Almammadov Rustam Hidoyat o‘g‘li (Rüstəm Behrudi) 1957 yilda O‘rdubod tumanining Behrud qishlog‘ida tug‘ilgan. 1979 yilda Naxchivon davlat pedagogika institutining tarix-adabiyot fakultetini tamomlagan.
Oldin maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, keyin “Yozuvchi” nashriyotida kichik muharrir, muharrir bo‘lgan, 1990 yildan “Ozarboyjon” gazetasida bo‘lim mudiri.
“Shomon duosi”, “Salom, dor og‘ochi”, “Xotiraga muhrlang”, “Din sevdim din ustiga”, “Bo‘z qurd”, “Iblis malakdan go‘zal”, “Yolg‘izlikda o‘lim vahimasi yo‘q”, “Er yuzi diydor maskani”, “Tugaydigan neki bordir, tugaydi…”, “Ko‘zyoshingdan termulgan Xudo”, “Tanlangan asarlar” kabi kitoblari nashr qilingan.
Adabiy faoliyati 70-yillardan boshlangan. Shoirning ikkita she’riy to‘plami nashr qilingan. “Shomon duosi” kitobi turkiy davlatlarda shuhrat qozongan. She’rlari Turkiya, Eron, Avstriya, Germaniya, Belgiya mamlakatlarida nashr qilingan.
ShOMON DUOSI
Bu kunim ham shunchaki
o‘tadi, kechib ketar,
Shu yoshgacha ne qildim,
ey Tangrim, umr — yarim.
Meni hech tinch qo‘ymaydi
ichimdagi g‘am-kadar,
Tinch qo‘ymas shahidlarning
tunda kezgan ruhlari.
Termular ezgin-ezgin
kechalar bosh ustimdan,
Cheksizlik — Tangri kabi
oyi, yulduzi bilan.
Shomon kabi ko‘klarga
yuz tutib turibdirman,
Turibdirman yuzma-yuz
ko‘kning yolg‘izi bilan.
Bundoq g‘arib chog‘imda
kelib men-la tillashgan
Og‘ochning yaprog‘iga,
guliga ishonaman.
Yurtim uzra tayanib,
so‘ngan o‘choqlarning man
Ichida qo‘r saqlagan
kuliga ishonaman.
Yaramga tuzdek bosar
savdolar o‘z o‘tini,
Hademay kul bo‘laman…
qolmishman yona-yona.
Tavba duosi kabi
pichirladim otingni,
Tovshim senga yetdimi,
eshitdingmi, ey ona?!
Inson bo‘lmoq istayman,
aytgan har bir so‘z — bandam,
So‘zga tilsim etmishman
yuragimning ohini.
Men jonimni bergali
bir yangi so‘zga bandman.
Ey menga jon bergan zot,
kechirgil gunohimni.
Shomon kabi so‘zlardan
men tole to‘qiydirman,
Yuragimda talotum,
ruhimda bir zil zila…
Har kecha osmonlarga
men duo o‘qiydirman —
Ilohim, bu millatni
yo‘q bo‘lmoqdan hifz ayla.
GUNOHKOR JONIMDA, MENDAN XABARSIZ
Ruhim vujudimga aziyat chekar,
Tilimda so‘zlarga chevrilar ohi…
Gunohkor jonimda, mendan xabarsiz,
Qafasda qolgandir ruhim, Ilohi!
Gunohkor jonimda gunohsiz ruhim
Negadir hamisha ko‘klarga boqar.
Ne ychyn meni tinch yashashga qo‘ymas,
Men ham o‘zgalardek odamman, axir!
Men ham o‘zgalardek odamman, axir…
Mening ham jonimda hasrat, sevgi, g‘am…
Bu maskan qayg‘usi, bu uy, bu farzand…
Nahotki ruhimga qo‘shilib uchsam.
Nahotki ruhimga qo‘shilib uchsam…
Yuksalsam, poklasa meni bu falak.
Meni qo‘yib yubor, gunohkor jonim,
Poklikdan ne uchun qo‘rqasan, yurak?
Poklikdan ne uchun qo‘rqasan, yurak,
Nega odamlarning har yuzi shundoq?!
Bu dunyo, bu dunyo o‘zidan qochar,
Gunoh ichidadir yer yuzi shundoq.
Ey ruhim, yashama gunoh ichida…
Shundoq ham yuzlaring qancha sarg‘aydi.
Ey meni o‘ldirmoq istagan odam,
Ruhim falakdadir, jonim aldaydi.
Ruhim vujudimda aziyat chekar,
Tilimda so‘zlarga chevrilar ohi.
Gunohkor jonimda, mendan xabarsiz,
Qafasda qolgandir ruhim, Ilohi!
19 FEVRAL YoKI UYG‘ONISh
Qahraton bir fevral kechasi…
Xonam ichra meni uxlashga quymay
ruhlar bir o‘yin boshlar.
