning qiyomatlik do‘sti – ko‘ngil mahrami bo‘lgan, Alisher Navoiy «Holoti Pahlavon Muxammad» qasida-risolasida azhari minash-shams – quyoshdek nur sochuvchi zot, shamsul-millat – millat quyoshi deb ta’riflagan Pahlavon Muhammad Abusaid siymosi, botiniy va zohiriy dunyosi o‘z ifodasini topgan. Roman kompozitsiyasi va syujeti o‘tkir psixologik kurash va keskin to‘knashuvlar xamda ziddiyatlar asosiga qurilgan. Ya’ni, faqat kurash emas, ilmu xikmat maydonida ham kifti yer ko‘rmagan Pahlavon Muhammad XV asr Hirotiga xos murakkab ijtimoiy muhitda, nur va zulmat, vafo va xiyonat yonma-yon yashagan, toju taxt uchun qonli nizolar avjiga chiqqan sharoitda muntazam o‘zini anglash, ma’naviy va jismoniy komillikka erishish uchun intilgani, ruhiy qiynoqlar iskanjasida bukilmagani, adolat va oriyatga ko‘ksini qalqon qilib, jo‘mardlik, halimlik, sadoqat va ulusparvarlik ruknlariga sodiq qolgani batafsil tasvirlangan.