Erl Berni (1904-1995)

rl Berni (Earle Birney) Kalgari shahrida tug‘ilgan. Yoshligi Bibliya va Robert Berns she’rlaridan ma’naviy oziqlanish bilan o‘tgan. Vankuver universitetida kimyo sanoati muhandisligi, ingliz adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha o‘qigan. “David” deb nomlangan ilk she’riy to‘plami 1942 yilda nashr qilingan. Shundan keyingi yillarda davomi…

Maykl Ondatje (1943)

Maykl Ondatje (Michael Ondaatje) – shoir, adib, rejissyor, fotograf. Shrilankada tug‘ilib, Angliyada voyaga yetgan, 19 yoshidan boshlab Kanadada yashaydi. 1971 yilda “Billi Kid asarlarning to‘plami” nomli she’riy kitobi Kanada General-gubernatori mukofotiga sazovor bo‘lgan. “Ingliz patsiyenti” nomli romani 1992 yil ekranlashtirilib, davomi…

Patrik Leyn (1939)

Patrik Leyn (Patrick Lane) – shoir, dramaturg, essenavis. 1966 yil ilk she’riy to‘plami – “Yovvoyi odamning xatlari” nashr bo‘lgunicha ko‘plab kasblarda ishlagan, yog‘och kesgan, qurilishda, tibbiyot sohasida xizmat qilgan, hisobchilik qilgan. 1978 yil nashr qilingan “Tanlangan she’rlar” to‘plami Kanada General-gubernatorining davomi…

Jo Rozenblatt (1933)

Jo Rozenblatt (Joe Rosenblatt) – Zamonaviy Kanada she’riyatidagi mashhur namoyandalardan biri. Uning she’rlari “Mushukka oid karton-qog‘ozlar”, “Lazzat bog‘i” kitoblarida chop etilgan. Shuningdek, u bolalarga atalgan kitoblarni, shoir do‘stlarining to‘plamlarini ham o‘zining suratlari bilan bezagan. * * * Idrokimning tashlandiq bog‘ida davomi…

Leonard Koen (1934-2016)

Leonard Koen (Leonard Cohen) – Kanadaning Uestmount shahrida tug‘ilgan. Shoir, yozuvchi, qo‘shiqchi (bard). 1951 yil Makchilla universitetini tugatgan. O‘zi yozgan she’rlarni ijro etish bilan shuhrat qozongan. “Gitler uchun gullar” (1964), “Mehribonlik kitobi” (1984), “Notanish odamning musiqasi” she’riy to‘plamlarining, “Sevimli o‘yin”, davomi…

Raymond Sauster (1921-2012)

Raymond Sauster (Raymond Souster) – Kanadaliklar eng ko‘p o‘qiydigan shoir. 1921 yil Toronto shahrida tug‘ilgan. Urush yillarida harbiy havo kuchlari safida, keyinchalik bank sohasida xizmat qilgan. She’riyatga 40-yillarning oxirida kirib keldi. “Yoshligimizda” (1946), “Uni, dunyo” (1947), “Tanlangan she’rlar” (1956), “Vaqt davomi…

Jo Uolles (1890-1975)

Jo Uolles (Joe Wallace) – ingliz tilida ijod qilgan kanadalik shoir, jamoat arbobi. “Hamma – mening do‘stlarim” (1953) , “Salom, singlim, assalom, uka!” (1956) kabi to‘plamlari bilan muxlislar orasida shuhrat qozongan. HAMON TUSh KO‘RYaPMAN… Tun – siymtan g‘oz, Tun – davomi…

Uilson Makdonald (1880-1967)

Uilson Makdonald (Wilson MacDonald) – kanada shoiri. Kanadaning Ontario shtatida ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasi – shotlandiyalik ruhoniylardan, onasi – mashshoq, qo‘shiqchi bo‘lgan, organ chalgan. Uning she’rlarini B. Shou, R. Tagor, A. Eynshteynlar yuksak baholagan. She’rlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan. XALQLARGA davomi…