Quloqlarimda —
Endigina tilga kirgan
go‘daklarimning sasi…
Ko‘zlarim o‘ngida —
Bobolarimning vasiyati yozilgan
qora toshlar.
O‘t va suv orasidaman, qardoshlar!
O‘t va suv orasidaman,
Bu kecha o‘t va suv orasida kezdim:
Vatan tuprog‘ining bundoq bepoyon,
Ruhimizning bu qadar o‘lmas,
Dardlarimizning bu qadar buyuk,
Orzularimizning bu qadar cheksiz,
O‘zimning bu qadar imkonsiz ekanimni
bilmasdim,
Bilmasdim, bilmasdim, qardoshlar!
Basdir, shuncha dardli-g‘amli
qo‘shiqlar aytdim…
Bu bepoyonlikni egnimga kiydim,
Bu dardlarni sevdim,
Bu cheksizlikka g‘arq bo‘ldim,
Bu o‘lmaslikka yuz tutdim
Va go‘daklarimning ustidan kechib
olov ustiga ketdim…
O‘lsam… meni yangidan
Kurashlar tug‘adi, kurashlar.
Men olovning ustiga ketdim
Olovning ustiga, qardoshlar!
Usmon Qo‘chqor tarjimaci
* * *
Rustam Behrudiyning “Salom, dor og‘ochi” she’ri 1989 yili e’lon qilinishi bilan katta muhabbat qozondi, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa ko‘plab mamlakatlar nashrlarida chop etila boshlandi. ”Salom, dor og‘ochi” she’ri tom ma’noda Rustam Behbudiyning nomini turkiy xalqlar adabiyoti daftariga kiritdi.
”Salom, dor og‘ochi” she’ri O‘zbekistonning jahonga mashhur shahri, insoniyat tamadduni beshiklaridan biri hisoblangan Samarqandda yozilgan. Aniqrog‘i, she’r shavkatli Sohibqiron Amir Temur maqbarasi bo‘lmish Go‘ri Mirning ziyorati paytida dunyoga kelgan. Shu sababdan she’rda Amir bobomizga qaratilgan murojaat yangraydi.
Ozarbayjon turklaridan bo‘lgan va Naxichevanda tug‘ilgan shoir Rustam Behbudiy o‘z she’rida Amir Temurga qarata murojaat qilishida bu birlik tuyg‘ulari Ozarbayjon turklaridayam mavjudligini san’atkorona tarzda ifoda etadi.
SALOM, DOR OG‘OChI
Yo‘limni ko‘zlading har sahar, oqshom,
Salom dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
Ajal-la o‘lmakka tug‘ilmaganman,
Salom, dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
U qaysi millatdir tole’i sirmish?
Yuz ot-la bo‘lingan, yana-da birmish!
Meni huzuringga shu dard keltirmish,
Salom, dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
Hazarni, Boyko‘lni, Orolni ko‘rdim,
Ko‘rdim jon taloshda, yaroli ko‘rdim,
Tangrini bandadan oroli ko‘rdim,
Salom, dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
Mudom ters aylanar charxikajraftor,
Turon bog‘larida soya hukmdor,
Rangin bayrog‘imda yaproqlaring bor,
Salom, dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
Avvalin oxiri, oxir avvali
Shu emish, bilmayman, bilmay kuygayman,
Qo‘rquv yo‘q, ne bo‘lsa bo‘yin qo‘ygayman,
Salom, dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
Eli yag‘mo aro ming bitta bo‘lgan,
Soylari qurigan, ko‘llari o‘lgan,
Haq-hisob qilmoqqa mana men kelgan,
Salom, dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
Eshit, Amir Temur, shumi oqibat,
Bo‘ynimda oq kafan, tilimda oyat,
Darsini ters bilgan bitta menmi, ayt,
Salom, dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
Seni men ekmisham…manga sen g‘anim,
Seni sovurmakka haloldir qonim,
Yaprog‘ing rang olgan qonimdan manim,
Salom, dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
Ey, dorning og‘ochi, kimdan kamman…Ayt!
Yo seni yondiray, yo senda yonay,
Yo-da butog‘ingda yaproqqa do‘nay,
Salom, dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
Qirg‘izman, O‘zbekman, QozoquTurkman,
Boshqirdman, Kerkukman, elimga ko‘rkman,
Sening ko‘zlaganing g‘arib Turk menman,
Salom, dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
Qabul et navbatli qurboning manam,
Manim jonim sanda, bil, joning manam,
Qo‘limga tushmagin, har yong‘in manam,
Salom, dor og‘ochi!
– Alaykum salom!
Ozarbayjonchadan Xurshid Davronning erkin tarjimasi
MENDAN XABARSIZ
Ruhim vujudimda aziyat chekar,
Tilimda so‘zlarga chevrilar ohi…
Gunohkor jonimda, mendan xabarsiz,
Qafasda qolgandir ruhim, Ollohim!
Gunohkor jonimda gunohsiz ruhim
Negadir hamisha ko‘klarga boqar.
