(O‘rta asrlar, tarjimai holi noma’lum)
* * *
Shu oyni samoda ko‘rgandim oldin,
O‘tgan yil ham boqqan, to‘lib chiroyga.
Yil o‘tdi va yana bu oqshom oydin,
Yana termulaman shu go‘zal oyga.
Angladim: yil o‘tur, insonlar o‘tur,
Oy esa samoda sochaverar nur…
Rus tilidan Karim Bahriyev tarjimasi