Dragan Lukich (1928-2006)

Dragan Lukich (Dragan Lukiћ; 30 noyabr, 1928 – 1 yanvar, 2006) – Serbiya bolalar shoiri.

YoMG‘IR YoG‘AR

Bulut o‘xshar mushukka,
Dumi cho‘zilgan tikka.
Bulut – uzun soqolli,
Bulut – ayg‘irday yolli.

Bulut –ulkan mayqo‘ng‘iz,
Ular soni ikki yuz.

Bulutlarga osmon tor,
Hech qayerga sig‘maydi.
Janjallashadi avval,
Keyin birga yig‘laydi.

Pastdagilar esa der:
– Qochib qol, yog‘ar yomg‘ir!

Rus tilidan Nurulloh Oston tarjimasi