Ne uchun meni tinch yashashga qo‘ymas,
Men ham o‘zgalardek odamman, axir!
Men ham o‘zgalardek odamman, axir…
Mening ham jonimda hasrat, sevgi, g‘am…
Bu maskan qayg‘usi, bu uy, bu farzand,
Nahotki ruhimga qo‘shilib uchsam.
Nahotki qo‘shilib uchsam ruhimga…
Yuksalsam, poklasa meni bu falak.
Meni qo‘yib yubor, gunohkor jonim,
Poklikdan ne uchun qo‘rqasan, yurak?
Ne uchun qo‘rqasan poklikdan, yurak,
Nega odamlarning ikki yuzi bor?!
Bu dunyo, u dunyo o‘zidan qochar,
Gunoh ichidadir yer yuzi bisyor.
Ey ruhim, yashama gunoh ichida…
Shundoq ham yuzlaring qancha sarg‘aydi.
Ey, meni o‘ldirmoq istagan odam,
Ruhim falakdadir, jonim aldaydi.
Ruhim vujudimda aziyat chekar,
Tilimda so‘zlarga chevrilar ohi.
Gunohkor jonimda, mendan xabarsiz,
Qafasda qolgandir ruhim, Ilohi!
EY SARGARDON YuLDUZLAR
Tavba, duo tugamas,
Tangri yozgan bu baxtni.
Jahannamning eshigi
Menga ko‘pdan ochiqdir.
Taqdirning yozug‘i – bu,
Deyman menda ne gunoh.
Eshiklarin, xo‘sh, nega
Yuzimga yopmish Olloh?
Malaklari aldadi,
Yozaymi yangi yozuq.
Ko‘rsinlar qanday bo‘lar
Yaratganning yozgani.
Mendan yuzin o‘girib
Holimga boqib kular.
Ko‘k yuzida Yaratgan,
Zaminda biz – bandalar.
Bosh-oxir siznikiman,
Mening axir, kimim bor?
Ey, qunishgan sovuq Oy,
Ey sargardon yulduzlar.
VATAN
Qarshimdagi ulkan tog‘u yaylovim,
Adirlari, o‘rmonlari o‘ylovim,
Egilmagan chinorlari bayrog‘im
Vatan!
Bir bor qara sevgim toza, pokmidi,
Har tug‘ilgan o‘g‘illari ermidi,
Toshlarimga yozdim ming yil dardimni
Vatan!
Manglayimga Araz qora yozuvdir,
Varaq yo‘l uzoqdir, qor ayozidir,
Karko‘kdir, Ko‘kchoydir, Qora yozidir
Vatan!
Har azoblar, har og‘riqlar o‘tadi,
Qo‘l uzatsam Arzurimga yetadi,
Fuzuliyning mozori ham vatandir,
Vatan!
Menga yuz bur yurtda o‘choq qurganda,
Turon deya Bo‘zkurd kabi turganda,
Oxiring yo‘q aylanmasang turonga,
Vatan!
Mening otim yo birlikdir, yo qondir,
Zolim do‘stlar qabul eting bu ontni,
Sho‘rlik boshim bu yo‘llarda qurbondir
Vatan!
ZAMON MENI O‘LDIRADI
Mendan adabiyot kutgan insonga
Yugur, so‘zim yugur tezroq,
Olib borib bir yonga ot,
Obor, yo‘qsa haqni mendan
Kutgan meni o‘ldiradi.
Ming yilki menga tikilgan
Ayt, ne qilay ko‘zlarimga.
Ruhim uzra otib kelgan
U tong meni o‘ldiradi.
Tuganmas hech mening o‘yim,
Na olganim, na berganim.
Yuz yil dushmanga berdigim
Bir kun meni o‘ldiradi.
Men na qilich, na qindirman,
Tekis yo‘lda sirpanganman.
Borib Ollohga sig‘indim
Bu on meni o‘ldiradi.
Dengiz bilar, u tog‘ bilar,
Siynamdagi u dog‘ bilar,
Toshi ko‘chgan o‘choq bilar,
Gumon meni o‘ldiradi.
Mendan keldi bir ayriliq,
Gunohimni ustimga yiq,
Oh men sho‘rlik qora yozuq,
Bu jon meni o‘ldiradi.
Qon gupurar, qon yana qon,
Qon ichida suzar Turon,
Tangrim bir vaqt yerda qolgan,
Bu qon meni o‘ldiradi.
Haq ishidir, ishim, tayin,
Yuksakdan tushishim qiyin.
Men zamonni o‘ldiraman,
Zamon meni o‘ldiradi.
Ozarbayjon tilidan O‘ktamoy tarjimasi
SALOM, DOR OG‘OChI…
Yo‘limga ko‘z tikding har tong, har oqshom,
Salom, Dor og‘ochi!
Aleykum-salom.
Ajalla o‘lmoqqa tug‘ilmaganman,
Salom, Dor og‘ochi!
Aleykum-salom.
U qaysi millatdir, qismati sirmish,
Yuz bor bo‘linsa ham bu zamon birmish,
Meni huzuringga bu dard keltirmish,
Salom, Dor og‘ochi!
Aleykum-salom.
Xazarni, Baykalni, Arolni ko‘rdim,
Ko‘rdim jonni hasta, yaroli ko‘rdim,
Tangrini bandadan ayroli ko‘rdim,
Salom, Dor og‘ochi!
Aleykum-salom.
Charhi ters aylanar falak korining,
Turon shamolida butoqlarining,
Rangi bayrog‘imda yaproqlarining,
Salom, Dor og‘ochi!
Aleykum-salom.
Avvalning poyoni, so‘ngning avvali,
Bitmish, bilmaganman buni men dali,
Qo‘rquv yo‘q. Yetdimi bo‘ying ko‘k sari?
Salom, Dor og‘ochi!
Aleykum-salom.
So‘yla, Amir Temur, bu so‘ng nedir, bu?
Bo‘ynimda oq kafan, dilda tazarru,
Manzilin ters bilgan yo‘lda tazarru,
Salom, Dor og‘ochi!
Aleykum-salom.
O‘zim ekkan edim… Bo‘ldingmi g‘anim?
Seni sug‘ormoqqa haloldir qonim,
Yaprog‘ing rang olsin qonimdan manim,
Salom, Dor og‘ochi!
Aleykum-salom.
Ey, dorning og‘ochi! Kimdan, nimam kam?
Yo seni chopaman, yo osilaman,
Yo bandingda bir bargga aylanaman,
Salom, Dor og‘ochi!
Aleykum-salom.
Qirg‘izman, o‘zbekman, qozoq yo turkman,
Boshqirdman, karkuman, ehtimol go‘rkman,
Men ham o‘zing kutgan g‘arib bir turkman,
Salom, Dor og‘ochi!
Aleykum-salom.
Qabul et, keyingi qurboning o‘zim,
Mening jonim senda, bil, joning o‘zim,
Etar, mag‘rurlanma, har yoning o‘zim,
Salom, Dor og‘ochi!
Aleykum-salom.
* * *
Yashirdik, ochmading bir sirimizni,
Termulib tursakda yuzma-yuz, faqir.
Sevaman, demadik bir-birimizni,
So‘zsiz ham qalbimiz anglardi axir.
Erkam, bu ayriliq — so‘ngso‘zi ishqning,
Bu hijronning kutgan sevgilisi — g‘am.
Ko‘ngil, yetar ketdik, bu ayriliqning,
Men ortiq jabrini cheka bilmayman…
O‘zingni aldagin, yuraging ko‘nar,
Ko‘ylak tik hijronga sabrimdan mening.
Yangi bir muhabbat maysadek unar,
Qalbingda qazilgan qabrimdan mening.
Demayman: — Sevilma, sevma, endi bas…
Men hafa bo‘lmayman, unut, bu damlar.
Sira anglolmayman, unuta olmas,
Ayt, nega hamisha unutilganlar…
* * *
Bu ishq – so‘ngsizlikdir!
Uchrashdik nega,
Nega talashdik ayt, ayrildik abgor?
Bu qanday sevgidir so‘ladi, gulim,
Xotira azobi gullaydi takror.
Tangrim, gunohim ne, bu ne jazodir,
Nelarga duch kelib ko‘zlarim tondi.
So‘zlasam, so‘zimdan unaverdi — g‘am,
So‘zlasam, tilimda so‘zlarim yondi…
Oh, shuncha og‘irmi, jonim, muhabbat,
Savdolar — bag‘rimda tuzalmas yara.
Kel ista, bugun men o‘zimdan kechay,
Yuz tutib, huv olis ayriliqlarga…
Ketdim yuzni burib, angladim ne dard,
Fuzuliy tunlari ne chekar, bildim.
Suratsiz sevgilar haykali misol,
Hayqaling qabrimda tiklanar, bildim.
O, yana ming yillar o‘tar dunyodan,
Har yo‘lning boshida ishq bor, savdo bor.
Ne baxtki, Eslining sirlidir yo‘li,
Sevsam Karam etgay meni savdolar.
Tuganmas bu savdo, o‘ksinma ko‘nglim,
Kel, bu g‘am ichinda baxt bordir ming-ming.
Meni “men” qilgan ham shu ayriliqlar,
Naylay, yo‘lchisiman ayriliqlarning…
Bir ishqni sir kabi qalbingda gizla,
Gar ochsang, ayrolik bitadi u dam.
Shu kundan boshlanar saodatimiz,
Shu kundan boshlanar fojeamiz ham…
* * *
Sensiz men yolg‘izman yer kurrasida,
Ishq menga anglatar ne bor, dunyoda.
Qismatdan, imkondan uzoq, ko‘p olis,
Ilohiy sevgilar yashar dunyoda.
Meni unutma…
Yo‘l olsam, iztirob, azob to‘rvamdir,
shodligim zor izlab o‘tadi meni.
Senga eltar yo‘llar — saodatsiz, tor,
So‘nggida ayriliq kutadi meni.
Meni unutma…
Yo‘l olsam, ko‘ksimga sog‘inch farmondir,
O‘yilib bardoshim xon Araz bo‘lar.
Haqiqiy sevgining, gulim ne uchun,
Visoli hamisha o‘y-faraz bo‘lar.
Meni unutma…
Hech telba bo‘lmasang, shunchaki sevsang,
Bu ishqqa inonmoq xayoldir yo tush.
Men telbalar bo‘ldim yoz oqshomida,
Angladim: Oy inson — tanho, faromush.
Meni unutma…
Yo Rabbim, gar o‘lsam bir kun sevgidan,
Bilmayman, ne deysan, ketsam yiroqqa.
So‘zlashar mening-la go‘yo insonday,
So‘z aytsam daraxtga, maysa, yaproqqa.
Meni unutma…
Agar baxtli bo‘lsam, Araz rahm etib,
Yoshi afsonaga teng dardim garchand.
Qaydadir bir ona tilida duo,
Qaydadir yashaydi bir telba farzand.
Meni unutma…
VIDO TURKUSI
Yolg‘izdiraman bir qurd kabi,
Mening ila qolar kelsin.
Talanganman bir yurt kabi,
Qasosimni olar kelsin.
Bir savdo bol lachak-lachak,
Sen bilmasang, kim bilajak?
Jahannamda bir kofirdek,
Chekkanim ne? Bilar kelsin.
G‘ayting nedir qonindagi,
Na bosh, na so‘ng chog‘indagi,
Mening Tangri tog‘indagi,
Qismatimni bo‘lar kelsin.
Bu kun shomon din-iymoni,
O‘z ichida o‘z Turoni,
“Tomirida turkning qoni,
Tomchi-tomchi to‘lar kelsin”
Ishonmay dushman so‘ziga,
Ko‘zgular tegib tiziga,
Namozini qurd yuziga,
Yaproq uzra qilar kelsin.
Na kofirman, nada osiy,
Sevdim haqqa ketar kasni,
Makkasi-la Madinasi,
Ulug‘ Oltoy bo‘lar kelsin.
Keting Chinga, olislarga,
Xabar bering uyg‘urlarga,
Parcha-parcha, pora-pora,
Bo‘lib bo‘ldim talon, kelsin.
Ne bergaydir tavba menga,
Tavba qilmoq tavba, senga,
Endi keldi navbat menga,
Men-la birga o‘lar kelsin.
ShOMON DUOSI
Bu kun ham har kungidek,
Jimgina o‘tar-ketar,
Bu yoshda nega yetdim?
Ey, Tangrim, umrim yarim.
Bir onga ham tinch qo‘ymas,
Ichimdagi g‘am-kadar,
Yohud barcha shohidning
Hastalanmish ruhlari…
Aylanar g‘arib-g‘arib
Kechalar boshim uzra,
So‘ngsizlik — Tangri kabi
Oyidan, yulduzidan
Shomon misol osmonga
Yuzim bosib turdim va
Qaytdim yuzma-yuz mag‘rur,
Osmonu
yolg‘izidan…
Bu dam hasta chog‘imda
Kelib, men-la tillashsang,
Daraxtning yaprog‘iyu
Guliga ishonmayman.
Yurt yerida o‘t olib
So‘ngan o‘choqlarning man,
Ichida kin saqlagan
Kuliga ishonmayman.
Yaramga tuzdek bosar
Savdolar o‘z o‘tini.
Bugun — tongda kul bo‘ldim,
Kelganman yon-yona:
Tavba duosi kabi
Pichirlagan nomini,
Sasim senga yetimi,
Eshitdingmi, ey ona?
Xudo bo‘lmoq istayman, —
Deganman so‘zda bandam,
So‘zga tilsim etganman
Yuragimning ohini.
Men jonimni bermoqqa
Bir bir toza so‘zga bandam,
Ey, menga jon bergan kas
Kechirgin gunohimni…
Shomon kabi so‘zlardan
Taqdirni to‘qiyapman,
Yuragimda ming titroq,
Ruhimda ming zilzila.
Har kecha ko‘k yuziga
Bir duo o‘qiyapman,
Xudoyim, bu millatni
Yo‘q bo‘lmoqdan hifz ayla!
* * *
Shoirning tushiga kirar gul-maysa,
Enadi samodan malaklar har kech.
Uyqumda — sarosar,
Uning uchun men
Oh chektim…
Xudoyim, bilmaydilar hech…
Har kecha, har oqshom tushlarim aro,
Buzilar chodirlar, o‘choqlar o‘char,
Tangri qarg‘ishi-la qismat ikechar,
Qismati o‘tganda g‘am sarhadidan,
Bir yoni kun botar, bir yon kun chiqar —
tog‘lari, daryosi, odamlaridan,
xatto o‘tinidan g‘ariblik ungay,
qora tuprog‘iga ne danak eksang,
qayta va qaytalab ayriliq bitar,
bo‘linib-bo‘linib, yo‘q bo‘lar, yitar,
ajoyib bir yurtdir,
g‘aroyib bir yurt!
Har kecha, har oqshom tushlarim aro,
har kecha, har oqshom tushlarim aro,
bu yurtla yashadim, bu yurt ishqida,
mavjlanib-mavjlanib o‘zandan toshdim.
Enisey, Itilu Volgadan o‘tib,
Oltoy, yana qancha tog‘lardan oshdim.
Yuzi moviy,
Ko‘zi xatto ko‘kdan moviy,
Og‘izida lahcha-lahcha olov bor qurd.
Ajoyib bir yurtdir,
G‘aroyib bir yurt!
Har kecha, har oqshom tushlarim aro,
Qoshimga g‘am kelar ajdarho kabi,
Tushimda garangsib qurd sarson o‘tar.
Ayt nega, har doim tushlarim aro,
Qurd ko‘ksidan azob, ming armon o‘tar.
Endi berkingancha kelar hurlik ham,
mavjlana-mavjlana armon toshar shan.
Uluslar, Bayko‘llar, Ko‘kchalar seni,
Mendan so‘raydilar, Bo‘zqurd qaydasan?
Kel, moviy ishq kabi elan bosh uzra,
Kel o‘rla, ildizi metin daraxtdek.
Meni zil tushlardan olib ketmoqqa,
Qora qush ismli bo‘z otlar kerak,
Ko‘zida o‘t chaqnar avlodlar kerak.
Eshitayapsizmi?
Qora tulporning,
Kishnashlari kelar misralarimdan.
Sasimga bironta yo‘q quloq osgan,
Intizor yo‘lingda tayyor turibman,
Seni kutadirman, Bo‘zqurd, qaydasan?
Har kecha, har oqshom tushlarim aro,
har kecha, har oqshom tushlarim aro,
Yuzi moviy,
Ko‘zi xatto ko‘kdan moviy,
Og‘izida lahcha-lahcha olov bor qurd.
Ajoyib bir yurtu,
G‘aroyib bir yurt!
Har kecha, har oqshom tushlarim aro…
Shoirning tushiga kirar gul-maysa,
Enadi samodan malaklar har kech.
Uyqumda — sarosar,
Uning uchun men
Oh chektim…
Xudoyim, bilmaydilar hech…
* * *
Yo‘l bosarman,
Yo‘l bosarman ming yillarning,
u boshidan bu boshiga.
Bu yo‘llarda, oh, necha bor,
Tushdim axir,
Millatlarning men “meninglik”urushiga.
Tushdim necha, chiqib keldim,
men devsifat ayriliqning,
boshin egdim, yiqib keldim.
Men Shushadan qilichimga,
bor kuchlarni yig‘ib keldim.
Gulistonda, Turkmanchoyda,
O‘z elim deb o‘z jonimni
Olovlarda yoqib keldim…
Qaysi horg‘in meningdayin,
Boq, shu qadar g‘ami-dardi,
Yurt qizining ishqi gardi.
Kim bo‘lsada bu ayriliq
Uni kulga aylantirar.
Kecha o‘yga toldim ma’sum,
Ko‘k yuzida dunyoyimiz xaritasi
Yuragimda buyuk yurtning.
Qulog‘imda azaldan bir alla bordir —
“Qaylardadir asir bo‘lgan bolalari,
Alla bolam, ona qurdning”.
Boq, shunchaki, go‘zal oqshom,
Men Gachari, Temurlangi, Xatoiyi,
Men Yildirim Boyazidi, Sulton Salim,
Seni, seni…
Bir millatning haq-adolat
Dovoniga chorlaydirman.
Savol mushkul, savol qiyin,
Bayrog‘imdir: — Bu “mening”lik dunyosida,
Ne gunohi mamlakatning?
Hamma aytar, hech kimsaning gunohi yo‘q,
— Yo‘q-yo‘q, yurtning bundan katta armoni bor.
Har birining chap ko‘lida qonli qilich,
O‘ng qo‘lida tinchlik degan farmoni bor…
* * *
Seni kutmoqdaman,
kelasanmi ayt,
men va mening kabi
necha odam ajalidirsan…
Seni kutmoqdaman,
kelasanmi ayt,
charchagandan so‘ngra g‘am to‘la
hijron kitobini varaqlar bo‘lsam,
har betiga, har on
fojea to‘lgan.
Ayrliq hukmidan ayro tushmadik
Ona so‘zin bir bor
Aytmagan hasrat,
Befarzand ayolllar
bola kutgani kabi…
Seni kutmoqdaman
Bu keng mamlakatning
Tabrizning, Zanjaning,
Ganjaning, Nahjavonning,
Eshiklari temir Darbandning,
Qo‘llari olov o‘g‘li,
G‘ussa yutgani kabi…
Oh, bu orzu, bu istak,
Ko‘nglimda ochar chechak,
seni kutmoqdaman
bedavolik ichra
umidsiz odamning
“Balki…” deya ko‘zlagan
Bir mo‘jizasidek…
Seni kutmoqdaman
Urushga ketgan o‘g‘lin
Kelishini kutgan ona misoli.
Seni kutmoqdaman
Xayolimda kelajak,
Dunyo bo‘lsa ham harob,
Deya bir kun kelajak.
Ko‘zlarimda so‘nggi nur, so‘nggi ziyo,
Qolgunga qadar.
Seni kutadirman
Ozarboyjon tuprog‘ida,
Tug‘ilgan har bolaga,
yigit — mard debon.
Seni kutadirman
Bardoshimdan diydor
unar deb bir on…
* * *
1
Sen qaydan bilarding, men yolg‘iz, men toq,
Sen qaydan bilarding, men sassiz, men jim.
Turgandim yuzimni tutib ko‘klarga,
Tangrimi keltirdi, o‘zingmi kelding?
Bizni qaysi savdo tush ayladi, tush,
Tilingga kelmagan so‘zingdan so‘ra,
Qayt, bir marotaba o‘zingdan so‘ra:
Tangrimi keltirdi, o‘zingmi kelding?
Qayerda qorishdi baxtimning boshi,
O‘ttiz yoshda keldi umr qor-qishi,
Kechikkan har narsa — qismat qarg‘ishi,
Tangrimi keltirdi, o‘zingmi kelding?
Kechikkan savdolar ko‘zyoshdir, ohdir,
Har ishqning avvali, oxiri sog‘dir,
Qanday uchrashamiz, axir gunohdir…
Tangrimi keltirdi, o‘zingmi kelding?
Umrim yo‘lchilikka bir bahonadir,
Biz qaydan bilardik bu istak nadir,
Seni ko‘zlar edim, ko‘zlamoq nadir…
Tangrimi keltirdi, o‘zingmi kelding?
Na ishq telbasiman, na savdo quli,
Yuragim boshqa bir his ila to‘la,
Men qancha angladim ketganim yo‘lni,
Tangrimi keltirdi, o‘zingmi kelding?
Men yurar bu yo‘lning so‘ng-uchi g‘amdir,
Azobi nashadir, sevinchi g‘amdir,
Ey zolim, chekkanim so‘nginchi g‘amdir,
Tangrimi keltirdi, o‘zingmi kelding?
Bu ishqqa, savdoga og‘ir sig‘ganman,
Eshit, onam meni tug‘gan u kundan,
Arazga aytilmas qurbonlikdirman,
Tangrimi keltirdi, o‘zingmi kelding?
Oftobla yuz ochmas har ochilgan tong,
Yo buni dard ayla va yoki aldan,
Bu yo‘lning so‘nggi yo‘q, qaytgin bu yo‘ldan,
Tangrimi keltirdi, o‘zingmi kelding?
2
Sensizman, yolg‘izman, tanhoman yana,
Tangrimi ketkazdi, o‘zingmi ketding?
Xabaring bo‘ldimi, botding gunohga,
Tangrimi ketkazdi, o‘zingmi ketding?
Men ishq dalisiman, savdosi sendan,
Ko‘nglimda ko‘nglingning og‘rig‘i jondan,
O‘zing kelgandingku, chorlaganda man,
Tangrimi ketkazdi, o‘zingmi ketding?
Bu sevgi qo‘lyotmas, balanddagi taxt,
Bugungi ayriliq kechagi bir axd,
Senla masrur edim, edim o‘zim baxt,
Tangrimi ketkazdi, o‘zingmi ketding?
Kalomingda endi do‘nib-muzlar g‘am,
Ayt, nega jimsan, ayt, seni ko‘zlar g‘am,
Tilimda savol bor, unda so‘zlar g‘am,
Tangrimi ketkazdi, o‘zingmi ketding?
* * *
Men seni kech topib, yo‘qotajakman,
O‘zim ham bilmayman nimasan, kimsan?
Balki bir xayolsan ko‘zga ko‘rinmas,
Bas, unda qalbimga qanday kirgansan?
— Sevaman, — so‘zlading sukut ichida,
Men dedim: — Bir tushdir balki u onlar.
Saharni hasratla ko‘zlaydirman jim,
Ko‘zlarimni ochsam, balki chin bo‘lar.
Dudog‘i chatnagan tashna tuproqman,
Ustimga yog‘magan panoh bo‘lding sen.
Kelganda ming istak, ming orzu eding,
Ketganda, bilmading, gunoh bo‘lgansan.
Meni anglolmading,
tushunolmading,
Ehtimol, bilmading muhabbat nadir?
Mening ismim qo‘shib aytganing yolg‘on,
Meni unutmoqqa bir bahonadir.
Meni xotirlasang, eslasang, tamom,
Bilaman, qahrdan bo‘g‘ilajaksan.
Mening iztirobim aro sen botib,
Kimningdir baxtida tug‘ilajaksan…
* * *
Dengizdagi sohilda yolg‘iz kema kabiman.
Sendan qochib tanholikka urildim, —
Ketsam ham ayriliq bor,
Qolsam ham ayriliq bor.
Ketsam ayriliq bor, qolsam g‘ussa-g‘am,
Tilim so‘zga bormas, qo‘lim qalamga.
O‘tgan kun o‘zimni yana o‘ldirdim,
Sen yana yig‘lama,
Yig‘lama beun.
Eng ulkan azobdan eng go‘zal so‘zga,
Ketgan yo‘lga qaytdim — so‘nggida bir san.
Bilasan, men qanday yakka-yu yolg‘iz,
Qo‘lingla ruhimga tegina bilsang.
Bilaman, yo‘qligim havotir bermas,
Borligim umringga og‘irmi bu dam.
“Ketmoqqa yerim yo‘q, qolmoqqa yurtim… “
Yolg‘ondir.
Kim aytgan. Bu dunyo ulkan.
Ozarboyjon tilidan Rahmat Bobojon o‘girmasi
BOShIMNI OLIB KETSAM
Zerikdim, bitdim yana,
Bitdim man kuyganday sham.
Bu yerlar bir yer deya,
Olib boshimni ketsam.
Ketsam, balki bir vaqtda,
Ruhim avf aylar mani.
… Bir yurt mozorlariga,
Olib ko‘msalar mani.
Ne berdi bunga Tangrim,
Har tarafi qon, vayron.
Gullar yolg‘on ochar yuz,
Qushlar sayrashi yolg‘on.
Yolg‘on to‘qiydi tuproq,
Yolg‘on to‘qir suv, havo.
Bozorga aylangan yer,
Bedavodir, bedavo.
Bunda Hazor jon berur,
O‘lib-bitib, rangi yo‘q.
Ol sharob ranggidadir,
U mayidan yana ko‘p.
Dardga boq, bunda jonim,
Shushada deyin joni.
Bu na joydir, go‘zaldir,
O‘lgandan o‘lmagani?
Na yerki bu yer olloh,
Ollohlarning soyi yo‘q.
Oyoq bosmoqqa yeri,
Yashagani joyi yo‘q.
Zerikib ketdim, tangrim,
Bitdim, man go‘yoki sham.
Bu yerlar bir yer degil,
Boshimni olib ketsam!
* * *
Quyosh botar tutsak bo‘lur yulduzlar,
Yolg‘iz qolish ne hijrondir bilaman.
Tong otguncha sanchiq chekar yolg‘izlar,
Bir kel desang shodlik bo‘lur kelaman.
Shamol esar yoz kunida tog‘lardan,
Dillar dardli po‘rtanadan, bo‘rondan,
Sevganlarni ayri qo‘ymas Yaratgan,
Bir kel desang bahor bo‘lur kelaman.
Sensiz kunlar endi menga yolg‘onchi,
Zamon o‘tar o‘tar soat yolg‘onchi,
Bu olamda men yo‘lchiman sen qaysi,
Bir kel desang afkor bo‘lib kelaman.
SO‘NG BAHORIM KULARMANMI? – BILMADIM
Na oh chekdim, na yosh to‘kdim, mot bo‘ldim,
Humo qushday zirxu-qalqon ot bo‘ldim,
Elga chopdim, dunyo bo‘ylab otildim,
Bo‘ronlarning yelimanmi? – Bilmadim.
Ora-chora qulog‘imga un keldi,
Bilib qo‘yki, so‘nggi onli kun keldi,
Axir bilki, o‘tib kechmish tun aridi,
Ayriliqni selimanmi? – Bilmadim.
Hech bo‘lmasa xasta chog‘im yotganda,
Boshingning ustida tayanay qardosh.
Qo‘llaringni olib alam ustida,
Dardingla olishib qolganda qardosh.
Do‘nardi ko‘zlari yosh bulutiga,
To‘shardi hasratning, g‘amning o‘tiga.
Bir go‘zal kunlarni solib yodiga,
Siynasi dog‘lanib, tolganda qardosh.
Deydilar qardoshni boshining toji,
Unsiz har kalima, har so‘zin yodi,
Yodga qardosh desa yuksalib boshi,
Yuragi og‘riydi, bu damda qardosh.
Bu foniy dunyoda, ketarmiz, qayga,
Hammaning qalbida bir hasrat yara.
Chekingga tushganda, tushganda dorga,
Doyalik uylarga bog‘langin qardosh.
Otaga o‘g‘ildir, onaga bola,
Opaga sirdoshdir, qo‘nimga imdod.
Deganda dardini aylamasin dod,
Sani tark aylagach, dil qona, qardosh.
Dilbar Haydarova tarjimasi